|
-rasm. YU.K. Rashidovning gelioadsorbsion sovutish qurilmasi (A.S.808794, 1981 yil, № 8 byulleten)
|
bet | 65/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin15.2-rasm. YU.K. Rashidovning gelioadsorbsion sovutish qurilmasi (A.S.808794, 1981 yil, № 8 byulleten)
1-generator; 2-kondensator; 3-drossel ventili; 4-resiver; 5-bug‘latgich; 6,7-bug‘latgichni generator bilan bog‘lanish tarmoklari; 8-generatorni kondensator bilan bog‘lanishi; 9-teskari klapan; 10-ejektor
Bug‘lar aralashmasi kondensator 2 kiradi, unda u atrofdagi havo yoki suv bilan suyultiriladi. Suyuq sovutish agenti drossel ventili 3 orqali resiver 4 kiradi, undan esa bug‘latgich 5 quyiladi. Bu paytda teskari klapan 9 generator 1 va bug‘latgich 5 orasidagi bosimlar farki hisobiga yopik bo‘ladi.
Quyosh radiatsiyasi bo‘lmagan, sutkaning kechki va tungi davrlarida, generator 1 tashqi havo bilan sovitiladi va undagi sovitish agentining bosimi qattiq adsorbentdagi adsorbsiya xodisasi hisobiga tushadi. Generator 1 dagi bosim bug‘latgich 5 dagi bosimdan kam bo‘lib qoladi. Teskari klapan 9 ochiladi va bug‘latgichda suyuq sovutish agentining sovuqlik ishlab chikarish bilan bog‘liq past bosimdagi qaynashi boshlanadi.
Paydo bo‘lgan sovutish agentining bug‘lari generator 1 ga tarmoq 6 orkali kiradi va qattiq adsorbent bilan adsorbsiyalanadi (yutiladi). Ertalab, quyosh chiqqanda, qurilma yuqorida qayd etilganidek, sovuqlik ishlab chiqaradi.
15.2. Markaziy havoni konditsiyalash tizimlarini sovuqlik bilan ta’minlash.
Yilning yoz faslida sovuqlik bilan ta’minlash. Markaziy havo konditsiyalash tizimlaridagi konditsiyalanuvchi havoning tarkibiy issiqligini kamaytirish maqsadida uskunalar sifatida purkash bo‘limi (OKF-3) juda ko‘p tarqalgan va keng miqyosda ishlatiladi. Unga sovuq suv sovutish stansiyasidan quvurlar orqali nasos yordamida uzatiladi (4.16-rasm).
Bunday chizmalarni tatbiq etishning asosiy shartlaridan biri, bu suv saqlovchi baklarni purkash bo‘limining tagligidan past joylashtirishdir. Bu holda purkash bo‘limidan qaytayotgan iligan suv purkash bo‘limining tagligidan yig‘uvchi bakka nasossiz o‘z-o‘zidan kaytadi. Bu erdan iligan suv sovutish stansiyasining bug‘latgichiga keladi. Sovitadigan suv quvurlar ichida, sovutish agenti esa bug‘lantiruvchi quvurlar orasida xarakt kiladi. Sovutish agenti bug‘langanda suvning harorati t=4÷80S gacha kamayadi. Harorati tW1=6÷70S qiymatigacha sovigan suv birlashtiriluvchi quvurlar yordamida yig‘uvchi suv sig‘imining ikkinchi bo‘limiga o‘tadi.
|
| |