|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 57/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin13.26-rasm. Filtr bloki
KSKP konditsionerlari yacheykali (G3 toifali qo‘pol tozalaydigan) yoki cho‘ntakli (qo‘pol yoki nozik tozalovchi G4 – F9 toifali) filtrlar bilan komplektlanadi.
YAcheykali filtrlar atmosfera yoki retsirkulyasion havoni, changligi 1 mg/m3 dan ko‘p, cho‘ntakli filtrlar 0,5 ÷ 1 mg/m3 chegarasida (nozik tozalash) vazifasini bajaradi. CHo‘ntaklar normal yoki turli xil materiallardanyasalishi mumkin. Havoni ko‘p bosqichli tozalashda ishlatish mumkin.
KSKP kondionerlarida F9 toifali atmosfera havosini tozalash vazifasini bajaradi. Havoni juda yuqori darajada tozalanishi konditsionerdan tashqarida amalga oshiriladi. Filtrlovchi elementlar yo‘naltiruvchi relslarga o‘rnatilgan ramaga o‘rnatiladi va xizmat ko‘rsatuvchi tomondan olinadi. KSKP – 50 va undan katta konditsionerlarda filtrlovchi panel korpus ichida yig‘iladi, bu erda filtr montaj ramalarga o‘rnatiladi va maxsus prujinalar bilan mahkamlanadi.
13.27-rasm. Xizmat qilish bloki
13.2. Havoni markaziy konditsiyalash tizimlari: mahalliy – markaziy konditsiyalash tizimlari, kanalli – mahalliy markaziy konditsiyalash tizimlari.
Havoni konditsiyalash tizimlarining (HKT) prinsipial chizmalari quyidagilarga bo‘linadi:
-bir zonali to‘g‘ri oqimli markaziy HKT;
-ko‘p zonali to‘g‘ri oqimli markaziy HKT;
-mahalliy-markaziy HKT;
-mahalliy HKT.
Bir zonali to‘g‘ri oqimli markaziy HKT
(13.28-rasm) asosan issiqlik va namlik ajralishi maydoni bo‘yicha bir tekisda va bir xil bo‘lgan katta xonalarda qo‘llaniladi.
Xonaga uzatiladigan havoga ishlov berish yil davomida markaziy havoni konditsiyalash qurilmasida (HKQ) bajariladi. Issiqlik rejimlarini bir tekis va bir hil bo‘lishi natijasida, ichki havoning haroratini ushlab turilishi xamma xonalarga uzatiladigan havoning haroratini avtomatik ravishda rostlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
Odatda, HKT yil davomida ishlaganda ichki havoning hisobiy parametrlari yilning issiq va sovuq davrlari uchun har xil etib belgilanadi.
Ko‘p zonali to‘g‘ri oqimli markaziy HKT (13.29-rasm) asosan issiqlik va namlik ajralishlari maydoni bo‘yicha bir tekis va bir hil bo‘lmagan katta honalarda, yoki ko‘p xonali binolarda qo‘llaniladi. Mazkur HKTda II bosqich havo isitkichlari xar bir zonaning havo uzatish quvurlarida o‘rnatilgan bo‘lib, zona havo isitkichlari vazifasini bajaradi.
|
| |