|
Erkak hayvonlardan sperma olish texnikasi
|
bet | 17/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTErkak hayvonlardan sperma olish texnikasi. Nasldor hayvondan sperma olishda qo’yidagi qoidalarga amal qilinishi zarur:
1. Manejni tayyorlash, ya’ni pol, stanok, devorlarini turli mikroorganizm va bakteriyalardan tozalash maqsadida sperma olishdan 1 soat oldin bakterisid lampalar bilan yuqumsizlantirish;
2. Har qaysi nasldor erkak hayvon uchun 2-3 ta sun’iy qinni maxsus qo’llanma (instruksiya) bo’yicha tayyorlanib, alohida ishlatish;
3. Sperma olishdan 15-30 daqiqa oldin hayvonning tanasi va jinsiy a’zolarini iflosliklardan tozalash, jinsiy a’zo prepusional xaltasini 3%-li vodorod peroksid yoki 0,2%-li furasillin eritmasi bilan yuvish kerak.
Sperma olishdan oldin buqa va qo’chqorning ko’kragiga toza fartuk (pechkir) bog’lanadi. Uzun konstruksiyadagi sun’iy qin qo’llanilganda uning kirish teshigiga zararsizlantirilgan prolon prokladka qo’yiladi. Hayvonlardan qat’iy belgilangan soatlarda sperma olinadi. Buqalardan ularni oziqlantirib, tozalagandan 1,5-2 soat keyin sperma olinadi. Buqalar sperma olishdan 15-20 daqiqa oldin yetaklash tayog’i yordamida yurgiziladi va keyin manejga kirgiziladi.
Nasilli buqalarga og’riq beradigan veterinariya xizmati ko’rsatilayotgan paytda sperma oluvchi mutaxassis qatnashmasligi va bu tadbirlar sperma olinadigan manej stanogida bajarilmasligi kerak, chunki buqalarda shu manej va stanokga nisbatan tormozlovchi reflekslar hosil bo’lishi mumkin.
Xo’roz va kurkalardan sperma olishdan oldin ularning klaokasi atrofi tozalanib, furasilinning 1:5000 nisbatli eritmasi bilan ishlanadi, dumining uzun parlari kalta qirqiladi. G’ozning jinsiy a’zosi kaprondan tayyorlangan elastik purkagich yordamida 35-40°S haroratli fiziologik eritma bilan yuviladi. Spermaga tezak va siydik aralashmasligi uchun urug’ olishdan 6 soat oldin ularni oziqlantirish to’xtatiladi.
Buqalardan sperma sun’iy urug’lantirish punkti yoki stansiyasining (naslchilik korxonasi) manejida sigir, buqa (maneken) yoki tulumga, qo’chqorlardan qo’y, qo’chqor va ba’zan tulumga, erkak cho’chqalardan tulumga, ayg’irlardan kuyga kelgan biya yoki tulumga sakratilib olinadi. Stanokdagi hayvonning harakatini cheklash uchun kalta bog’lanadi, biyalarga “jinsiy aloqa tasmasi” bog’lanadi.
S perma oluvchi texnik tayyorlangan sun’iy qinni o’ng qo’li bilan jumragini o’ziga tomonga qaratgan holda ushlaydi. Hayvonning o’ng tomonidan yondoshib, nasldor erkak hayvon harakatlarini diqqat bilan kuzatib turadi, erkak hayvonda ereksiya yaxshi namoyon bo’lib, jinsiy aloqa uchun sakragan zahotiyoq uning yoniga keladi va sun’iy qinni pastdagi hayvonning sag’risi yonida yuqoriga 34-45° qiya holatda mahkam ushlab, chap qo’li bilan buqa, qo’chqor va erkak cho’chqaning prepusiyasidan, ayg’irlarda esa tanasidan ushlab, jinsiy a’zoni tezda sun’iy qin teshigiga yo’naltiradi. Bu ishlarni bajarish uchun texnik ma’lum malakaga ega bo’lishi kerak.
|
| |