• Erkak hayvonlar jinsiy a’zolarining kasalliklari. Andrologik dispanserlash
  • Veterinariya akusherligi




    Download 2,5 Mb.
    bet41/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Ozokret bilan davolash. Bunda ozokerit 100-110°S qizitilib, keyin ostiga klyonka to’shalgan kyuvetalarga solinib, 45°C gacha sovitiladi. Birinchi (46x46x6 sm kattalikdagi) kyuvetadagi kleyonka kasal hayvonning bel va dumg’zasiga, 66x56x6 sm kattalikdagi ikkinchi kyuvetadagi kliyeyonka jarohatlangan yelin choragiga (jundan tozalangan bo’lishi kerak) qo’yiladi. Yuqori mahsuldor sigirlarning yelin terisi juda nozik bo’lganligi uchun ularga ozokret birmuncha sovitilib qo’yiladi. Yallig’langan joyda ozokret issiqligini saqlab turish uchun uni kleyonka va paxtali qatlam bilan o’rab qo’yiladi. Bu usul kasal hayvonlarda kuniga ikki marta qo’llaniladi. Davolanish seansi 1,5-6 soatgacha. Bunda yelinni sovib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
    Hamma davolash usullarining samaradorligi davolashdan keyingi 5-7 kunlarida klinik va laborator tekshirishlar o’tkazish orqali aniqlanib boriladi. Patologik o’zgarishlarning belgilari borligi aniqlanganda davolash kursi yana qaytariladi yoki yangi davolash varianti tavsiya etiladi. Ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatadiki, mastitlarni davolashda kompleks davolash usullaridan foydalanish (etiotrop, patogenetik, simptomatik, organizm immunobiologik xususiyatlarini stimullovchi, fizioterapiya, diyetoterapiya va boshqa usullar), davolashni jadal tarzda olib borish (bir kunda 4-6 marta), kasal hayvon uchun optimal sharoit yaratish talab etiladi.


    Erkak hayvonlar jinsiy a’zolarining kasalliklari.
    Andrologik dispanserlash - naslli erkak hayvonlarni ma’lum reja asosida tekshirib, ularda impotensiya (jinsiy ojizlik) turli va ko’rinishlarini aniqlash, oqibati nima bilan yakunlanishini mumkinligini, hamda oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir.
    Naslli hayvonlar ro’yxatga olingandan keyin, anamnez ma’lumotlari yig’ilib, xo’jalikda hayvonlarning saqlanish muddati, oziqa rasioni, ulardan foydalanish rejimi, urug’ning miqdor va sifatiy bahosi, ona hayvonlarning urug’lanishi va ulardan bola olish ko’rsatkichi, jinsiy a’zolar faoliyatining buzilish vaqti, uning ko’rinishi va jinsiy reflekslarning buzilish darajasi, qo’llanilgan davolash usullari va uning samaradorligi, xo’jalikda yuqumli va invazion kasalliklarning uchrash darajasi, veterinariya ishlovlarining o’tkazilganligi aniqlanadi.
    Naslli hayvonlar umumiy tekshirishlardan o’tkazilib, konstitusiyasi, semizlik darajasi, harakatchanligi, ikkilamchi jinsiy belgilarining namoyon bo’lishi aniqlanadi. Hazm, nafas, yurak qon-tomir va asab tizimlarining holati umumiy tekshirish usullari yordamida aniqlanadi. Bunda bo’g’inlar, tuyoq va muskullar holatiga alohida e’tibor beriladi. Jinsiy a’zolar tekshirilganda urug’don, urug’don ortig’i, urug’ yo’llari, urug’don va prepusiya xaltasi va jinsiy a’zo holatiga alohida e’tibor qaratiladi. Kerak bo’lganda to’g’ri ichak orqali qo’shimcha jinslar bezlar hamda urug’ yo’lining ampulasi paypaslanib ko’riladi.
    Naslli erkak hayvonlarni, ayniqsa buqa va ayg’irlarni tekshirgan paytda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak. Erkak hayvon jinsiy a’zolarini tekshirishda neyroleptiklardan foydalanish (2-6%-li aminazin va boshqalar) maqsadga muvofiqdir.
    Naslli erkak hayvonlardan sun’iy qinga urug’ olish paytida jinsiy reflekslarning paydo bo’lishiga e’tibor beriladi. Olingan sperma laborator tekshirishidan o’tkazilib, uning hajmi, rangi, hidi va konsistensiyasi aniqlanadi. Mikroskopik tekshirishlar bilan urug’ning konsentrasiyasi va spermiylarning faolligi, tirik, o’likligi, shuningdek, ularning patologik shakllari aniqlanadi.
    Biokimyoviy tekshirishlar bilan sperma tarkibidagi fruktoza va fermentlarning miqdori hamda fruktoliz va fruktolitik jarayonlar aniqlanadi.
    Andrologik dispanserlash o’tkazishda qonni biokimyoviy tekshirish ham ko’zda tutiladi, bunda umumiy oqsil va kalsiy, anorganik fosfor, karotin va qonning ishqoriy zahirasi, siydikning zichligi, undagi oqsil, qand va keton tanachalarining miqdori aniqlanadi.
    Bakteriologik tekshirishlar o’tkazilganda sperma, prepusiya xaltasidan yuvib olingan suyuqlik tahlil qilinib, ularni mikroorganizmlar bilan ifloslanish darajasi aniqlanadi.
    Buqalarda dispanserlash natijalari maxsus kartochkalarga yoziladi, keyin bu ma’lumotlar nasldor hayvonning veterinariya pasportiga o’tkaziladi.
    Klinik tekshirishlar natijalari va urug’ning sifatini baholashdagi ko’rsatgichlarga hamda sigirlarni otalantirish darajasiga ko’ra, naslli buqalar 4 ta guruhga bo’linadi:
    1. Urug’lantirish darajasi yuqori bo’lgan buqalar - ularning urug’i bilan bir marotaba urug’lantirilganda 75% dan ko’proq buzoq olish mumkin. Buqalarda jinsiy reflekslar yaqqol ko’zga tashlanadi va tezda urug’ ajraladi. Urug’ning hajmi 5 ml dan kam emas, konsentrasiyasi 1 mlrd. dan oshiq, spermalarning faolligi 8 balldan yuqori, sperma tarkibidagi tirik spermiylar miqdori 80-95%, hayotchanligi 70-110 soat atrofida, spermiylarning patologik shakllari 3% dan oshmaydi. Bunday buqalar spermasi tarkibida fruktoza 460-680 mg% gacha bo’ladi.
    2. Urug’lanish darajasi normal naslli buqalar - bunday urug’ bilan bir marta urug’lantirilgan sigir va tanalardan 70% gacha buzoq olish mumkin. Bunday buqalarda jinsiy refleklar yaqqol namoyon bo’ladi va ulardan tezda urug’ ajraladi. Eyakulyat hajmi 3-4 ml, konsentrasiyasi 0,4-0,8 mlrd., spermiylar faolligi 7-9 ball, urug’da tirik spermiylarning soni 70% dan kam emas, hayotchanligi 50-80 soat, spermiylarning patologik shakllari 5% dan oshmaydi. Bunday buqalarning urug’ida fruktoza miqdori 300-500 mg% ni tashkil etadi.
    3. Urug’lanish darajasi past buqalar - sigirlarni qayta urug’lantirish foizi yuqori, ko’pincha sun’iy qinga urug’ berishdan bosh tortishi yoki sifatsiz urug’ berishi bilan xarakterlanadi. Eyakulyat hajmi 2 ml dan oshmaydi, spermaning konsentrasiyasi 0,2-0,5 mlrd/ml bo’ladi. Urug’ning faolligi 6 balldan oshmaydi. Ularning hayotchanligi 30 soatga teng. Ayrim hollarda spermadagi patologik spermiylar 20% ga yetadi va fruktoza miqdori oz bo’ladi.
    4. Naslsiz buqalar - bular juda oz urug’ ajratadi, undagi spermalar konsentrasiyasi, faolligi, chidamliligi va hayotchanlik darajasi juda past bo’ladi. Urug’da fruktoza miqdori kam, patologik shakldagi spermiylar soni esa ko’p bo’ladi. Ayrim naslsiz buqalar urug’ bermaydi. Bu guruhga mansub buqalarning naslsizligi ulardan urug’ning ajralmasligi yoki sifatining yomonligi oligospermiya, aspermiya va teratosperiya ko’rinishlarida bo’ladi. Bunday o’zgarishlarning namoyon bo’lishi har qaysi buqada turli darajada bo’ladi. Birinchi va ikkinchi guruhlarga mansub buqalar naslchilik xo’jaliklarida ishlatiladi, uchinchi va to’rtinchi guruhdagi buqalarda davolash muolajalari o’tkaziladi.
    Erkak hayvonlar jinsiy a’zolarida yoki organizmning boshqa tizimlarida mikroorganizmlarning patogen ta’siri, kimyoviy, mexanik va boshqa omillar ta’sirida yallig’lanish jarayonlarining rivojlanishi ko’pincha jinsiy funksiyalar dinamikasining buzilishi - impotensiyaga sabab bo’ladi. Orqa oyoqlar, sag’ri yuzasi va bel sohasidagi patologik jarayonlar oqibatidagi og’riqlar jinsiy reflekslarning buzilishi bilan kechadi. Muskullarning o’tkir va surunkali yallig’lanishi erkak hayvonlarda quchoqlash va friksion harakat reflekslarining buzilishiga sabab bo’ladi. Bunday holat tana vazni og’ir bo’lgan buqalarda, yo’rtoqi va sakratiluvchi otlarda kuchli trening oqibatida kuzatilishi mumkin.
    Urg’ochi hayvonning bepushtligi erkak hayvondagi kamchiliklarga ham bog’liq bo’lishi mumkin, shuning uchun erkak nasldor hayvonni rejali ravishda tekshirib turish kerak. Erkak hayvonlarda spermaning sifatini yomonlashishi yoki butunlay sperma hosil bo’lishini to’xtashiga sabab bo’ladigan jinsiy a’zolar kasalliklari ko’p uchraydi.
    Erkak hayvonlarni noto’g’ri oziqlantirish, parvarishlash va ularni noto’g’ri ishlatish natijasida ham sperma sifati yomonlashadi yoki urug’ olish uchun butunlay yaroqsiz bo’lib qoladi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




    Download 2,5 Mb.