• Xirurgik usul
  • Hayvonlardan sperma olish soni.
  • Spermatozoidlarni urg’ochi hayvon jinsiy yo’llarida harakatlanishi va yashash muddatlari.
  • Elektroeyakulyasiya usuli




    Download 2,5 Mb.
    bet20/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Elektroeyakulyasiya usuli. Bu usuli bilan birinchi bo’lib, 1946 yilda Avstraliyada Gunnom qo’chqorlardan sperma olgan, 1948 yilda Fransuz olimlari tomonidan buqalar uchun elektroeyakulyator yaratilgan.
    Elektroeyakulyator yordamida sperma olish oyoqlari kasallangan, lekin nasllik xususiyati juda yuqori buqalardan, yozning issiq kunlarida qo’chqorlardan sperma olishda qo’l keladi. Buning uchun elektroeyakulyatorning elektrodlari to’g’ri ichakka 15-20 sm kiritilib elektr impulslari beriladi. Bunda elektr impulslari bel umirtqalaridagi nerv markazlari orqali urug’donlar va ampulaga ta’sir etib, ereksiya va eyakulyasiyani sodir etadi. Bu usulning afzalligi shundaki, bu usul bilan qo’chqorlardan yoz oylarida ham sperma olish mumkin. Lekin bu usulda sperma olish ham amaliyotga keng joriy etilmagan.
    Xirurgik usul. Bu usulda qo’chqorlarni urug’don ortig’i yoki urug’donini kesib yoki shpris bilan teshib sperma olindi. Shu usul bilan yovvoyi arxarlardan urug’ olinib, merinos qo’ylarini urug’lantirish bilan arxaromerinos qo’y zoti yaratilgan.
    Tulum (Chuchila) yordamida sperma olish. Xozirgi vaqtda ham bu usul bilan nasldor erkak hayvonlardan sperma olinadi, professor A. V. Kvasniskiy tomonidan buqalar uchun maxsus chuchela - stanoklar yaratilgan.
    Hayvonlardan sperma olish soni. Sperma qo’chqorlardan kuniga uch marta, ya’ni tushlikgacha ikki marta va kunning ikkinchi yarmida bir marta olinadi. Buqalardan haftada 2-8 marta, orasida 10-15 daqiqa dam berilib duplet, ya’ni ketma-ket ikki marta sperma olinadi. Ayg’irlardan har kuni bir marta, erkak cho’chqalardan haftada ikki marta sperma olinadi. Xo’rozlardan sperma olish maqsadida foydalanishning eng optimal rejimi kuniga bir marta yoki 2 kunda bir marta sperma olish hisoblanadi. Spermaga ehtiyoj yuqori bo’lganda 4 soatlik oraliq bilan bir kunda ikki marta sperma olish mumkin, lekin bunda nasillik xo’rozdan foydalanish muddati 3-4 haftadan oshmaydi. Kurka va g’ozlardan haftada ikki marta sperma olinadi.
    Spermatozoidlarni urg’ochi hayvon jinsiy yo’llarida harakatlanishi va yashash muddatlari.
    Urug’lantirishning samaradorligi shuningdek spermiylarning sifatiga ham bog’liq. Spermiylar qanchalik faol va harakatchan bo’lsa shuncha kam dozadagi spermani qo’llash mumkin. Yaqin paytlargacha hamma turdagi saqlash usullarida nasilli buqalarni sigir va tanalarni bir marta urug’lantirish uchun belgilangan spermasining bir dozasida (1 ml) kamida 25 mln. faol spermiylar bo’lishi lozim deb ko’rsatilgan edi. Spermiylar konsentrasiyasini 12,5 mln. gacha kamaytirish tanalarda otalanishning 11,9-20% ga kamayishiga sabab bo’lgan (A. V. Pozdnyakov). Shuning uchun cuyuq azotda muzlatilgan holda saqlangan bo’qalar spermasining eritilgandan keyin bir dozasida to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanuvchi spermiylar soni 10-15 mln. dan, harakatchanligi 3-4 balldan kam bo’lmasligi kerak.
    Tabiiy urug’lantirishda bachadon tipida urug’lantiruvchi hayvonlarda sperma bachadon shoxlari bo’ylab tuxum yo’llariga o’tadi. Shuning uchun sun’iy urug’lantirishda kichik dozadagi sperma yuborilishi kutilgandek natija bermaydi. Biyalarni sun’iy urug’lantirishda 20-40 ml sperma yuboriladi.
    Cho’chqalarni fraksion usulda urug’lantirishda spermaning urug’lantiruvchi dozasi spermaning konsentrasiyasi va spermiylar faolligiga ko’ra belgilanadi. Bunda bir dozadagi faol spermiylar asosiy ona cho’chqalar uchun 3 mlrd. dan, podani to’ldirish uchun mo’ljallangan cho’chqalar uchun esa 2 mlrd. dan kam bo’lmasligi kerak. Shuning uchun Rossiya chorvachilik instituti olimlari ona cho’chqalarga 1 ml/kg dozada sperma yuborishni tavsiya etadi. Bunda spermaning umumiy miqdori 150 ml dan oshmasligi, bir dozadagi spermiylar soni 4-5 mlrd. dan kam bo’lmasligi kerak.

    MURTAKNI KUChIRISh (EMBRION TRANSPLANTASIYaSI)



    Download 2,5 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




    Download 2,5 Mb.