|
Veterinariya akusherligi
|
bet | 33/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTKlinik belgilari. Alimentar abortlar paytida klinik belgilar nospesifik xarakterda bo’ladi. Ko’pincha bo’g’ozlikning ikkinchi yarmida yaxshi rivojlanmagan (chala) yoki o’lik bola tug’iladi. Homila pardalari va homilanig a’zo va to’qimalarida hyech qanday o’zgarishlar sezilmaydi. Shuning uchun bunday bola tashlashlar ko’pincha travmalar oqibatida kuzatilgan deb gumon qilinadi. Yod moddasi yetishmaganda homila majruh holda rivojlangan va ko’pincha junlarsiz tug’iladi.
D iagnoz alimentar bola tashlash paytida rasionni tahlili, qon zardobida umumiy oqsil, karotin, ishqoriy zahira, kalsiy va fosfor miqdorlarini aniqlash asosida qo’yiladi.
83- rasm. Yod yetishmovchiligida homilada junlarning bo’lmasligi.
Toksikozlar oqibatidagi bola tashlash. Bo’g’oz hayvonlarga sifatsiz, mog’orlagan, chirigan, muzlagan oziqalarning berilishi oqibatida intoksikasiya kuzatilishi hamda nitritlar, pestisidlar va boshqa zaharli moddalar saqlovchi oziqalar, zaharli o’simliklarning berilishi oqibatida zaharlanish bola tashlashga sabab bo’lishi mumkin.
Shuningdek, bo’g’oz hayvonlarga fitoesterogenlarga boy oziqalarni (beda, mkkajuxori) ko’p miqdorda berilishi ham bola tashlashga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu oziqalarni bo’g’ozlikning birinchi yarmida ko’p miqdorda berish mumkin emas.
Iqlim bilan bog’liq bola tashlash. Bo’g’oz hayvonga fizikaviy va kimyoviy stress omillarning ta’siri oqibatida kelib chiqadi. Tashqi havo haroratining keskin o’zgarishlari yoki yorug’lik rejimining o’zgarishi sigir, qo’y va cho’chqalarda murtakni o’lishi va so’rilib ketishiga sabab bo’ladi. Chetdan keltirilgan bo’g’oz hayvonlarni mahalliy sharoitga moslashishi (akklimitizasiyasi) paytida ham bola tashlash kuzatilishi mumkin.
Organizmga yuqori yoki past haroratning ta’sirida kuzatiladigan harorat stressidan tashqari organizmning gormonal statusi va murtakda xromosomalarning xususiyatlari o’zgaradi. Ayniqsa harorat stressiga yuqori mahsuldor sigirlar ularda moddalar almashinuvi juda jadal kechganligi uchun juda sezgir bo’ladi. Shuning uchun iqlimi issiq joylarda yoz oylarida embrionning o’limi juda ko’p kuzatiladi. Yuqori harorat nimlik ham yuqori bo’lganda yanada yomon ta’sir qiladi.
|
| |