|
Homila pardalarida shishlar paydo bo’lishi
|
bet | 31/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTHomila pardalarida shishlar paydo bo’lishi.Homila pardalarining istisqosi bilan bir vaqtda yoki qon aylanishining buzilishi, yuqumli va parazitar kasalliklar qo’zg’atuvchilarining tushishi oqibatida mustaqil kasallik sifatida namoyon bo’ladi. Homila pardalarining devorlari shilimshiqli, xamirsimon konsistensiyada; ko’kimtir-oq, ba’zan sarg’ich yoki qizg’ich rangda bo’ladi. Shishlar homila pardalarining ayrim qismlarida yoki hamma qismlaridabo’lishi mumkin. Shishlar kuzatilgan joyning qalinligi 10 sm gacha, homila pardasining og’irligi 75 kg gacha yetishi mumkin. Homila yo’ldoshining homila tomoni bilan bachadon tomoni o’rtasidagi aloqaning yomonlashishi, homila pardalarida qon aylanishining buzilishi oqibatida homilaning oziqlanishi yomonlashadi. Klinik tekshirishlar orqali shishlarni aniqlab bo’lmaydi, lekin bola tashlash sabablarini aniqlashda e’tiborga olish kerak.
Homila oldi suyuqliklarining kam bo’lishi (Oligohydramnion). - qon aylanishining buzilishi, suvli pardada epiteliy to’qimasining o’sishi, ba’zan amnion pardasining yorilishi oqibatida suyuqlikning oqib ketishi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Omila oldi suyuqliklari me’yoridan kam bo’lganda homilaning rivojlanishi izdan chiqadi, bachadon devorining qisqarib turishi oqibatida homilaning a’zolari va suyaklari noto’g’ri rivojlanib, umirtqa pog’onasi va oyoq suyaklarining shakli me’yorida bo’lmaydi (ankiloz, kontraktura) odatda bola tashlash bo’g’ozlikning ikkinchi yarmida kuzatiladi, ba’zan bo’g’ozlik oxirigacha davom etadi. Bo’g’ozlik ona hayvon umumiy holatining yomonlashishi bilan kechganda sun’iy abort chaqiriladi. Homilani chiqarilishi paytida uning quruq bo’lganligi uchun tug’ish yo’llarining yengil jarohatlanishi kuzatilishi mumkin.
Homila pardalarining yallig’lanishi odatda homila yo’ldoshining bachadon tomonining ham yallig’lanishi bilan kataral, fibrinli, gemorragik, yiringli yoki gangrenoz shakllarda kechadi.
Homila pardalarining yallig’lanishi yuqumli, invazion kasalliklar qo’zg’atuvchilarining patogen ta’siri va jarohatlanishlar, hamda bo’g’ozlikdan oldingi bachadon shilliq pardasining yallig’lanishlarini xurujlari oqibatida kuzatilishi mumkin. Yallig’lanishning xususiyatiga ko’ra, homila yo’ldoshining homila va bachadon qavatlari o’rtasida ekssudat to’planib, so’rg’ichlarning qalinlashishi va yemirilishiga sabab bo’ladi. Ba’zan aksincha so’rg’ichlarda biriktiruvchi to’qimaning o’sishi natijasida qalinlashib, homila yo’ldoshining qavatlari birikib o’sib ketishi mumkin. Sigir va echkilarda ko’pincha bachadon shilliq pardasining yallig’lanishi homila pardalarining yemirilishi bilan kechadi. Yallig’lanishning asorati sifatida sepsis rivojlanishida ona hayvonning o’limi kuzatilib, o’lgan homila tashqariga chiqarilmasdan qolishi, ba’zan o’lim talvasasi paytida chiqarilishi mumkin.
Homila yo’ldoshining zardobli, yiringli va boshqa turdagi yallig’lanishlari paytida davriy ravishda bachadon bo’ynidan ekssudat ajralib turadi.
Homila yo’ldoshining yuqumli xarakterdagi yallig’lanishlarida o’ziga xos o’zgarishlar kuzatiladi. Sigir va qo’ylarda brusellyoz kasalligi paytida homila yo’ldoshining nekrozi kuzatilib, suvli va siydikli pardasiga transsudat shimilishidan shilimshiqli ko’rinishda bo’ladi. Kindikda ham xuddi shunday infiltrasiya qayd etiladi.
Biyalarda salmonellyoz oqibatidagi bola tashlash paytida homila yo’ldoshida yiringli-gemorragik yallig’lanish rivojlanib homilaning o’limiga sabab bo’ladi. Shuningdek, yallig’lanish jarayonlari homilaning a’zolariga ham o’tishi mumkin.
SIMPTOMATIK YuQUMSIZ ABORTLAR
Simptomatik bola tashlash - ona hayvon organizmi a’zolari funksiyalarining izdan chiqishi oqibatida homilani rivojlanishining buzilishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ona hayvon organizmi funksiyalarining buzilishi belgilari bilan namoyon bo’ladi. Bu buzilishlar ona organizmiga ichak tayoqchalari, stafilokokklar, streptokokklar, aspergillalar va boshqa zamburug’larning tushishi bilan izohlanadi. Lekin ona hayvonning kasalliklari hamma vaqt ham bola tashlash bilan kechmaydi. Shuning uchun simptomatik abortlarni sporadik abortlar deb ham atashadi. Simptomatik bola tashlash paytida vaqtidan ilgari to’lg’oq oqibatida to’liq rivojlanmagan bola tug’ilishi yoki homilani o’limi kuzatiladi. Odatda homila va homila yo’ldoshida hyech qanday patologik o’zgarishlar kuzatilmaydi.
Simptomatik bola tashlashlarning sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
ona hayvon jinsiy a’zolarining kasalliklari (endometritlar, bachadon shilliq pardasida chandiqlarning o’sishi va indurasiyasi, servisit, vaginit, tuxumdon kasalliklari) va nuqsonlari (sariq tanani to’liq rivojlanmaganligi);
yurak, o’pka, jigar, buyraklar, ovqat hazm qilish tizimi a’zolarining kasalliklari, qon yuqotilishi va qon sifatining kuchli o’zgarishlari. Ko’pincha tana haroratini ko’tarilishi bilan kechadigan kasalliklar paytida bola tashlash kuzatiladi. Umumiy yoki vena qon tomiri orqali narkoz berilishi yoki vena qon tomiri orqali turli dori moddalarni yuborish, katta miqdorda surgi dorilar, siydik haydovchi, kuchli ta’sir etuvchi preparatlarni (arekolin, pilokarpin) qo’llash bo’g’ozlikni buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.
|
| |