• Spermiylar konsentrasiyasini optik standartlar yordamida aniqlash.
  • Spermiylar konsentrasiyasini FEK-M yordamida aniqlash




    Download 2,5 Mb.
    bet54/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Spermiylar konsentrasiyasini FEK-M yordamida aniqlash. Bu asbobning ishlash prinsipi sperma solingan kyuveta orqali o’takazilgan, ma’lum kuchga ega bo’lgan bir tutam nur selen fotoelementiga tushib galvonometrning strelkasini og’dirishiga asoslangan. Uning og’ishi galvonometr orqali o’tadigan elektr tokining quvvatiga bog’liq bo’lib, spermiylar konsentrasiyasi eritmaning loyqaligiga teskari proporsionaldir.
    Ishdan oldin graduirovka qiladigan egri chiziq tuziladi, keyin shu bo’yicha spermiylar konsentrasiyasini belgilovchi, uskunaning ko’rsatkichiga bog’liq bo’lgan jadval chiqariladi. Ushbu egri chiziq yoki jadval bo’yicha spermadagi spermiylar konsentrasiyasi aniqlanadi.
    Flakonga natriy sitratning 3,5%-li eritmasidan 10 ml solinib, unga mikropepetka yordamida buqa spermasidan 0,1 ml quyiladi. Bunda sperma 1:100 nisbatda suyultirilgan bo’ladi. Ko’chqorning spermasi 1:400 (10 ml natriy sitrat + 0,025 ml sperma) nisbatda suyultiriladi. Aralashtirilgandan keyin eritma FEKning 10 mm qalinlikdagi kyuvetasiga solinadi va apparatning o’ng tomonidagi fotoelementdan uzoqroqdagi uyasiga joylashtiriladi. Uskunaning chapdagi uyasiga xuddi shunday kyuvetaga natriy sitratning sperma solinmagan eritmasi joylashtiriladi. Keyin chap barabanning optik zichlikni hisoblash shkalasi nolga tenglashtiriladi va fotometrik panoni aylantirib, avval dag’al sozlagich (№1 to’g’rilagich), keyin esa aniq sozlagich ((№2 to’g’rilagich) bilan galvanometr strelkasi nolga to’g’riladi, shundan so’ng sperma solingan kyuveta o’ng uyadan olinib uning o’rniga natriy sitrat eritmasi solingan kyuveta o’rnatiladi. Bunda galvanometr strelkasi og’adi va uni nolga qo’yib chap baraban buraladi. Shu barabanning qizil strelkasidagi optik chiziqda zichlik o’qiladi. Shkalaning har qaysi 0,05 bo’linmasi spermiylarning 1 ml suyultirilgan spermadagi 100 mln. konsentrasiyasiga to’g’ri keladi.
    Buqa spermasida spermiylar konsentraniyasini aniqlash uchun uskunaning №4 qizil filtridan foydalaniladi.
    Spermiylar konsentrasiyasini optik standartlar yordamida aniqlash. G. V. Partushin va Ye. V. Rumyanseva buqa vaayg’ir spermasida spermiylar konsentrasiyasini aniqlash uchun, S. I. Serdyuk esa erkak cho’chqa spermasi uchun optik standartni tavsiya etgan.
    G. V. Partushin va Ye. V. Rumyansevaning standartlari oltita kavsharlangan probirkalardan iborat bo’lib, ulardagi eritmlarning tiniqligi (xiraligi) buqa spermasining 1 ml.da 0,4 - 0,6,- 0,8 - 1,0, -1,5 - 2,0 mlrd. va ayg’ir spermasida spermiylar konsentrasiyasining 10, 50, 100, 200, 300 va 500 mln/ml ekanligini bildiradi. Aniqlashdan oldin buqaning spermasi mikropipetka yordamida 1%-li natriy xlorid eritmasi bilan 1:5 nisbatda (0,3 ml sperma + 1 ml natriy xlorid), ayg’ir spermasining konsentrasiyasi 500 mln.ml dan ko’p bo’lganda glyukozaning 7%-li eritmasi bilan suyultiriladi.
    Standartlarga ilova qilingan bo’sh probirkaga tekshiriladigan sperma solinib, standartlar bilan taqqoslanadi. Agar tekshiriladigan spermaning xiralik darajasi nazorat probirkasi rangiga mos bo’lsa unda spermaning konsentrasiyasi standartda ko’rsatilgan konsentrasiyaga teng bo’ladi. Ishni yengillashtirish maqsadida taqqoslanadigan probirkalar orqasiga yaqin qilib shisha tayoqcha yoki qalam qo’yiladi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Spermiylar konsentrasiyasini FEK-M yordamida aniqlash

    Download 2,5 Mb.