Go’shtxo’r urg’ochi hayvonlar jinsiy a’zolari




Download 2,5 Mb.
bet7/75
Sana09.10.2024
Hajmi2,5 Mb.
#274377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
Akusherlik MT

Go’shtxo’r urg’ochi hayvonlar jinsiy a’zolari. Jinsiy lablar valiksimon shaklda, jinsiy tirqishning yuqorigi burchagi o’tmasroq, pastkisi o’tkir burchak shaklida. Klitorning tanasi va boshchasi yaxshi rivojlangan, tanasinig bir qismi prepusiya xaltasi bilan qoplangan. Qin dahlizining yon qismida yaxshi rivojlangan g’ovak tana hosilalari (qin dahlizining piyozchasi) joylashgan. Bezlar faqat qin dahlizining venteral devorida joylashgan. Siydik chiqarish kanali ko’ndalangiga joylashgan burmalar orasida noaniq joylashgan.
Qin uzun, uning shilliq pardasida uzinasiga va ko’ndalangiga joylashgan burmalar joylashgan. Bachadonning buyni nisbatan qattiqroq va kaltaroq bo’lib, qin tomonga burtib turadi va uning pastki qismi yarim oysimon yopuvchi valik hosil qiladi. Bachadonning tanasi kranial qismining bir necha santimetri to’siqchalarga ajratilgan. Bachadonning shoxlari yupqa devorli naychalar shaklida bo’lib, to’g’ri chiziq bo’ylab oldinga va yon tomonga tarqaladi. Shilliq pardaning hamma joyida bachadonning bezlari joylashgan. Bachadonning keng tutqichida ko’p miqdorda yog’ qatlamlari mavjud. Bachadon shoxlarining uchki qismidan bachadonning dumaloq tutqichlari chiqadi. Ular chotning ichki aylanasiga yo’nalgan bo’ladi. Jinsiy a’zolarning bunday anatomik joylashishi bachadonning chot grijasining kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.
Tuxum yo’llari kuchli darajada egrilashgan va odatda yaxshi rivojlangan yog’ qatlamlari bilan qoplangan bo’ladi. Ular yaxshi rivojlangan kengaygan joy (baxromka) bilan tugaydi.
Tuxum yo’llarining charvilari burmalar hosil qiladi va ularda tuxumdonlar joylashadi. Tuxumdonlarning diametri 1-2 sm, oval shaklda, ko’pincha yon tomonlari qalinlashgan, tuxumdonlar bursasini ichida joylashgan va yog’ qatlami bilan qoplangan bo’ladi. Jinsiy siklning ayrim bosqichlarida follikulalarning yoki sariq tanachaning o’sib chiqishi hisobiga ularning yuzasi g’adir-budur tus orladi.
Hayvonlarning zotiga (ayniqsa itlarda) ko’ra, jinsiy a’zolarning kattaligida keskin farqlar bo’lishi mumkin.

Download 2,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Download 2,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Go’shtxo’r urg’ochi hayvonlar jinsiy a’zolari

Download 2,5 Mb.