• 13.32 -rasm. Devorli uchta ichki blokli Split-tizimli konditsioner .
  • 13.33-rasm . «Split tizim»li konditsionerning tipologiyasi
  • Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari




    Download 28,88 Mb.
    bet59/69
    Sana21.02.2024
    Hajmi28,88 Mb.
    #159966
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
    Bog'liq
    Вентиляция lotin

    13.31.-rasm. CHillerni markaziy konditsioner bilan o‘rnatilish chizmasi
    Split-tizim konditsionerlari tashqi va ichki bo‘limlaridan iborat. Tashqi bo‘limda kompressor, kondensator va ventilyator joylashgan bo‘lib u binoning devorida, tomida yoki chordog‘ida o‘rnatilishi mumkin. Ichki bo‘limi havo konditsiyalanayotgan xonaga bevosita o‘rnatiladi va xona ichidagi havoni isitish yoki sovutish, tozalash va havo harakatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Split-tizim konditsionerlari xonaning devoriga, ship yoki poliga, ustuniga o‘rnatilishi mumkin.

    13.32-rasm. Devorli uchta ichki blokli Split-tizimli konditsioner.

    13.3 «Split tizim»li konditsionerlar. Ularning prinsipial sxemalari va konstruktiv elementlari. Texnik tavsiflari
    «Split tizim»li konditsionerlar
    «Split tizim»li konditsionerlarni turlari va asosiy texnik tavsiflari.
    Turar-joy va jamoat (ofis) binolarining xonalarini konditsiyalash uchun «Split tizim»li konditsionerlarni ishlatish keng tarqalgandir.
    «Split tizim»li konditsonerlar tashqi blok (kompressor-kondensator) agregati va ichki blok (bug‘latgichdan) iborat.
    Tashqi blokda kompressor, kondensator va ventilyatordan iborat.
    Tashqi blok binoni tashqarisida tomda yoki chordoq yoplamasida, erdagi xonada yoki balkonda, issiq kondensator atmosfera havosi bilan shamollanadigan joyda o‘rnatiladi.
    Konditsionerning ichki bloki konditsiyalanuvchi xonada o‘rnatilgan bo‘lib, kondetsioner xonani isitish yoki sovutish vazifasini bajarib, havoni filtrlaydi, zaruriy havo tezligini ta’minlaydi.
    Tashqi va ichki bloklar o‘zaro ikkita naychasimon mis quvurlar issiqlik izolyasiyalangan bilan birlashtirilgan bo‘lib, panellar orqasidagi osma shiplar tagidan o‘tkaziladi, dekorativ plastinkali koroblar bilan berkitiladi.
    Ichki blokni konstruktiv va dizaynerlik tuzilishi turli bo‘lib, 15÷140m2 gacha bo‘lgan xonani konditsiyalashi mumkin, shuningdek xona intererini va iste’molchini talablarini inobatga olgan holda o‘rnatiladi.
    «Split tizim»li konditsionerning ichki bloki berilgan haroratni samarali ushlab turadi, hamda xonadagi havoni bir me’yorda taqsimlanishini ta’minlaydi va shovinsiz ishlaydi.
    «Split tizim»li konditsionerlarning asosiy afzallaiklaridan biri konstruksiyasining oddiyligi, uni arzonligini ta’minlaydi va montajini engil hamda oson bajarish mumkin.
    «Split tizim»li konditsionerlarning kamchiliklari – xonaga tashqi havoni bermasligidadir.
    Konditsionerning katta quvvatli modellari va devor – shipda o‘rtatiladigan turlari oz miqdorda (10 % gacha) tashqi havoni aralashtirishi mumkin.
    «Split tizim»li konditsionerlarni tipologiyasi 13.33-rasmda keltirilgan.
    13.33-rasm. «Split tizim»li konditsionerning tipologiyasi
    Devorda o‘rnatiladigan konditsionerlar keng tarqalgan – ommabobdir. Undagi bitta tashqi blokiga bitta ichki blok ulanadi.
    Bir necha qo‘shni xonalarni konditsiyalash uchun bitta tashqi blokga ikki, uchta xattoki to‘rtta ichki blokni ya’ni multizonali «Split tizim»lar bo‘lishi mumkin.


    Download 28,88 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




    Download 28,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari

    Download 28,88 Mb.