|
Alimentar abort (Abortus alimen
|
bet | 32/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTAlimentar abort (Abortus alimentarius) bo’g’oz hayvonni umuiy och qolishi yoki rasion sifatining pastligi va sifatsiz oziqalarning berilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin.
Bo’g’oz hayvonning semizlik darajasi homilaning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatmaydi degan taxmin bor. Bunday tushuncha xato hisoblanadi. Chunki, ona hayvonda yog’ bosishi yoki kuchli oriqlash kuzatilishida rezistentligi pasayadi, moddalar almashinuvi izdan chiqadi. Ayrim olimlar cho’chqalarni yetarlicha oziqlantirmaganda ularda bepushtlik, ayrim hollarda homilani so’rilib ketishini kuzatganlar. O’ta oqsilli oziqlantirish, shuningdek, rasionda oqsillar va mineral moddalar (kalsiy, fosfor, temir, kaliy, marganes, yod va b.) yetishmasligi bola tashlashlarning asosiy sabablari bo’lishi mumkin. Bola tashlagan biyada qondagi kalsiy-fosfor nisbatining buzilishi aniqlangan. Ko’pchilik olimlar kalsiy almashinuvining ahamiyati katta ekanligini ta’kidlashadi, chunki homilaning m’yorida rivojlanishi va o’sishi hamda vegetativ nerv tizimining normal faoliyati uchun qonda kallsiy yetarli darajada bo’lishi lozim.
Ko’pincha abortlar rasionda retinol va tokoferol yetishmaganda kuzatiladi. Retinol organizmda epiteliy to’qimalarining morfologiyasi va normal funksiyasi uchun zarur hisoblanadi. Shuning uchun A vitamini yetishmaganda bachadon shilliq qavati va xorion pardasi epiteliy to’qimasida degenerativ o’zgarishlar kuzatilishi homila yo’ldoshi funksiyalarining bo’zilishiga sabab bo’ladi. A gipovitaminozi oqibatidagi bola tashlashlar asosan qishlov davrida va bo’g’ozlikning ikkinchi yarmida kuzatiladi.
B. A. Kudryashov A gipovitaminozi paytida bachadon shilliq pardasi bezlarining deskvamasiyasi (tushib ketishi) kuzatilishini, P. Ye. Ladin poligipovitaminozlar paytida bachadon bezlarining qurib qolishini, L. G. Subbotina bola tashlanganda xorion so’rg’ichlarining yaxshi rivojlanmaganligi avitaminozlar oqibatidagi bola tashlashning simptomi ekanligini aniqlagan.
Avitaminoz bilan kasallangan bo’g’oz hayvondan tug’ilgan bola ko’pincha hayotining birinchi kunlarida nafas, ovqat hazm qilish kasalliklari oqibatida o’ladi, buzoqlar ko’pincha to’g’ma ko’r bo’lib tug’iladi.
Oziqalarda tokoferol yetishmaganda yoki umuman bo’lmaganda odatda yashirin bola tashlash kuzatiladi. Amaliy vrachlarning kuzatishlari va maxsus tadqiqotlarning natijalari shuni ko’rsatadiki, tokoferol yetishmaganda jinsiy sikl, otalanish m’yorida kechadi, lekin murtak rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida rivojlanishdan to’xtaydi va so’rilib ketadi (yashirin abort) yoki mumiyolanib qoladi. Cho’chqalarda Ye gipovitaminozi homilalarning kam bo’lishi, rezorbsiyasi va mumiyolanib qolishiga sabab bo’ladi.
Avitaminozlar oqibatida kelib chiqadigan bola tashlashlarni oldini olishda katta hayvonlarga 200-500 g, mayda hayvonlarga 50-100 g o’stirilgan donlar maysasi berilib turilishi yaxshi natija beradi. Ye vitamini o’simlik yog’lari va bo’g’doy maysasi murtagida ko’p bo’ladi. Rasionga baliq yog’i, ko’kat oziqalar, sabzi, ko’k beda, sifatli pichan (vitamin uni) kiritilishi avitaminozlar oqibatida kuzatiladigan bola tashlashlarni oldini olishda yaxshi vositalar hisoblanadi.
Ko’pincha alimentar bola tashlashlar qisqa muddatda oziqalar turini o’zgartirish, o’rgatilmasdan yaylovga chiqarish yoki yaylovda boqishdan bir joyda saqlash sharoitiga o’tkazish, o’ta sovuq suv bilan sug’orish oqibatida kelib chiqadi. Bo’g’oz hayvonlarga uzoq muddat sifatsiz shrot berilishi ko’pincha bo’g’ozlikning ikkinchi yarmida bola tashlashga sabab bo’ladi.
|
| |