|
CHiller-fankoylli, markaziy konditsiyalash tizimlari
|
bet | 63/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin14.3. CHiller-fankoylli, markaziy konditsiyalash tizimlari.
14.5 – rasm: .
14.6 – rasm: .
14.6 – rasm: .
Nazorat savollari:
CHiller nima?
CHillerning konstruktiv uskunalariga qaysi uskunalar kiradi, ularining texnik tafsiflari va konstruksiyalarini keltiring?
Sovuqlik tashuvchi sifatida nima ishlatiladi?
Fankoyl nima?
Fankoylning konstruktiv uskunalariga qaysi uskunalar kiradi, ularining texnik tafsiflari va konstruksiyalarini keltiring?
15 – bob. Havoni konditsiyalash tizimlarini sovuqlik bilan ta’minlash.
15.1. Havoni konditsiyalash tizimlarida sovutish uchun noan’anaviy (quyosh energiya) manbaalardan foydalanish. absorsion sovutish mashinalari.
O‘zbekiston sharoitida havoni konditsiyalash tizimlarini sovuqlik bilan ta’minlashda quyoshli absorbsion sovutish mashinalaridan foydalanish mumkin. Bu sovutish mashinalari parokompressorli sovutish mashinalariga qaraganda elektr energiyasini ancha tejashga imkon beradi, chunki ularning ishlashi uchun elektr energiyasi emas, balki quyosh energiyasi kerak. Bunday sovutish mashinalarining yana bir afzalligi shundan iboratki, ular quyosh energiyasi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p sovuqlik ishlab chiqaradi, ya’ni quyoshli issiq kunlarda havoni konditsiyalash tizimlariga ko‘proq sovuqlik talab qilinganligi bilan ularning unumdorligi xam shuncha ortib boradi.
Absorbsion sovutish mashinalarining tuzilishi xar hil bo‘lishi mumkin. Ularda kompressor vazifasini absorbentlar (suyuq moddalar) yoki adsorbentlar (qattiq moddalar) bajaradi. Bu moddalar soviganda sovutish agentining past bosimida bug‘larini yutib (absorbsiya yoki adsorbsiya xodisasi evaziga), qizdirilganida esa yuqori bosimda chiqaradi, ya’ni kompressor kabi ishlaydi, lekin elektr energiyasi o‘rniga issiqlik (quyosh) energiyasini sarflaydi
Amaliyotga tatbiq qilish uchun an’anaviy (elektr) energiyasini sarflamaydigan va ishonchliligi bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan adsorbsion geliosovutish qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Absorbsion mashinalarga qaraganda (ularda elektr energiyasi suyuq absorbentni xaydash uchun nasoslarda ishlatiladi) adsorbsion mashinalarda elektr energiyasi umuman ishlatilmaydi, chunki qattiq adsorbent xarakatga keltirilmaydi. SHuning uchun faqat shu turdagi sovutish mashinalarini ko‘rib chikamiz.
1977 yilda davriy xarakatli adsorbsion geliosovutish qurilmasi (4.14-rasm) ixtiro qilingan (muallif YU.K.Rashidov). Bu ixtiroda ikki fazali gidrotermodinamik jarayon qish paytida isitish maqsadida sovutish agentini kondensatsiya issiqligidan foydalanish va yoz paytida adsorbentni o‘ta qizib ketishdan saqlash orqali qurilmaning samaradorligini va foydalanish ishonchliligini oshirish uchun qo‘llanilgan.
Qurilma qattiq adsorbent 2 bilan to‘ldirilgan generator 1, kondensator 3, suyuq sovutish agentining resiveri 4, bug‘latgich 5, berkitish ventili 7, berkitish ventilli quvur 6, aylanib utish quvuri 8, teskari klapan 9, qo‘shimcha resiver 10 va 12 bosim patronli termosozlagich ventil 11 dan tashkil topgan.
Qurilma ikki rejimda ishlaydi. YOzgi rejimda 6 quvurdagi berkitish ventili 7 yopik bo‘ladi. Quyosh energiyasi ta’sirida generator 1 da adsorbent 2 dan sovutish agentining, masalan ammiakning bug‘lari ajralib chiqadi va kondensator 3 da suyultiriladi. Suyuq ammiak resiver 4, bug‘lagich 5 va qo‘shimcha resiver 10 da yig‘iladi.
|
| |