• Jinsiy a’zolarning nerv tizimi.
  • Sperma. Organizmdan tashqarida spermatozoidlarga tashqi omillarning ta’siri. Sperma
  • Jinsiy a’zolarning limfa tizimi




    Download 2,5 Mb.
    bet9/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Jinsiy a’zolarning limfa tizimi kapilliyarlardan, intra- va ekstra-organ afferent tomirlar, regional tugunlar va efferent limfa tomirlaridan iborat bo’ladi.
    Jinsiy a’zolarning barcha tomirlariga limfa tomirlari kirib borgan bo’lib, ular o’zaro anstomozlar hosil qiladi va bir xilda nomlanadigan shilliq parda, muskul va zardobli parda kapilliyarlar to’rini hosil qiladi. Zardobli parda va muskulli parda ko’ndalang qavati limfa kapilliyarlari to’ridan organlararo tomirlar boshlanadi. Ular jinsiy a’zolar zardob parda osti qavatiga o’tib anastomozlar hosil qiladi va a’zolararo limfa tomirlar to’riga aylanadi. Keyin zardobli parda osti limfa tomirlar to’ridan katta hajmli organlararo tomirlar chiqadi. Ular o’z navbatida bachadonning katta tutqichi tomonga o’tadi va afferent ekstraorgan limfa tomirlariga aylanadi. Ular ham birikib, katta tutqichning limfa tomirlari to’rini tashkil etadi. Bu to’rdan magistral afferent ekstraorgan limfa tomirlari chiqadi va ular tutamlar holida regionar limfa tugunlari (kraniomedial, kaudomedial, lateral tush osti juft limfa tugunlari) tomonga yo’nalgan bo’ladi.
    Efferent limfa tomirlari jinsiy a’zolarning regionar limfa tugunlaridan chiqib bir-biri bilan tutashadi va o’ng hamda chap limfa yo’lini hosil qiladi. Bu o’z navbatida yiriklashib boradi va bel umirtqasi limfa yo’liga tutashadi.
    Jinsiy a’zolarning nerv tizimi. Biya, sigir, cho’chqa va itlar jinsiy a’zolari simpatik va parasimpatik nerv tarmoqlari bilan ta’minlangan bo’lib, bu hayvonlarning barchasida jinsiy a’zolarga boradigan simpatik nerv tarmog’i kaudal charvi tugunidan keladi, parasimpatik tarmoq quymich nervidan keladi. Lekin barcha turdagi urg’ochi hayvonlarda turlarga xos va individual o’ziga xoslik mavjud.


    Sperma. Organizmdan tashqarida spermatozoidlarga tashqi omillarning ta’siri.
    Sperma - deb erkaklik jinsiy xujayralari (spermiy) va plazmadan (urug’don ortig’i va qo’shimcha jinsiy bezlar sekreti) iborat suyuqlikka aytiladi. Jinsiy aloqa paytida erkak hayvon bir marta ajratadigan spermaga eyakulyat deb ataladi.
    Turli hayvonlarning spermasi miqdori va tarkibi bo’yicha bir-biridan farq qiladi.
    Ayg’irlarda eyakulyatning o’rtacha hajmi 50-100 ml va eng ko’p miqdori 600 ml gacha; cho’chqalarda shunga mos ravishda 200-400 ml va 1 litrgacha, qo’chqorlarda 1-2 va 3-5 ml; buqalarda 4-5 va 10-15 ml; itlarda o’rtacha 2-8 ml; xo’rozlarda 0,3-2 ml gacha bo’ladi.
    Hayvonlar turiga ko’ra, spermaning konsentrasiyasida ham farqlar kuzatiladi. Qin tipida urug’lanadigan hayvonlarda bachadon tipida urug’lanadigan hayvonlarga nisbatan spermaning konsentrasiyasi 5-10 marta yuqori bo’ladi. Masalan, quchqorlarning 1 ml spermasida spertozoidlarning soni - 2,5-3,5 mlrd., buqada 0,8-1,2, erkak cho’chqada - 0,15-0,21, ayg’irda - 0,10-0,15 mlrd. dona spermiylar bo’ladi.
    Kimyoviy tarkibiga ko’ra ham sperma organizmdagi murakkab suyuqliklar qatoriga kiradi. Spermaning 90-98 foizini suv, 2-10 foizini quruq modda, shundan 60 foizga yaqinini oqsillar tashkil etadi.
    Sperma tarkibidagi oqsillarning asosiy qismini oltingugurt saqlovchi aminolipidlar tashkil etadi. Oqsillar miqdori ham turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan, buqa spermasida - 5-8%, quchqorlarda - 10%, erkak cho’chqada -3%, ayg’ir spermasida - 1-2,5% oqsil bo’ladi. Buqa va qo’chqorlarning spermasida ayg’ir va erkak cho’chqalarning spermasiga nisbatan lipidlar va fruktoza ko’proq uchraydi.
    Sperma tarkibiga kiruvchi lipidlarning eng asosiysi tarkibida ko’p miqdorda fosfor saqlovchi lesitin hisoblanadi. 100 ml spermada quchqorlarda - 355 mg, buqalarda - 82 mg, cho’chqalarda - 66 mg va ayg’irlarda 19 mg fosfor bo’ladi. Fosfor spermadagi biokimyoviy jarayonlarning kechishida muhim ahamiyatga ega. Urug’don ortig’i sekretida kaliy tuzlari, qo’shimcha bezlar sekretida esa natriy ko’p miqdorda bo’ladi.
    Spermaning kulida xlor, fosfor, kalsiy, magniy, kaliy, natriy, temir, rux va boshqa mikroelementlar (1% atrofida) borligi aniqlangan.
    Sperma tarkibida laktosidogen, fosfogen, xolesterin, mochevina, xolin, limon kislotasi kabi murakkab organik moddalar aniqlangan bo’lib, 3-10% limon kislotasi qo’shimcha jinsiy bezlar (asosan pufakchasimon bez) tomonidan ishlab chiqariladi.
    Limon kislotasi tuzlari (sitratlar) sperma bufer tizimining asosini tashkil etadi. Shuning uchun spermani suyultirishda limonnokisliy natriy qo’shilishi spermiylarning yashovchanligini uzaytiradi.
    Sperma tarkibida gialuronidoaza, peridoksidaza, katalaza, tripsin, antitripsin, amilaza, lipaza va boshqa fermentlar uchraydi. Shuningdek, sperma tarkibida askorbin kislotasi, tiamin (V1), riboflavin (V2), retinol va boshqa vitaminlar har xil turdagi hayvonlarda turlicha miqdorlarda bo’ladi. Masalan, buqa spermasida 14 mg%, erkak cho’chqada 4 mg% askorbin kislotasi bo’lishi aniqlangan.
    Spermaning asosiy tarkibini qand (fruktoza) tashkil etib, spermiylar uchun energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Turli hayvonlarda nafaqat spermadagi qandning miqdori, balki tarkibi bo’yicha ham keskin farqlar kuzatiladi.
    Spermaning miqdori, tarkibi va biologik xususiyatlari ko’p jihatdan erkak nasldor hayvonlarni parvarishlash, oziqlantirish, ishlatish va boshqa sharoitlarga bog’liq bo’lib, ularni o’rganish ishlab chiqarish amaliyotida spermani suyultirish, qisqa va uzoq muddatlarda saqlash, tashish va urg’ochi hayvonlarni sun’iy urug’lantirish va nasldor hayvonlardan samarali foydalanishda katta ahamiyatga egadir.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




    Download 2,5 Mb.