• Sun’iy qinning tuzilishi va ularni ishlatishga tayyorlash.
  • 21-rasm. Buqalar uchun turli konstruksiyadagi sun’iy qinlar
  • Qin orqali sperma olish usullari. 1. Qin orqali




    Download 2,5 Mb.
    bet15/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Qin orqali sperma olish usullari. 1. Qin orqali sperma olish usuli I. I. Ivanov tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ayg’ir bilan biya jinsiy aloqasidan keyin biya qinidagi spermani maxsus akusher-ginekologik qoshiq bilan yig’ib olinadi.
    Uretral (Sun’iy qin yordamida) sperma olish usullari. Birinchi bo’lib, 1931 yilda N. V. Komissarov, V. I. Lipatov va I. I. Rodinlar tomonidan sun’iy qin yordamida sperma olish usuli ishlab chiqilgan. Uning mohiyati sun’iy qinlarni qo’llash bilan erkak hayvon jinsiy a’zosi nerv uchlarining mexanik-termik ta’sirlanishini chaqirish va ulardan to’laqimmatli sperma olishdan iboratdir. 1942 yilda sun’iy qin qaytadan takomillashtirilgan holda yaratilgan.
    Hozirgi vaqtda sun’iy qin yordamida sperma olish asosiy usul hisoblanadi. Sun’iy qinda tabiiy qindagi quyidagi sharoitlar yaratilgan bo’ladi: 1. Harorat - qinga 40°S haroratdagi issiq suv solinadi; 2. Silliqlik - jinsiy a’zo reseptorlarining qitiqlashi uchun sun’iy qinning ichki tomoniga vazelin yog’i surtiladi. 3. Elastiklik - rezina kamera yordamida hosil qilinadi. 4. Bosim - qinga havo yuborish orqali hosil qilinadi. 5. Tozalik - qin soda eritmasi va issiq suvda yuviladi.
    Sun’iy qin - sperma olishda ishlatiladigan asbob bo’lib, qattiq metal, rezina yoki ebonitdan tayyorlangan silindr va uning ichiga o’rnatilgan rezina trubkadan iborat. Rezina trubkaning uchi silindrning oxiriga qaytarilib kiygizilgan bo’ladi va shu bilan silindr va rezina trubka oralig’ida potrubka orqali tashqariga tutashuvchi yopiq bo’shliq hosil qilinadi. Sun’iy qinning bir tomoni ochiq qoldiriladi, ikkinchi uchiga esa ikki qavat shishadan yasalgan sperma yig’gich o’rnatiladi. Hayvonlarning turiga ko’ra, sun’iy qinlarning bir qancha konstruksiyalari farqlanadi.
    Sun’iy qinning tuzilishi va ularni ishlatishga tayyorlash. Barcha turdagi sun’iy qinlar umumiy tuzilishga ega. Ammo hayvonlarning turiga ko’ra, ayrim konstruktiv xususiyatlarga ega bo’ladi va silindrlarining o’lchamlari bilan farq qiladi.
    Har qanday konstruksiyadagi suniy qin ham asosiy uch qismdan: ebonitli (qo’chqor uchun), qalin rezinali (buqa va erkak cho’chqa uchun), rux tunukali yoki alyuminli (buqa, ayg’ir va erkak cho’chqa uchun), shishali (quyonlar uchun) silindr yoki korpus, ichki yuzasi silliq bo’lgan rezina kamera va rezina, shisha, plastmassa yoki polietilendan tayyorlangan sperma yig’gichdan tuzilgan bo’ladi.
    Buqalar uchun sun’iy qinning 1942 va 1960 yildagi hamda I. I. Rodin tomonidan tavsiya etilgan balonsimon kengayishli va qisqartirilgan (1972 y.) namunalari qo’llaniladi. Sun’iy qinning 1942 yilgi namunasining silindri elastik rezinadan tayyorlangan, uzunligi 50 sm va diametri 8 sm bo’ladi. Uning rezina kamerasi silindrning ikkala uchki tomonidan ikkita rezina xalqa bilan mahkamlanadi. Silindrning o’rtasida suv solish uchun voronkasimon teshik mavjud va havo yuborilib, kerakli bosim hosil qilish uchun unga ebonit jumrak, silindrning bir uchiga rezina tutqich yordamida shishali sperma yig’gich o’rnatiladi.
    Sun’iy qinning 1960 yilgi namunasi alyumin silindrdan, suv solish bug’uzchasi va unga o’rnatilgan rezina tiqin, rezina kamera va sperma yig’gichdan iborat bo’lib, qindagi bosim uni qiyshaytirgan holatda suv ustuni hisobiga hosil qilinadi.
    Sun’iy qinning 1972 yilgi namunasi uzunligi 30 sm elastik rezina silindr va polietilenli sperma yig’gichdan iborat bo’ladi. Amaliyotda buqalardan sperma olishda asosan sun’iy qinning 1942 yilgi namunasi ko’proq ishlatiladi.




    21-rasm. Buqalar uchun turli konstruksiyadagi sun’iy qinlar: A- 1942 y. namunasi; B- I. I. Rodin tavsiya etgan; V- Daniya; G- Angliya namunalari; 1- sperma yig’gich; 2- silindr; 3- rezina kamera; 4-rezina xalqa; 5- balonsimon kengaygan joyi; 6- rezina trubka; 7- shisha sperma yig’gich.
    Qo’chqorlar uchun ham sun’iy qinning 1942 yilgi namunasi ishlatilib, uzunligi 20 sm, diametri 5,5 sm bo’lgan qattiq ebonit yoki rezina silindr, ebonit jumrak, rezina kamera va shisha sperma yig’gichdan iborat bo’ladi.
    Erkak cho’chqa uchun buqalarga mo’ljallangan sun’iy qinning 1942 yilgi namunasi qo’llanilsada, uning uzunligi 10-25 sm.ga qisqartirilgan, u polietilen silindr, rezina kamera, ebonitli jumrak, sperma yig’gich, teshik patrubka va keng bo’g’izli shisha bonka yoki bir marta ishlatiladigan polietilen plyonka - sperma yig’gich berkitiladigan rezina muftadan iborat bo’ladi.
    A. V. Kvasniskiy suv solinadigan va elektrik qinlarini tavsiya etgan. D. D. Logvinov va V. I. Koshevoylar spermani asseptik holda olish uchun maxsus germetik sperma yig’gich va 26-30 sm ga kaltalashtirilgan buqalar sun’iy qinini tavsiya etgan.
    A yg’irlar uchun sun’iy qinning 1952 yilgi namunasi dastali alyumin silindr, germetik yopiladigan metall tiqinli patrubka, qalin devorli rezina sperma yig’gichdan tashkil topadi. Sperma yig’gich sun’iy qinning tor uchiga o’rnatiladi. Hozirgi paytda ayg’irlardan sperma olishda elastik rezina korpusli ikki qavatli sun’iy qinlardan foydalaniladi.



    Download 2,5 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qin orqali sperma olish usullari. 1. Qin orqali

    Download 2,5 Mb.