Buqa spermasining kimyoviy tarkibi (quruq moddaga nisbatan % hisobida)
Akusherlik MT
Spermiylar manfiy elektr zaryadining neytrallanishiga spermaga musbat zaryadli zarrachalarning qo’shilishi sabab bo’ladi. Ko’pincha spermada sut kislotasi miqdorining ortishi hisobiga vodorod ionlari konsentrasiyasining ortishi spermioagglyutinasiya-ga sabab bo’ladi. Kislotalik (rN) 5-6,4 bo’lganda yulduzsimon agglyutinasiya kuzatiladi. Spermioagglyutinasiya ko’p valentli metallar hamda sperma yoki qin suyuqligi tarkibidagi spermioagglyutininlar ta’sirida ham kuzatilishi mumkin. Odatda spermiylarning agglyutinasiyasi vaqtinchalik bir hodisa hisoblanadi, ammo bu hol uzoq vaqt davom etsa ular nobud bo’lib ketadi. Spermiylar spermada odatda 37-39°S haroratda harakatchan bo’ladi va haroratning bundan oshib ketishi ularning halok bo’lishiga olib keladi. Buqa va qo’chqorlardan yangi olingan spermaning muhiti neytral (rN 7-6,9), erkak cho’chqa va ayg’irlarda esa muhit biroz ishqoriy bo’ladi (rN 7,2-7,6). Muhitning kislotali tomonga biroz siljishi ham spermiylar harakatining sekinlashishi, ko’proq siljishi esa harakatining batamom to’xtashi va halok bo’lishiga sabab bo’ladi. Muhitning normadan ko’proq ishqoriy tomonga siljishi ham avvaliga spermiylar harakatining tezlashishi, so’ngra ularning o’limiga olib keladi. Download 2,5 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Buqa spermasining kimyoviy tarkibi (quruq moddaga nisbatan % hisobida)
|