|
-rasm. Spermiyni tuzilishi sxemasi
|
bet | 11/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MT18-rasm. Spermiyni tuzilishi sxemasi: 1- membrana; 2- akrozoma; 3- akrozomlar chegarasi; 4- yadro qobig’i; 5- oldingi sentriola; 6-yupqa fibrillar orqangi sentriola); 7- dag’al fibrillar; 8- spiralsimon o’ram; 9- asos o’rami (spiralsimon o’ram olingan); 10- tananing asos o’rami (kesmada); 11- dum asos o’ramini yopib turuvchi yupqa o’ram; 12- dumning asos o’rami; 13- dumning uchi (membranalar yo’q).
Boshchaning uzunligi 7-10 mkm, kengligi 3-5 va qalinligi 1-1,5 mkm ga teng. Boshchaning asosiy qismini yadro egallaydi. Uning oldingi qismida qobiq (qalpoqcha) bo’lib, uning ostida akrosoma joylashadi. U spermiotidlarning Goldji kompleksidan hosil bo’lib, otalanish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Spermiyning boshchasi xromatin bilan to’lgan bo’lib, ushbu xromatin tolalaridan xromosomalar hosil bo’ladi.
Spermiyning eng qisqa qismi uning bo’yni hisoblanib, uzunligi 1 mkm ni tashkil etadi. Bo’yin qismida proksimal va distal sentrisomalar joylashadi va ular bir-biri bilan 3 ta fibrill tolalar orqali tutashib, xujayra markazini tashkil etadi. Fibrill tolalarining (jami 11 ta) 2 tasi markaziy tarmoqni, 9 tasi ichki yupqa va qalin tarmoqlarni hosil qilib, spiralsimon joylashadi.
Spermiyning dumi tanasining bevosita davomi bo’lib, ilgarilama harakatlanish a’zosi hisoblanadi. Spermiylar me’yorida to’g’ri chiziq bo’ylab ilgarilama harakat qiladi. Spermiylarning manfiy elektr zaryadga ega ekanligi ularni bir-biriga to’qnashib ketishidan saqlaydi. Quyuq spermada (buqa va qo’chqorlarda) spermiylarning harakatlanishi oddiy ko’zga quyunsimon harakat shaklida ko’rinadi. Normal spermiylar suyuqlikda to’g’ri chiziq bo’ylab ilgarilama harakat qiladi. Me’yorida buqalarning spermiylari 1 daqiqada 4,02, qo’chqorlarda - 4,6, quyon va itlarda - 2, ayg’irlarda - 5,22 va xo’rozlarda -1,02 mm masofaga harakat qiladi.
Spermioagglyutinasiya - deb spermiylarning manfiy elektr zaryadlarining kamayishi yoki neytrallanishi oqibatida ularning bir-biriga boshchasi yoki butun tanasi bilan yopishib qolishiga aytiladi. Spermioagglyutinasiya vaqtinchalik, ya’ni spermiylarning bir-biriga faqat boshchasi bilan yopishib qolishi (yulduzsimon agglyutinasiya) va harakatchanligining saqlanib qolishi hamda qayta tiklanmaydigan, ya’ni spermiylarning bir-biriga betartib yopishib qolishi va harakatsizligi (o’lik) bilan kechadigan turlari uchraydi.
|
| |