Veterinariya akusherligi




Download 2,5 Mb.
bet21/75
Sana09.10.2024
Hajmi2,5 Mb.
#274377
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Bog'liq
Akusherlik MT

Murtakni ko’chirish deganda “donor hayvon” jinsiy a’zolaridagi murtakni “resipiyent hayvon” bachadoniga ko’chirib o’tkazishdan iborat biotexnik jarayonga aytiladi. Bunda resipiyentlarning organizmida normal bo’g’ozlik boshlanib, murtak va keyinchalik, homila rivojlanadi.
X1X asr oxirlarida quyonlarda homilaning rivojlanishini va uning rivojlanishiga ona hayvon organizmining ta’sirini o’rganish maqsadida murtakni ko’chirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan (Xipp, 1891). 1897 yilda V. S. Gruzdev birinchi marta sut emizuvchi hayvonlarning tuxum xujayrasini tashqi sharoitda otalantirish va inkubasiya qilishga urinib ko’rgan. Keyinchalik, bu boradagi tadqiqotlarni ko’pchilik olimlar davom ettirdi.
A. V. Kvasniskiy dunyoda birinchi bo’lib (1949-1953 yillar), cho’chqalarda tuxum xujayrasi va zigotani ko’chirib o’tkazish bilan bola olishga muvaffaq bo’lgan.
A. I. Lopыrin rahbarligida qo’ylarda murtakni ko’chirish amalga oshirilgan. Keyinchalik, matbuotda quyon, qo’y, echki, sigir va biyalarda otalanmagan va otalangan tuxum xujayralarini ko’chirib o’tkazish bo’yicha ma’lumotlar paydo bo’lgan. Murtakni jarrohlik usulida olish va yangi olingan murtakni kuchirib o’tkazish amaliyotga joriy etila boshlagan.
1970 yildan murtakni kuchirish bo’yicha tadqiqotlar va amalda qo’llash ishlari jadal rivojlana boshlagan. 1973 yilda birinchi marta sigirlardan muzlatilib, keyin eritilgan murtakni ko’chirish yo’li bilan buzoq olingan.
Kanadada 1973-1982 yillar davomida 5413 bosh transplantat-buzoqlar olingan, 1990 yilga kelib, AQSh da (1984 yilda Xalqaro murtakni kuchirish jamiyatiga 34- davlat bo’lib a’zo bo’lgan) transplantat-buzoqlar soni 500 ming, sobiq ittifoqda 12 mingtaga yetgan.
Oxirgi 12 yil davomida murtakni kuchirish sohasida rekord natijalarga erishildi: AQSh da bir bosh donor sigirdan 136 buzoq, Fransiyada – 80, Germaniyada – 57, Rossiya Federasiyasining Chorvachilik ilmiy tekshirish institutida 44 bosh donor sigirdan 216 bosh buzoq olingan.
Respublikamizda O’zChITI tajriba xo’jaligi va Savay nomli xo’jalikda (Andijon) murtakni ko’chirish bo’yicha tajribalar olib borilgan.
Superovulyasiya chaqirishning zamonaviy usullarini qo’llash tuxumdonlarda tuxum xujayralarining yetilishini 10-20 martaga ko’paytirish imkonini yaratib, bir vaqtda sigir va qo’ylarda-25, cho’chqalarda – 40-45, biyalarda – 5, kemiruvchilarda esa 90 tagacha tuxum xujayrasining yetilishini ta’minlashga erishish mumkin. Donorlardan bir yilda 4-6 marta murtak olish mumkin.
Murtakni ko’chirish naslchilik ishlarini bir yo’nalishda olib borish va hayvonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida bajariladi. Shuningdek, mahsuldor hayvonlardan bola olishni ko’paytirish, murtakni muzlatilgan holda uzoq muddatlarga saqlash bilan qimmatbaho hayvonlar murtaklari zahirasini yaratish (murtaklar banki) imkonini beradi. Resipiyent hayvon bachadonining har shoxiga bittadan murtakni kuchirib o’tkazish orqali egiz bola olish mumkin. Mahalliy zotga mansub, mahsuldorligi past, lekin turli kasalliklarga nisbatan immunitetga ega bo’lgan sigirlardan nasllik xususiyatlari bo’yicha qimmatbaho bola olish imkoniyati yaratiladi. Murtakni kuchirish usulidan bo’g’ozlik fiziologiyasi va patologiyasining turli muammolarini o’rganish, turlararo gibridlash ishlarida foydalanish mumkin. Masalan, qo’ylarga echkilarning murtagini kuchirib o’tkazish bilan to’laqimmatli uloq, echkilardan esa qo’ylar murtagini transplantasiyalash bilan sog’lom qo’zi olish mumkin. Embrionni kuchirish usulidan foydalanib, bir bosh yuqori nasllik xususiyatiga ega bo’lgan sigirdan bir yilda 30-50 bosh buzoq olish mumkin.
Murtakni ko’chirish qo’yidagi tartibda amalga oshirilishi kerak:

  1. Donor va resipiyentlarni tanlash;

  2. Donorlarda superovulyasiya chaqirish va ularni urug’lantirish;

  3. Donorlardan murtakni olish.

  4. Murtakni baholash, o’stirish va ularni saqlash.

  5. Resipiyent hayvonlar jinsiy siklini donor hayvonlar jinsiy sikliga sinxronlash;

  6. Morula yoki blastula bosqichida rivojlanayotgan murtakni resipiyent hayvon bachadoniga kuchirib o’tkazish.


Download 2,5 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Download 2,5 Mb.