• Qo’ylarda jinsiy sikl.
  • -rasm. Sigirning tuxumdonidagi sariq tana




    Download 2,5 Mb.
    bet47/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    12-rasm. Sigirning tuxumdonidagi sariq tana. A- umumiy ko’rinishi; B- kesma; 1- sariq tana; 2- follikulalar.


    Urg’ochi tuyalarda jinsiy sikl. Tuyalarda jinsiy sikl to’lig’icha o’rganilmagan va kelguvsida batafsil o’rganishni talab etadi. Urg’ochi tuyalar polisiklik, jinsiy mavsumli hayvonlar guruhiga mansubdir. Ularda jinsiy sikl geografik sharoitlarga bog’liq holda yanvar oyidan may yoki iyul oyigacha davom etadi. Bu davrda erkak tuyalarda ham jinsiy faollik kuzatilib, iyul oyidan jinsiy mavsumning tugashi bilan ularda ham jinsiy faollik yo’qoladi (mavsumiy impotensiya).
    Urg’ochi tuyada tuqqandan keyingi birinchi oydan boshlab jinsiy sikl boshlanadi. Jinsiy siklning birinchi jinsiy qo’zg’alish bosqichi nisbatan uzoq davom etadi. Ob-havo haroratining ko’tarilishi bilan uning muddati ham qisqarib boradi. Otalanish bo’lmaganda jinsiy sikl har 9-65 kunda takrorlanib turadi. Turkmaniston sharoitida tuyalarda jinsiy siklning davomiyligi o’rtacha 6-33 sutkani tashkil etib, ovulyasiya jinsiy aloqa natijasida kuzatiladi (N. X. Abdunazarov). Oqish fenomeni belgilari sezilarsiz darajada bo’lib, jinsiy a’zolarning giperemiyasi va kam miqdorda suyuqlik oqishi bilan xrakterlanadi. Urug’lantirishning optimal muddati sinovchi-erkak tuyalardan foydalanish bilan aniqlanadi. Urg’ochi tuyada jinsiy moyillik kuzatilganda erkak tuyaning yaqinlashishi bilan bezovtalana boshlaydi va jinsiy aloqa uchun poza qabul qilgan holda yotadi (tuyalarda jinsiy aloqa yotgan holda amalga oshadi).
    Kuyga kelmagan tuya erkak tuyadan qochadi yoki erkak tuya yaqinlashishi bilan himoyalanish pozasini qabul qiladi, erkak tuyani tishlashga harakat qiladi.
    Qo’ylarda jinsiy sikl. Qo’ylar polisiklik hayvonlar hisoblanib, yaxshi sharoitda parvarishlanganda va to’yimli oziqlantirilganda tuqqandan keyingi birinchi oyda jinsiy sikl boshlanadi. Shuning uchun sun’iy urug’lantirishni to’g’ri tashkil etish bilan tug’ishlar orasini yaqinlashtirish mumkin.
    Iqlim sharoitlari va oziqlantirishning holatiga ko’ra, jinsiy siklning mavsumiyligi o’zgarishi mumkin. Makroiqlim mutadil va issiq bo’lgan sharoitda, optimal saqlash sharoiti va o’ta to’yimli oziqlantirilganda qo’ylar tipik polisiklik hayvonlar hisoblanadi, ya’ni ularni yilning hohlagan paytida urug’lantirish mumkin.
    Qo’ylarda jinsiy sikl 14-19, ko’pincha 16-17 kun,zotdor, duragay va yuqori semizlikdagi qo’ylarda esa uzoqroq davom etadi.
    Jinsiy siklning oqish fenomeni jinsiy lablarning shishi, giperemiyasi va namligining ortishi bilan xarakterlanadi. Kam miqdordagi shilimshiq suyuqlik qinda to’planib turadi, ayrim hayvonlarda jinsiy tirqishdan kamroq ajralib turadi. Qidan olingan suyuqlikni mikroskopik tekshirish bilan ko’plab yadrosiz epiteliy xujayralarini aniqlash mumkin. Klinik belgilarining aniq namoyon bo’lmasligi sababli ayniqsa suruvlarda kuyikkan qo’ylarni aniqlashda qiyinchilik tug’iladi.
    Jinsiy qo’zg’alish belgilari bezovtalanish, ishtahaning yo’qolishi bilan kechadi. Otardagi kuyga kelgan qo’ylar oyoqlarini yerga uradi, quchqorga yaqinlashishga harakat qiladi, ba’zan bir necha qo’y quchqorning izidan yuradi. Kuyikish paytida bachadonning qisqarishlari bir ma’romda, qisqarishlarning amplitudasi va antiperistaltik harakatlar nisbatan kuchli bo’lib, ularning pauzasi uzoq bo’ladi.
    Qo’ylarning kuyga kelganligini aniqlashda har 50-100 bosh qo’yga 1 ta fartuk bog’langan yoki vazektomiya qilingan sinovchi-quchqorlardan foydalaniladi. Sinovchi-quchqorlar kuyga kelgan qo’ylarni hidlash orqali topadi. Kuyikkan qo’ylar quchqorning sakrashiga to’sqinlik qilmaydi. Askaniya, mayin junli, qorako’l, korridel, gempshir va pustinbop zotli qo’ylarda jinsiy moyillik o’rtacha 33,7-39,8 soat, merinos va Shimoliy Kavkaz zotli qo’ylarda 38 soat davom etadi. Jinsiy moyillik tusoqlarda 41-55, o’rtacha 48 soat, katta yoshdagi qo’ylarda 46-70, o’rtacha 59 soat davom etadi.
    Qo’ylarda ovulyasiya jinsiy moyillik boshlangandan 27-31 soat o’tgach boshlanib, 30-36 soatdan keyin tugaydi. Ko’pchilik hayvonlarda follikulalarning ovulyasiyasi 44-48 soat ichida kuzatiladi. Ovulyasiyadan keyin qisqa vaqt ichida sariq tanacha hosil bo’lib, progesteron gormonini ishlab chiqara boshlaydi va follikulalarning yetilishini to’xtatadi. Bir necha follikulalarning ovulyasiyasi kuzatilganda ularning orasidagi farq 4 soatdan oshmaydi (A. I.Lopыrin).

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sigirning tuxumdonidagi sariq tana

    Download 2,5 Mb.