|
Urug’don xaltasiining kasalliklari
|
bet | 42/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTUrug’don xaltasiining kasalliklari. Urug’don xaltasi (Saccus testicularis) urug’donni tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi va haroratni boshqarish funksiyasini bajaradi. Urug’don xaltasi yallig’lanishi (dermatit) va boshqa yuqumsiz kasalliklari kuzatilishi mumkin.
Sabablari. Urug’don xaltasi kasalliklari turli sabablar natijasida (mexanik shikastlanish, issiq va sovuq, mikroblar bilan zaharlanish va hokazolar) kelib chiqadi. Kuyishi, sovuq urishi, toshmalar paydo bo’lishi va yarg’oq terisining boshqa kasalliklari oqibatida haroratni boshqarish funksiyasi izdan chiqadi va teratospermiya, nekro- va oligospermiya kuzatilishi mumkin.
Klinik belgilari. Kasalliklarning boshlanishida yallig’lanishga xos belgilar paydo bo’ladi. Urug’don xaltasi shishgan, qizargan, qon quyulgan. Paypaslanganda og’riq sezadi. Ko’pincha bu yallig’lanish jarayoni gematoma absses yoki furunkulga aylanadi.
Davolash va profilaktikasi. Davolash jarrohlik yo’li bilan olib boriladi. Kasal hayvon aloxida joyga ajratiladi, pollarga quruq tushama tushaladi. Urug’don xaltasi vaqtida tozalanib turilishi kerak.
Urug’don xaltasi va chot grijasi. Bir tomonlama yoki ikki tomonlama grija bo’lishi mumkin. Urug’don xaltasining ko’pincha bir tomonlama kattalashishi xarakterli belgisi hisoblanadi. Urug’donlar va urug’don ortig’ining chegarasi noaniq yoki umuman paypaslanmaydi. Yorg’oqning konsistensiyasi uning ichidagilarni (charvi yoki ichak buramlari) konsistensiyasiga bog’liq bo’ladi. Differensial diagnostikasi uchun to’g’ri ichak orqali chot kanali tekshirilib, bunda grija xaltasining ichidagi massa harakteri aniqlanadi.
Urug’don kanaliga qorin bo’shlig’idan o’tgan charvi va ichaklar urug’donni va uning qon tomirlarini qisib qo’yadi. Shuning uchun grija bo’lganda spermaning sifatini davriy ravishda tekshirib turish talab etiladi.
Urug’donning yallig’lanishi (orchitis). Urug’donning yallig’lanishi natijasida spermatogenez buziladi.
Sabablari mexanik harorat, radiasiya, infeksiya, invaziya va boshqalar bo’lishi mumkin. Urug’donlarda yallig’lanish jarayoni boshqa kasalliklar (buyrak, siydik pufagi, oshqozon kasalliklari) natijasida ham kelib chiqishi mumkin.
Urug’don yallig’lanishi patogen mikroorganizmlarning rivojlanishi natijasida kelib chiqadi. Bunda spermatogenez buziladi. Urug’donning faoliyati tiklanishi uchun bir necha oylar kerak bo’ladi.
Klinik belgilari. Urug’don o’tkir yallig’langanda hajmi kattalashadi. Paypaslanganda og’riq seziladi, hayvon yurganda orqa oyoqlari oqsoqlanadi. Urug’ tarkibida patologik shakldagi spermiylar ko’p miqdorda kuzatiladi. Urug’don surunkali yallig’langanda og’riq sezilarli bo’lmaydi. Vaqtida davolanmaganda urug’donning atrofiyasi kuzatiladi.
Davolash. Urug’don o’tkir yallig’langanda 0,25%-li novokain eritmasi, urug’don shishlarini pasaytirish maqsadida sovuq dush qo’llaniladi. Umumiy davolash maqsadida antibiotiklar qo’llaniladi. Yiringli yoki surunkali orxitlarda axtalash tavsiya etiladi.
|
| |