Veterinariya akusherligi




Download 2,5 Mb.
bet10/75
Sana09.10.2024
Hajmi2,5 Mb.
#274377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Bog'liq
Akusherlik MT

Spermiylarning tuzilishi. Yuqorida qayd etilganidek, spermiylar (spermatozoid) spermaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etib, o’ziga xos tuzilishga ega va organizmdagi boshqa xujayralardan, shuningdek, tuxum xujayrasidan ham keskin farq qiladi. Spermiylarning uzunligi tuxum xujayrasi aylana diametridan 2 marta, hajmi tuxum xujayrasi hajmidan 160 ming marta kichik bo’ladi.
Spermiylarning 75 foizini suv, 25 foizini quruq modda, quruq moddaning esa 85 foizini oqisillar, 13 foizini lipidlar va 1,8 foizini mineral moddalar tashkil etadi.
Spermiylarning boshchasi, bo’yni, tanasi va dum qismi farqlanadi. Spermiylarning boshchasi asosan nukleoproteidlar va erkin holdagi oqsil, lesitin va tuzlardan iborat bo’ladi. Nukleoproteidlar - murakkab oqsillar hisoblanib, dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) va oddiy oqsil (giston) dan tashkil topadi. Giston tarkibiga arginin, leysin, izolesin, treonin, lizin, sistin kabi 18 ga yaqin aminokislotalar kiradi. Shunday qilib sut emizuvchilar spermiyining 96-97 foizi oqsillardan iborat bo’ladi. Uning uzunligi 7-10 mkm, eni - 3-5 va qalinligi - 1-1,5 mkm bo’lib, boshchasining katta qismini uning yadrosi egallaydi. Spermiy boshchasining oldingi qismida o’ziga xos qobiq (qalpoqcha) bo’lib, uning ostida akrosoma joylashadi.
Spermiyning bo’yni uning eng qisqa qismi bo’lib, unda proksimal va distal sentrosomlar joylashgan. Sentrosomlar bir-biri bilan 3 ta fibrill tolalar orqali tutashib, xujayra markazini tashkil etadi. Fibrill tolalarining (jami 11 ta) 2 tasi markaziy tarmoqni, 9 tasi ichki yupqa va qalin tarmoqlarni hosil qilib, spiralsimon joylashadi.
Spermiylarning bo’yni ancha mo’rt bo’lib, boshchasi tuxum xujayrasiga kirgandan so’ng, ya’ni tuxum xujayra urug’lanib bo’lgandan keyin bo’yinidan ajraladi, oqibatda otalangan tuxum xujayrasining ichida faqatgina spermiyning boshchasi qoladi.
Spermiylarning tanasi va dumi oddiy oqsillar va lipidlardan tashkil topgan bo’lib, lipidlarning tarkibini asosan fosfolipidlar (73,3%), xolesterin (14,5%), gliseridlar (9,6%) va yog’simon moddalar (2,6%) tashkil etadi.
Spermiyning tanasi silindrsimon shaklda bo’lib, uning uzunligi 10 mkm.ni tashkil etadi. Bo’yinchadan tanaga o’tish joyida har xil kattalikdagi vokuolalar va granulalar joylashadi. Spermiyning tanasida uning asos tarmog’i tanalari joylashadi. Asos tarmoq va spiralsimon halqa xujayra plazmasining ichki yuzasi bilan o’ralgan va ektoplazmadan ajratilgan bo’ladi.
Spermiyning qobig’i bo’lib, uning boshchasi qismida tiniq parda shaklida, uning dumi va boshqa qismlarida yupqa va zich material qiymasi ko’rinishida bo’ladi. Qobiq asosan sistindan iborat bo’lib, kuchli o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega.
Nukleoproteid murakkab oqsil bo’lib, dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) va oddiy oqsildan (giston) iborat bo’ladi. DNK miqdori doimiy bo’lib, uning miqdorining kamayishi buqalarda bepushtlikka sabab bo’ladi. Gistonning tarkibi 18 xil aminokislotalardan iborat bo’lib, ulardan eng asosiysi arginin (25%) hisoblanadi.
S permiogenezni me’yorida kechishi uchun shuningdek, leysin, izoleysin, treonin, lizin, serin, sistin va boshqa aminokislotalar zarur bo’ladi. Shunday qilib, sut emizuvchilarda spermiylari boshchasining 96-97 foizini oqsillar tashkil etadi.



Download 2,5 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Download 2,5 Mb.