|
Homila pardalari istisqosi (vodyanka)
|
bet | 30/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTHomila pardalari istisqosi (vodyanka). Bo’g’ozlik davrida amnion bo’shlig’ida homila suyuqligi, ya’ni amnion epiteliy sekreti hosil bo’ladi. Allantois bo’shlig’ida esa uraxus (siydik yo’li) bilan kelgan siydik yig’iladi. Bo’g’ozlik normal o’tayotganda amnion suyuqligi va siydikning miqdori ma’lum darajada ko’payib yoki kamayib turadi. Homila pardasi bo’shlig’ida suyuqliklarning xaddan tashqari ko’p miqdorda yig’ilib qolishi homila pardasida suv to’planishi (istisqo) kasalligi deyiladi.
Kasallik ko’pincha sigirlarda, kam darajada boshqa tur hayvonlarda uchraydi. Homila oldi suyuqliklarining ko’p miqdorda to’planishi bilan bir vaqtda ko’pincha ona hayvon organizmi va homilada ham istisqo kuzatiladi. Sifati jihatidan homila oldi suyuqligi deyarli o’zgarmaydi, ba’zan u normal homila suyuqligiga nisbatan suyuqroq va kuchsiz sariq rangda bo’ladi. Ba’zi hollarda suyuqliklarning miqdori 100-200 litrga yetishi mumkin.
Sabablari. Amnion epiteliy qavati ish faoliyatining buzilishi gidroamnionning rivojlanishiga, homila bo’yraklarining kasallanishi esa gidroallantois rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu kasalliklar ko’pincha sigir va biyalarning qornida egizak yoki yirik bola bo’lganda plasentar qon aylanishning buzilishi natijasida kuzatiladi. Homila pardalari istisqosining aniq sabablari aniqlanmagan, lekin ona organizmi va homilada patologik jarayonlar zanjiri hosil bo’lib, qon aylanishning buzilishi (yurak bo’yraklar, jigarning kasalliklari, homila pardalari va kindikning buklanib qolishi) bilan kechadi.
Klinik belgilari. Kasallik og’ir kechganda urg’ochi hayvonning qorni bo’g’ozlikning oxirgi uchinchi qismi boshlanishida juda kattalashib ketadi. Homila pardalarida suyuqlikning miqdori ko’paygan sari hayvonning umumiy ahvoli og’irlashib boradi. Kasal hayvonning ishtahasi pasayadi, yurak urishi tez-tez, kuchsiz bo’ladi, nafas zo’riqqan va yuzaki, teri qoplamasi hurpaygan, ko’zlar xiralashgan, kuchli ariqlash kuzatiladi. Tana harorati me’yorida bo’ladi. shilliq pardalar, ayniqsa qinning shilliq pardasida qonning dimiqishi va giperemiya kuzatiladi. Qorin devori perkussiya qilinganda bo’g’iq tovush eshitiladi. Ishtaha pasaygan, tezaklash va siydik ajratish tezlashgan. To’g’ri ichak orqali tekshirish bilan qorin bo’shlig’ida bosimning ortganligi aniqlanadi. Bachadon tos bo’shlig’iga o’tgan, uning devorlari yupqalashgan, taranglashgan va suyuqliklarning flyuktuasiyasi seziladi. Homila esa paypaslanmaydi.
Kechishi. Kasallik yengil o’tganda bo’g’ozlik me’yoridaaa kechadi, hayvon tug’adigan vaqtda to’lg’oq kuchsiz bo’ladi. Bunday xollarda akusherlik yordami ko’rsatilmasa bolaning tug’ilishi qiyinlashadi, ba’zan bachadonning yorilishi yoki qorin muskullarining yirtilishi (grija) kuzatiladi.
Diagnozi. Hayvonni tashqi va ichki tomondan tekshirish bilan kasallikni oson aniqlash mumkin.
Davolash Kasallik yengil o’tganda hayvonga to’yimli oziqalardan kam-kamdan berish va har kuni ochiq havoda yayratish bilan bo’g’ozlikning me’yorida kechishini ta’minlash lozim.
Kasallik og’ir kechganda bo’g’oz hayvonni vaqtidan ilgari tug’dirish zarur, aks holda homila nobud bo’lishi mumkin. Buning uchun bachadon bo’yni kanali ochiladi va undan so’ng kanal ichiga ikki yoki uch barmoq kirgiziladi. Bachadon bo’yni yaxshilab ochilgandan keyin barmoqlar bilan homila pardasi yirtib tashlanadi yoki zond tiqilib, asta-sekin homila suvi tashqariga chiqarib yuboriladi.Kasallik yengil kechganda parhyez oziqlantirish (omixta yemlar bilan oziqlantirish (kam miqdorda surgi dorilarni qo’llash, tuz va suv berishni chegaralash) tavsiya etiladi. Qorin devori muskullarining yirtilishida bachadon grijalarini davolashdagidek muolajalar qo’llaniladi. Tug’ish boshlanganda to’lg’oq kuchsiz bo’lishi sababli akusherlik yordami ko’rsatilishi lozim bo’ladi. Ko’pincha tug’ishdan keyin homila yo’ldoshni ushlanib qolishi qayd etiladi. Bu paytda yo’ldoshni ajratib olish va bachachadonni invalyusiyasini tezlashtirishga qaratilgan davolash tavsiya etiladi.
|
| |