Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari




Download 28,88 Mb.
bet62/69
Sana21.02.2024
Hajmi28,88 Mb.
#159966
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
Bog'liq
Вентиляция lotin

14.4 – rasm: Fankoylning kontruksiyasi.
1-issiqlik almashgich, 2- elektro issitgich, 3-ventilyator, 4-issiqlik tovush izzolyasiyasi, 5-havo chiqaruvchi panjara, 6-boshqarish paneli, 7-eltrodvigatel, 8-birlashtiruvchi mufta, 9-oson echuluvchi filtr, 10-havo kirituvchi panjara, 11-taglik.
Xonadagi havo ventilyator yordamida issiqlik almashgich fankoylga uzatiladi, unda havo isitiladi va sovutiladi. Fankoylga toza havoning bir qancha qismi markaziy konditsioner yoki oqimli tizimdan uzatiladi. Bunday holatlarda chillerli va fankoylli tizimlar bir vaqtning o‘zida ventilyasiya masalalarini hal qilishi mumkin.
CHillerdan iste’molchigacha suyuqlikning sirkulyasiyasi nasos stansiyalari yordamida ta’minlanadi. Nasos stansiyasi quyidagi agregatlardan tashkil topgan: sirkulyasion nasos, kengaytirish sig‘imi, yig‘uvchi (akkumuliruyuщiy) sig‘im, berkitish aramaturasi va zaruriy avtomatikasidan tashkil topgan. Nasos stansiyasi chiller yordamida boshqariladi yoki mustaqil ishlaydi.
Kondensatori havo yordamida sovutiluvchi chiller (1) binoni tomida o‘rnatiladi. Nasos stansiyasi (2) chiller bilan yonma – yon joylashadi.
Quvur tizimlari orqali suyuqlik bino xonalardagi har xil turdagi fankoyllarga (3,4,5) tarqatiladi.
Ko‘rsatilgan sxema faqat havoni konditsiyalash tizimini ta’minlaydi. Konditsionerni ishlatib xonani ventilyasiyasini ta’minlashga imkoniyat yaratadigan murakkabroq ko‘rsatilgan.
CHiller markazdan qochma ventilyator bilan birga bino tomiga, markaziy konditsioner bilan yonma – yon o‘rnatiladi. CHillerdan sovutuvchi suyuqlik xonada o‘rnatilgan fankoylga va markaziy konditsionerning issiqlik almashgichiga uzatiladi.
Markaziy konditsioner, xonaga sanitariya – me’yorini ta’minlashini bajaradigan, sovutilgan havo sarfini uzatilishni ta’minlaydi.
Fankoyllar har bir xona haroratini sozalanishini ta’minlaydi. Toza havo markaziy konditsionerdan retsirkulyasion havo esa shu xonaning o‘zidan fankoyllarga uzatiladi. Bunday qarorni qabul qilinishi havo sarfini kamayishiga va shundan kelib chiqqan holda markaziy konditsionerning tannarxini, hamda o‘lchamini kamaytiradi, chunki ventilyasiya uchun zaruriy ventilyasiya uchun zaruriy sanitariya me’yorlarini ta’minlashga beriladigan havo sarfi xonadagi berilgan haroratini ta’minlashga beriladigan havo sarfi aytarli darajada kam.
CHillerli va fankoylli tizimlar quyidagi afzalliklarga ega:
– tizim juda ko‘p sonli xonalarni konditsiyalashda katta gibkostga ega. Bitta chillerga juda ko‘p sonli fankoyllarni hamda markaziy konditsionerning yoki oqimli ventilyasiyaning issiqlik almashgichlarini ulash mumkin; har bir iste’molchi bir – biriga bog‘lanmagan holda, o‘zishlash rejim ini o‘zgartirib yoqish yoki o‘chirish mumkin.
– tizimni umumiy issiqlik rejimini na faqat belgilash, balki har bir fankoylga chiqarilgan boshqarish pultini hamda xonadagi devorga o‘rnatilgan fankoylni ishlash rejimini chiqarilgan boshqarish pulti umumiy tizimni rejimini sozlash mumkin.
– iste’molchilarni quvvatini bosqichma – bosqich ko‘paytirishi, ob’ektini alohida etaplar bilan ekspluatatsiyaga topshirilishi imkoniyat yaratiladi.
– chiller va fankoyllar orasidagi chegaraviy masofa belgilanmaydi va nasos stansiyasining imkoniyati va quvurlarning issiqlik izolyasiyasi bilan aniqlanadi.
CHiller – fankoyllar tizimining taqsimlovchi quvur tarmoqlari odatda uzatuvchi va qaytuvchi tarmoqli, bo‘lib ularga iste’molchilar parallel ulanishi mumkin. Har bir iste’molchidan o‘tadigan sovutadigan suyuqlik sarfi, iste’mol qilinadigan sovuqlik unumdorligi kirayotgan va chiqib ketayotgan suyuqlikning harorati hamda xonaning harorati bilan aniqlanadi.iste’molchilar bo‘yicha zaruriy sovuqlik sarfining taqsimlanishi hisoblash natijalari va maxsus balansirovkali klapanlarni o‘rnatilish bilan ta’minlanadi. Klapanlarni sozlash tizimni sinash jarayonida bajariladi.
CHillerga kirayotgan va undan chiqayotgan suvning optimal qiymatini tanlash katta ahamiyatga ega, chunki ulardagi haroratlar farqi uskunaning umumiy tannarxini aniqlashda qo‘l keladi.
CHillerdan chiqayotgan suvning harorati uning sovuqlik unumdorligini ko‘tarilishiga olib keladi. Masalan haroratni 1 0S ga ko‘tarilishi chillerning unumdorligini 3 %ga oshishiga olib keladi. SHundan kelib chiqqan holda, chillerning o‘lchami va tannarxini kamaytirish imkoniyati yaratiladi. Boshqa tarafdan fankoylga uzatiladigan suvning haroratini ko‘tarilishi, fankoylning sovuqlik unumdorligini kamaytiradi, xonadagi havo haroratlari orasidagi haroratlar farqi kamayadi. Unumdorlikni ko‘paytirish uchun fankoylni o‘lchamini ko‘paytirish zarur. Tabiiy, unday holda uning qiymati ham ko‘payadi.

Download 28,88 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Download 28,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari

Download 28,88 Mb.