|
Amaliy mashg’ulotlar mavzulari
|
bet | 46/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTAmaliy mashg’ulotlar mavzulari:
Qo’y va echki, biyalarda va cho’chqalarda jinsiy siklni kechish xususiyatlari.
Qo’yida keltiriladigan jinsiy sikl fenomenlarining davomiyligi to’g’risidagi barcha ma’lumotlar hali jinsiy aloqa qilmagan hayvonlarga tegishli bo’lib, bir necha marta jinsiy aloqada bo’lgan hayvonlarda jinsiy moyillik bir necha marta qisqaradi, ovulyasiya esa tezlashadi.
Sigirlarda jinsiy sikl 18-22 sutka, o’rtacha 21 kun davom etadi. Sigirlar polisiklik hayvonlar turiga mansub bo’lib, to’g’ri parvarishlanib, oziqlantirilganda ularda jinsiy sikllar yil davomida takrorlanib turadi, lekin bahor faslida jinsiy qo’zg’alish nisbatan yaqqol namoyon bo’ladi. Sigirda jinsiy qo’zg’alish bosqichi tuqqandan 18-25 kundan keyin nomoyon bo’ladi. Tuqqanidan 30 kun keyin sigirlarda anofrodiziya (jinsiy siklning bo’lmasligi) kuzatilishi u yoki bu turdagi bepushtlikdan dalolat beradi.
Jinsiy qo’zg’alish bosqichi 3-5 kun davom etadi, yoz oylarida o’rtacha 98, qishda esa 84 soat davom etadi. Oqish fenomeni paytida jinsiy lablar shishgan, qin dahlizi va qinning shilliq pardasi giperemiyaga uchragan, bachadon bo’yni biroz ochiq (ba’zan 1-2 ta barmoq o’tishi mumkin), bachadon bo’ynining qin qismi bushashgan, burmalari biroz tekislashgan, burmalarida ayniqsa jinsiy aloqadan keyin qon quyulishlari kuzatiladi. Jinsiy tirqishdan ipsimon ko’rinishda tiniq, osilib turuvchi shilimshiq suyuqlik ajralib turadi. Bu suyuqlik bakteriostatik va bakterisidlik xususiyatiga ega bo’ladi. Shilimshiq suyuqlikning bu xususiyati oqish fenomenining boshlanishidan kuzatilib, o’rtalarida maksimum darajaga yetadi va oxirida keskin kamayadi. Oqish fenomenining oxirlariga borib, jinsiy tirqishdan oqayotgan suyuqlik quyuqlashadi, biroz loyqalanadi, ba’zan qon aralashgan bo’ladi. Qon aralash suyuqlik oqishi ko’pincha yosh hayvonlarda kuzatiladi. Ba’zan oqish fenomeni kuzatilganligini hayvonning dumi atrofida, sag’risida shilimshiq suyuqlikning qurib qolishidan aniqlash mumkin bo’ladi.
Qindan olingan shilimshiq suyuqlikdan tayyorlangan surtmada ko’p miqdorda yassi epiteliy xujayralari topilib, yadrosi juda sezilarsiz bo’ladi yoki ularning izi ko’rinadi,suyuo’likda rN 7,4-8,4, o’rtacha 7,8 ga teng. Hayvonlar yaylovda boqilganda, bir joyda saqlanganiga qaraganda oqish fenomeni yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Jinsiy qo’zg’alish belgilari. Sigir bezovtalanadi, tez-tez mangaydi, yotmaydi, dumini balandga ko’taradi, ishtaha va sut mahsuldorligi kamayadi, tan vazni biroz kamayadi, tana harorati 0,8-1,2°S ga ko’tarilib, yurak urishi va nafas tezlashadi. Sut uviz sutiga o’xshash xususiyatga ega bo’lib, yosh buzoqlarga berilganda ich suruvchi ta’sirga ega bo’ladi. Qondagi gemoglobin miqdori o’zgarmaydi, lekin biroz leykositoz kuzatiladi. Sigir tez-tez siydik ajratish pozasini qabul qiladi, boshqa sigirlarning ustiga sakraydi va o’ziga ham sigirlarning sakrashiga to’sqinlik qilmaydi. Ko’pchilik mualliflar bu belgilarni asossiz ravishda jinsiy moyillik fenomenining belgisi deb hisoblashadi. Ko’pincha bunday sigirlar buqalarni o’ziga sakrashiga keskin to’sqinlik qiladi.
Jinsiy moyillik (oxota) sigirlarda va tanalarda 10-23 soat davom etadi. Ko’pchilik hayvonlarda 13-17 soat, o’rtacha 16 soat davom etadi. Qishlov davrida jinsiy moyillik biroz qisqaroq kechib, o’rtacha 13,8-14,8 soat davom etadi.
Go’sht yo’nalishidagi sigirlarda emizikli davrida jinsiy moyillik qisqa davom etadi. Aberdin va gereford zotlarida jinsiy moyillik o’rtacha 12-14 soat davom etadi. Jinsiy moyillik bosqichi paytida sigir o’ziga tomon kelayotgan buqaga tomon talpinadi, jinsiy aloqa pozasini egallab, sakrashiga qarshilik qilmaydi.
Sigirlarda ovulyasiya jinsiy moyillik tugaganidan 10-15 soat keyin (jinsiy moyillik boshlangandan 28 soat keyin), ko’pincha (85,2% hollarda) kechki-tun paytida kuzatiladi. Urg’ochi hayvonlarni rejali ravishda sinovchi yoki naslli buqalar bilan birga bo’lishi oqish, jinsiy qo’zg’alish va jinsiy moyillik belgilarining kuchli namoyon bo’lishini, jinsiy aloqa esa ovulyasiya kuzatilishini tezlashtiradi va jinsiy moyillikni qisqa bo’lishini ta’minlaydi.
Ovulyasiya kuzatilganligini tuxumdonlarning holatini davriy ravishda to’g’ri ichak orqali tekshirib, follikula konsistensiyasining o’zgarishiga ko’ra aniqlash mumkin. Jinsiy moyillik bosqichining boshlanishida follikulalar qattiqroq-elastik konsistensiyada, ovulyasiyaga yaqin flyuktuasiyalanuvchi pufakcha holida bo’ladi; ovulyasiyaga bir necha soat qolganda esa follikula kattalashib, 2-2,5 sm gacha yetadi. Ovulyasiyadan keyin flyuktuasiyalanuvchi follikulaning o’rnida kichikroq chuqurcha aniqlanadi. 6-8 soat o’tgach, qon ivimasining hosil bo’lishi hisobiga ovulyasiyaga uchragan follikulaning o’rnini aniqlab bo’lmaydi.
Sigirlarda jinsiy qo’zg’alish bosqichining shakllanishi. Odatda sigirlarda avvaliga oqish fenomeni belgilari, keyin (2-4 kundan keyin) jinsiy qo’zg’alish va oxirida (4-15 soatdan keyin) jinsiy moyillik fenomeni belgilari kuzatiladi. Ba’zan avvaliga jinsiy qo’zg’alish belgilari, keyin oqish va jinsiy moyillik fenomeni kuzatiladi. Shuning uchun sigirlarda to’laqimmatli jinsiy siklning ikki variantda shakllanishi: sinxron va asinxron jinsiy sikllar farqlanadi.
Hayvonlarni parvarishlash, oziqlantirish va ishlatish to’g’ri tashkil etilganda odatda oqish, jinsiy qo’zg’alish va jinsiy moyillik fenomennlari deyarli bir vaqtda (sinxron) namoyon bo’ladi. Jinsiy qo’zg’alish bosqichining asinxron turda shakllanishida oqish, jinsiy qo’zg’alish va jinsiy moyillik fenomenlarining namoyon bo’lish vaqtlari bir biriga mos kelmaydi. Bu paytda aniqlovchi buqalardan foydalanilmagan taqdirda sigirlarning kuyikishini o’z vaqtida aniqlanmasligi oqibatida sun’iy orttirilgan bepushtlikka sabab bo’lishi mumkin.
Tormozlanish bosqichi sigirlarda 1-3 sutka davom etadi, jinsiy moyillik va jinsiy qo’zg’alish belgilarining yo’qolishi bilan boshlanib, keyinchalik, oqish fenomeni belgilarining kamayib borishi bilan kechadi. Sigir buqaga nisbatan befarq bo’lib, o’ziga yaqinlashtirmaydi. To’g’ri ichak orqali tekshirilganda tuxumdonlarning birida (kam hollarda ikkalasida ham) oldin follikula bo’lgan joyda rivojlanayotgan bo’g’ozlik (otalanish kuzatilgan bo’lsa) yoki jinsiy sikl sariq tanasi paypaslanadi.
T urg’unlashish bosqichi 6-14 sutka davom etib, jinsiy a’zolardan suyuqlik oqishining kuzatilmasligi bilan xarakterlanadi. Qin dahlizi va qinning shilliq pardasi oq-binafsha rangda. Bachadon buynining qin qismi surg’ichsimon bo’rtib turadi. Hayvonning umumiy holati odatdagidek, buqaga nisbatan reaksiyasi manfiy bo’ladi. To’g’ri ichak orqali tekshirilganda tuxumdonlarning nisbatan razmeri kattasida kichikroq xamirsimon hosila shaklidagi sariq tanachani paypaslash mumkin bo’ladi. Tuxumdonning yuzasi kichik burtikchalar (mayda follikulalar), ba’zan sariq tanacha bilan bir vaqtda nuxatdek yoki undan kattaroq flyuktuasiyalanuvchi follikula paypaslanishi mumkin (12-rasm).
|
| |