|
Veterinariya akusherligi
|
bet | 1/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MT
“VETERINARIYA AKUSHERLIGI” FANIDAN TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINING MAZMUNI VA HAJMI
“Veterinariya akusherligi” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’liq ta’minlangan.
Talabalarning o’quv-tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi ularning ilmiy izlanishdagi ijodiy faoliyatini umumlashtirishdan iborat bo’lib, o’rganilayotgan fan dasturi va o’quv jarayonining ajralmas va zaruriy qismi hisoblanadi.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, kasal va sog’lom hayvonlar bilan ishlaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy tugarak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan faninig xususiyatlarini hisobga olgan holda darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganadi, maxsus adabiyotlar bo’yicha fanning bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlaydilar.
Mustaqil ta’lim ishlarinitalabalar quyidagicha rasmiylashtirishlari va ularni o’qituvchiga topshirishlari mumkin:
1. Og’zaki shaklda.
2. Referat shaklida (A 4 formatli qog’azda).
3. Komp’yuterda bajarilgan referatning internet axborot resurslaridan foydalanilgan holda izlab topilgan materiallarini elektron versiyasi.
4. Talabaning mustaqil ta’lim bo’yicha o’zlashtirish darajasi suhbat o’tkazish yoki test sinovi orqali aniqlanadi va reyting tizimida baholanadi.
“Veterinariya akusherligi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko’rinishida shakllantirilgan:
|
| |