|
Veterinariya akusherligi
|
bet | 22/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTDonorlarni tanlash. Donorlar - bu juda yaxshi zotli hayvonlar bo’lib, ularda preparatlar yordamida ko’p marta ovulyasiya chaqirilib, hamma tomondan tekshirilgan nasdor buqalarning urug’i bilan urug’lantiriladi.
Donorlik uchun superovulyasiya (ko’plab follikulalarning yetilishi) ga ega bo’lib, uzoq muddat kuchirib o’tkazish uchun yaroqli murtak olish imkonini beradigan hayvonlar tanlab olinadi. Donor hayvonlarda superovulyasiya chaqirish uchun ularga turli gormonal preparatlar bilan (BBQZ bo’g’oz biya qon zardobi bo’g’ozlikning 60- 90- kunlarida olinadi, FSG kabilar) ma’lum reja asosida ishlov beriladi.
Donorlar sifatida 4-5 yoshdagi, yelinlari yaxshi tuzilishga ega va mashina bilan sog’ish uchun mos keladigan sigirlar ishlatiladi. Donor sigirlarda tuqqandan keyin jinsiy siklning birinchi qo’zg’alish bosqichi sinxronli va to’la qimmatli bo’lib, uning fenomenlari (oqish, jinsiy moyillik va ovulyasiya) yaxshi nomoyon bo’lishi kerak.
Murtak olish uchun yuqori mahsuldor, lekin qarib qolgan sigirlardan ham foydalanish mumkin, sigirlar embrioni 7-8 kunligida transplantasiya qilinadi. Buning uchun donor va reseptent sigirlar 1:10 nisbatda olinadi.
Resipiyent hayvonlar sifatida yaxshi fiziologik holatdagi, reproduktiv a’zolarida kasalliklar (yo’ldoshni ushlanib qolishi, endometritlar) qayd etilmagan va ikkinchi marta tuqqan (tug’ish jarayonlari yengil o’tgan), o’rtacha semizlikdagi sigirlar va urug’lantirish yoshidagi tanalar (16 oylik, tana vazni 350 kg atrofida) olinishi mumkin. Resipiyentlar sifatida ajratilgan sigirlar leykoz, neosporoz kabi kasalliklarga nisbatan tekshirishlardan o’tkaziladi.
Bir yil davomida bir donor sigirdan o’rtacha har 90 kunda bir marta murtaklar olinadi, bu bir yilda 5 marta bo’g’ozlikni takrorlaydi, ayrim donor sigirlar bir yilda 20 marta bo’g’ozlikni ta’minlashi mumkin.
Superovulyasiya chaqirish. Nazariy tadqiqotlar va ishlab chiqarishda olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, murtakni kuchirish usulining keng joriy etilishi uchun otalangan tuxum xujayralari yoki murtak olishning ishonchli manbalariga ega bo’lish talab etiladi.
Bu masalani hal etishga ikki tamoyilda yondoshilmoqda: birinchi yondoshish – bu sigir va urug’lantirish yoshidagi tanalarda poliovulyasiya (bir vaqtda bir necha follikulalarning yorilishidan otalanishga tayyor tuxum xujayrasining chiqishi) chaqirish; ikkinchi yondoshish – hali to’liq ishlab chiqilmagan bo’lib, tuxum xujayrasini bevosita tuxumdonlardan olish va keyinchalik, ularning rivojlanishi va invitro usulda otalanishi ta’minlash. Hayvonlarga asosan jinsiy siklning o’rtalarida bir vaqtda bir necha follikulalarning o’sishi va rivojlanishini ta’minlovchi gonadotrop gormonlar yuboriladi. Kamida 3 ta tuxum xujayrasi ajralib chiqadigan bo’lsa superovulyasiya samarali deb hisoblanadi. Gormonal ishlov berishning asosiy maqsadi superovulyasiya chaqirish orqali 10-20 tuxum xujayrasi ajralishini ta’minlash hisoblanadi.
Sigir va tanalarda ko’plab ovulyasiya chaqirish uchun gipofizar va plasentar kelib chiqishga ega bo’lgan gonadotropinlardan foydalaniladi; buning uchun turli ishlov berish sxemalaridan foydalaniladi. Bo’g’oz biya qon zardobi gonadotropinlarining (BBQZG) samaradorligi yuqori hisoblanib, ular homila pardalarida alohida xujayralar tomonidan ishlab chiqarilib, biyaning bachadoni shilliq pardasiga bo’g’ozlikning 36-40 kunlarida o’tadi. Keyinchalik, gonadotropinlar ona hayvon qoninga o’tib, taxminan bo’g’ozlikning 60-90 kunlarida uning biya qonidagi konsentrasiyasi eng yuqori darajaga yetadi. BBQZ gonadotropinlarini jinsiy siklning o’rtalarida (8 kunidan boshlab 15-16 kunlarigacha) qo’llash yaxshi natija beradi. Preparat 2-3 ming XB dozada bir marta yuborilib, 48 soatdan keyin prostaglandin F2 (PGF2) yoki uning boshqa sintetik analoglaridan biri yuboriladi. Odatda 2 kun o’tishi bilan jinsiy siklning jinsiy qo’zg’alish bosqichi boshlanib, oqish, umumiy qo’zg’alish, jinsiy moyillik va ovulyasiya fenomenlari namoyon bo’ladi. Bu vaqtda donor-hayvonlar sun’iy urug’lantiriladi. BBQZG ning oson topilishi (bo’g’oz biyalar mavjud bo’lsa hohlagan paytda ulardan qon olib, zardob tayyorlash mumkin) uning afzalligi, organizmda faolsizlanishiga ko’p vaqt ketishi esa kamchiligi hisoblanib, organizmda gonadotropinlarning faolsizlanishiga o’rtacha 6 kun sarflanadi, lekin ularni yuborilgandan 10 kun o’tgach ham qonda mavjudligini aniqlash mumkin. Gonadotropinlar ovulyasiyadan keyin otalangan tuxum xujayrasining rivojlanishiga yomon ta’sir etadi. Shuningdek, follikulyar kistalar hosil bo’lishi ehtimoli ham yuqori bo’ladi. Shuning uchun superovulyasiya kuzatilgandan keyin donor hayvonga BBQZG ga qarshi zardob yuboriladi.
Ko’plab ovulyasiya chaqirish uchun follikulostimullovchi gormonni (FSG) ham qo’llash mumkin. Bu ham BBQZG ga o’xshash ta’sir etadi. Lekin ularni olish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Superovulyasiya chaqirishda qo’ylar va cho’chqalar gipofizidan tayyorlangan FSG dan foydalanish mumkin va uning organizmda faolsizlanishiga ham qisqa vaqt (5 soat) talab etiladi. Shuning uchun 5 kun davomida kuniga ikki marta kamayib boruvchi dozada (birinchi va ikkinchi kunlari ertalab va kechqurun 5 mg, uchinchi kuni shunga mos ravishda 4 mg, to’rtinchi kuni – 3 mg va beshinchi kuni 2 mg), jami 10 doza FSG odatda jinsiy silning 9- kunidan 11- kunigacha yuboriladi.
BBQZG yuborilgan donor hayvolarni to’laqimmatli rasionda boqish talab etiladi, chunki hayvonlarning och qolishi ovulyasiyalar sonining kamayishiga sabab bo’lishi mumkin.
|
| |