|
-rasm. Biyalarni urug’lantirish uchun ampula va yumshoq kateter
|
bet | 57/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MT39-rasm. Biyalarni urug’lantirish uchun ampula va yumshoq kateter.
Biyalarni sovuq sperma bilan urug’lantirish mumkin emas. Alyumin paketlarda muzlatilgan sperma suv hammomida 1 daqiqa davomida 40°S haroratda eritiladi. Biyalarni urug’lantirishda bachadonga 25-30 ml, katta va yaqinda tuqqan biyalarga esa 30-40 ml, eng kam doza 20 ml sperma yuboriladi. Muzlatilgan spermaning bir dozasida faol spermiylarning soni 150-200 mln. bo’lishi lozim.
Urug’lantirilgan biyalar tuxumdonlarining holati 24 soatdan keyin to’g’ri ichak orqali tekshirib ko’riladi. Ovulyasiya ro’y bermagan bo’lsa takroran urug’lantiriladi.
Tuxum yo’li orqali sun’iy urug’lantirish asosan parrandalarni urug’lantirishda qo’llaniladi. Tovuqlarni sun’iy urug’lantirish uchun individual polisterol va polietilen pipetkalardan foydalaniladi. Ularning uzunligi 12-15 sm, ichki diametri 1,0-1,8 mm bo’lib, pipetkada suyultirilgan spermaning urug’lantiruvchi dozasi shkalalar bilan belgilangan bo’lishi kerak.
Sun’iy urug’lantirishda tovuqlar kletkalarda saqlanganda 2 kishi, guruh usulida parvarishlanganda 3 kishi ishtirok etadi. Tovuqlar individual kletkalarda saqlanganda operatorlardan biri tovuqni kletkaning ichida chap qo’li bilan ushlaydi va o’ng qo’li bilan kloakaning pastidan qorin tomonga tuxum yo’li kuringunga qadar bosadi. Ikkinchi operator pipetkani tuxum yo’liga 2-3 sm kiritib, kerakli dozadagi spermani quyadi. Bu paytda qorinni bosib turgan qo’lni olish kerak, chunki spermani tashqariga tukilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Parrandalarni guruh usulida parvarishlashda har bir tovuq kletkadan tashqariga chiqarilib, urug’lantirilgandan keyin boshqasiga kuchirilib boradi. Bunda uch kishi ishtirok etib, ikki kishi tovuqlarni kletkadan ung qo’li bilan oyoqlaridan tutib chiqadi, tovuqni boshidan ushlab, bir quli bilan qorin sohasini bosadi. Uchinchi operator tovuqning tuxum yo’liga pipetka yordamida bir doza spermani yuboradi. Har bir urug’lantirishdan keyin pipetkalar 70%-li spirt shimdirilgan tampon bilan artiladi (bir bosh tovuqga 1,0 ml spirt ishlatiladi), har 50 bosh tovuq urug’lantirilgandan keyin pipetkalar va tampon tozasiga almashtiriladi. 1:1 nisbatda syultirilgan spermaning bir marta urug’lantiruvchi dozasi 0,05 sm3 ni, 1:2 nisbatda suyultirilganda esa 0,1 sm3 ni tashkil etadi.
Tovuqlarning jadal tuxum qo’yishi (70-80%) kunning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Shuning uchun sun’iy urug’lantirishning optimal muddati tovuqlar tuxum qo’ygandan 2-3 soat keyin urug’lantirish hisoblanadi. Bu paytda tuxum yo’lining siydik-jinsiy kanali qismida spermani qabul qilish uchun sharoit yaratiladi. Tuxum berishdan oldin tovuqlarni urug’lantirish spermani tashqariga chiqib ketishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun tovuqlani kunning ikkinchi yarmida sun’iy urug’lantirish lozim. Tovuqlardan otalangan tuxum olish maqsadida foydalanish ularning 26-27 haftaligidan boshlanadi. Nasilchilik maqsadida foydalanilayotgan tovuqlar avvaliga ikki kun yoki ikki kunda bir marta urug’lantiriladi.
|
| |