|
Urg’ochi itlarda jinsiy sikl
|
bet | 50/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTUrg’ochi itlarda jinsiy sikl. Itlar monosiklik hayvonlar hisoblanadi. Jinsiy sikl ularda o’zoq davom etishi (3 oydan 6 oygacha) bilan xarakterlanadi. Jinsiy qo’zg’alish bosqichi (gon) odatda bahor va kuz oylarida kuzatladi, lekin parvarishlash sharoitlari va itlar turli zotlarining xususiyatlariga ko’ra, jinsiy qo’zg’alish yilning boshqa fasllarida ham kuzatilishi mumkin. Jinsiy qo’zg’alish bosqichining davom etishi 8-14 kun atrofida bo’ladi. Yuqori semizlikdagi urg’ochi itlarda bu muddat uzayishi mumkin.
Oqish belgilari odatda jinsiy qo’zg’alish bosqichining birinchi kunlaridan boshlanib, 8-14 kun davom etadi. Oqish fenomeni uchun tashqi jinsiy a’zolarning giperemiyasi, jinsiy tirqishdan o’ziga xos spesifik hidga ega shilimshiq suyuqlikning oqishi xarakterli bo’lib, bu hidni erkak itlar uzoq masofadan ham payqashi mumkin. Shilimshiq suyuqlik avvaliga qon aralashgan, bir necha kundan keyin qizg’ich rangda bo’ladi, kuyikishning oxirlariga kelib rangsizlanadi va miqdori kamayadi. Ba’zan qin dahlizi shilliq pardasining kuchli shishi tufayli jinsiy tirqishdan qizarib chiqib turadi. Ayrim hollarda jinsiy tirqishdan qin dahlizi shilliq pardasining ko’p qismining chiqishi tufayli uni jarrohlik yo’li bilan olib tashlashga to’g’ri keladi.
Jinsiy qo’zg’alish odatda oqish fenomeni vaqtiga to’g’ri keladi; uning belgilari: uynoqlash, bezovtalanish, sut bezlarining shishi, ovchi va iz qidiruvchi itlarda hid bilishning kamayishi va yo’qolishi hisoblanadi. Urg’ochi it ko’pincha boshqa itlarga sakraydi, boshqa itlarni o’ziga sakrashiga to’sqinlik qilmaydi, lekin jinsiy moyillik kuzatilmaguncha jinsiy aloqaga qo’ymaydi.
Jinsiy moyillik belgilari: erkak itlarga qarab intilish, kuyikkan urg’ochi itning atrofida erkak itlarning to’planishi hisoblanadi. Erkak it yaqinlashganda urg’ochi it jinsiy aloqa pozasini egallaydi, jinsiy aloqaga to’sqinlik qilmaydi. Jinsiy moyillik 4-5 kundan keyin, ko’pincha oqish fenomeni kuzatilishining 9-12- kunida namoyon bo’ladi va 1-3 kun davom etadi. Jinsiy moyillik oqish fenomeni belgilari bilan bir vaqtda tugaydi. Ovulyasiya odatda oqish fenomenining oxirida kuzatilib, jinsiy moyillik fenomeni vaqtiga to’g’ri keladi; superfekundasiya (bir necha erkak itning spermasi bilan bir necha tuxum xujayrasining otalanishi) hodisasiga asosan ko’p follikulalarning yetilishi hisobiga ovulyasiya jarayoni bir necha kunga cho’zilishi mumkin. Tormozlanish va turg’unlashish bosqichlari jinsiy qo’zg’alish, jinsiy moyillik, oqish va ovulyasiya belgilarining bo’lmasligi bilan xarakterlanadi, ya’ni boshqa turdagi hayvonlardagidek kechadi.
|
| |