|
Veterinariya akusherligi
|
bet | 43/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTFunikulit (Funiculitis) - urug’don ortig’ining yallig’lanishi bo’lib, yallig’lanish jarayonining urug’don va boshqa a’zolar orqali, ba’zan gematogen yo’llar bilan o’tishi kuzatiladi. Urug’don ortig’ining jarohatlanishi urug’don qon tomir tizimida ham chuqur o’zgarishlar kuzatilishiga sabab bo’ladi va urug’ yo’llarini siqib qo’yadi. Paypaslanganda urug’don ortig’ining qalinlashishi, uning shishi va ba’zan flyuktuasiyalovchi venoz qon tomirlarining varikoz kengayishi (Varicocele) yoki biriktiruvchi to’qimaning o’sishi, uning gialinizasiyasi va ohaklanishi kuzatilishi mumkin. Funikulitlar, ayniqsa ikki tomonlama bo’lganda aspermiya bilan harakterlanadi va bunday erkak naslli hayvonlardan naslchilikda foydalanilmaydi
Pufakchasimon bez yallig’lanishi (vezikulit) - ko’pincha buqa va erkak cho’chqalarda va barcha erkak qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydi.
Sabablari. Organizmda oziq-ovqatning etishmasligi hayvon noto’g’ri saqlanishi natijasida, hayvon organizmida moddalar almashinuvi buziladi va vezikulit kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari buyrak, siydik pufagi, urug’don, urug’don ortig’i, urug’ yo’li yallig’lanishi ham vezikulitga sabab bo’ladi.
Patogenezi. Yallig’lanish jarayoni pufakchasimon bezga streptokokklar, stafilakokklar va boshqa patogen mikroblarning tushishi bilan harakterlanadi. Bu mikroblar bez ichida faoliyatini boshlaydi, natijada bezning chiqaruv yo’llari torayadi.
Klinik belgilari. Vezikulit o’tkir formada o’tganda, tana harorati ko’tariladi, ishtaha o’zgaradi, katta qorin atoniyasi, siydik ajratish va axlat chiqarish jarayonlari qiyinlashadi. Surunkali vezikulitlarda abssess yoki fibroz o’simtalar uchraydi.
Davolash. Vena qon tomiriga 0,25%-li novokain eritmasi, 10%-li natriy norsulfazol eritmasi 150-250 ml miqdorida yuboriladi. Muskul orasiga antibiotiklar yuboriladi.
Prostata bezi yallig’lanishi (prostatit). Ko’pincha prostatit qarigan hayvonlarda uchraydi. Bundan tashqari buyrak va siydik pufagi yallig’langanda prostatitlar uchraydi.
Patogenezi. Prostata bezlari yallig’langanda chiqaruvchi yo’llar torayadi, biriktiruvchi to’qimaning o’sishi, keyin prostata bezi gipertrofiyasi kelib chiqadi.
Klinik belgilari. Hayvon bezovtalanadi, ishtahasi pasayadi, hayvon siydigini ushlay olmaydi va og’riq bilan siydik ajratadi.
|
| |