• 4.17-rasm. Havo konditsiyalash uskunalaridagi sirtli issiqlik almashish va purkash (VTMO-3) bo‘limini (OKF-3) sovuq bilan ta’minlashdagi yopiq chizm a
  • 15.3. Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlarining ishga tushurish, sinash, sozlash va ulardan foydalanish.
  • Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari




    Download 28,88 Mb.
    bet66/69
    Sana21.02.2024
    Hajmi28,88 Mb.
    #159966
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
    Bog'liq
    Вентиляция lotin

    4.16-rasm. Sovutish stansiyasi yonida joylashgan purkash bo‘limi OKF–3 ni sovuqlik bilan ta’minlash chizmasi
    1-suyuq sovuqlik agenti, 2-bug‘latgich, 3-sovutish stansiyasining nasosi, 4-iliq suv bo‘limi, 5-to‘plash baki, 6-sovuq suv bo‘limi, 7-uch yo‘lli klapan, 8-purkash bo‘limining nasosi, 9-qo‘shni kondinsionerning nasosi, 10-iliq suv quviri, 11-purkash bo‘limi, 12-konditsiyalanuvchi havoning sovuqligini nazorat qiluvchi datchik, 13-retsirkulyasion quviri, 14-to‘kish quviri, 15-kanalizatsiyaga ulash quviri, 16-suv manbai, 17-sovuqlik agenti bug‘lari

    Havoni konditsiyalash uskunularadagi sirtli issiqlik almashishi va purkash bo‘limlarini sovuq suv bilan ta’minashning yopiq chizmasida (4.17-rasm), sovutish stansiyasining nasosi 1-bak-kosmpensator 2 orqali bug‘latgich 3 ning quvurlar aro oralig‘idan va sirtli sovutish 10 bo‘limlaridan sovutilgan suvni haydaydi. Purkash bo‘limini sovuqlik bilan ta’minlash suv-suvli issiqlik almashtirgich orqali amalga oshiriladi.


    CHizmada sirtli sovutish (BTMO-3) issiqlik almashgichlarni sovuqlik bilan ta’minlash chizmasi keltirilgan (Rasm 4.17).

    4.17-rasm. Havo konditsiyalash uskunalaridagi sirtli issiqlik almashish va purkash (VTMO-3) bo‘limini (OKF-3) sovuq bilan ta’minlashdagi yopiq chizma
    1-sovutish stansiyasining nasosi, 2-bak kompensator, 3-isparitel (bug‘latgich), 4-purkash bo‘limining nasosi, 5-suv-suvli issiqlik almashgich, 6-uch yo‘lli klapan, 7- nazorat qiluvchi ko‘rsatkich, 8-OKF-3 purkash bo‘limi; 9-suv manbai, 10-sirtli sovutish bo‘limi (VTMO-3), 11-kengayish idishi, 12-suv toshishi quvuri; 13-oqava suv uchun varonka.
    15.3. Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlarining ishga tushurish, sinash, sozlash va ulardan foydalanish.
    Ventilyasiya va havoni sozlash qurilmalari ish davrida bir – biri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina alohida qurilma va uskunalardan iborat bo‘lib murakkab tizimni tashkil etadi. Tizim montajidan so‘ng hamda shuningdek undan foydalanish jarayonida sinash va sozlash ishlari bajariladi.
    Sinov ishlari ventilyasion tizim va unga o‘rnatilgan uskunalarni haqiqiy ishlash rejimini aniqlab bersa, sozlash ishlari xonadagi havo ko‘rsatgichlarini barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun uskunalar ishini talab etilayotgan samaradorligini ta’minlash uchun bajariladi. Sozlash jarayonida uskunalar ishi loyihadagi (pasportidagi) tasniflarga muvofiq ravishda sozlanadi.
    Sinov ishlari texnik sinov va samaradorlik uchun sinov (sanitar – gigienik) ishlarga bo‘linadi.

    Texnik sinov tizimini haqiqiy ish rejimi hisobiy ish rejimiga qay darajaga mos kelishini va tizim uchun tuzilayotgan pasportga zarur bo‘lgan texnik tasniflarni aniqlash uchun bajariladi.


    Texnik sinovda: tizim quvvati, ventilyator ishchi g‘ildirakchalarini aylanishlar soni va ular hosil qilayotgan bosim hamda ularning ishlash davridagi shovqin darajasi; ventilyasion tizimining barcha uchastkalari bo‘yicha taqsimlanayotgan havoning haqiqiy miqdori; havo o‘tayogan quvurning ulangan joyidagi zichligi; venetilyasion tirqish orqali o‘tayotgan havo miqdori; kaloriferlarning issiqlik quvvati va havo sovutgichlarning berayotgan sovuq havo miqdori; kiritilayotgan havo harorati; suvning harorati va sarfi; namlovchi va qurituvchi uskunalaridagi bug‘lanayotgan va kondensatsiyalanayotgan namlik miqdori; havoni tozalash qurilmalaridagi havoni tozalanish darajasi va ularning qarshiligi; sarflanayotgan elektr quvvat; elektr dvigatel va boshqa elektr uskunalarni sozligi tekshirilishi lozim.
    Sinov davrida o‘rnatilgan qiymatlar loyihada keltirilgan qiymatlarga mos kelishi lozim.
    Loyiha ko‘rsatgichlaridan quyidagi chetga chiqishlarga ruxsat etiladi, %hisobida: harakatlanayotgan havo hajmi _ _ _ 10.
    Ventilyasion panjaralardagi havo
    Harkati tezligi _ _ _ 10
    Berilayotgan havo harorati _ _ _ 2
    Havo namligi _ _ _ 5
    Tizimning montaj shilari tugagach ventilyasion qurilmalarning ishlash davridagi haqiqiqy parametrlarini aniqlash uchun, foydalanishga topshirishdan oldingi texnik sinov bajariladi. Sozlash natijasida yuqorida keltirilgan chetga chiqishlarni hisobga olgan holda bu parametrlar loyihada keltirilgan qiymatlarga keltirilishi lozim. Bu texnik sinov va sozlash ishlari montaj ishlarni bajargan korxona tomonidan bajariladi. Lozim bo‘lib qolgan holda bu ish maxsus sozlovchi korxonaga topshiriladi. Foydalanishga topshirishdan oldingi sinov ob’ekt ishga tushirilishidan oldin bajarilgan bo‘lishi lozim. Sinov ishlari tugagach «Ventilyasion uskunalarni sozlash va sinov ishlari bo‘yicha akt» va «Ventilyasion uskunalar uchun pasport» to‘ziladi.
    Tizimdan foydalanish davrida zarur bo‘lib qolganda ekspluatatsion texnik sinov ishlari bajariladi. Bu sinov ishlari uskuna va qurilmalar me’yorida ishlayotganda va ajralayotgan zararli moddalar miqdori barqaror bo‘lganda bajarilishi lozim. Bunday sinovlar quyidagi hollarda: ventilyasiya tizimi bilan ta’minlangan xonalardagi texnologik uskunalar foydalanishga topshirilganda; xona ichidagi havo parametrlari sanitariya me’yorlari talabiga mos kelmasligi aniqlanganda; ventilyasion uskunalarni kapital ta’mirlash yoki unga konstruktiv o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng bajariladi.

    Download 28,88 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




    Download 28,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari

    Download 28,88 Mb.