|
Tuyalarda bo’g’ozlikni to’g’ri ichak orqali aniqlash
|
bet | 58/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTTuyalarda bo’g’ozlikni to’g’ri ichak orqali aniqlash.
Tuyalarda bo’g’ozlik va bepushtlik diagnostikasi. To’g’ri ichak orqali tekshirish (V.I.Lipatov bo’yicha). Urg’ochi tuya arqon yordamida yotgan holatda oldingi ikkala oyoqlarini bukib bo’yniga bog’lash bilan fiksasiya qilinadi. Tekshiruvchi tupug sachratmasligi uchun boshi mahkam ushlab turiladi. Tuya kuchli bezovtalanganda ikkala orqa oyoqlarni ham sakrash bo’g’inidan bog’lash mumkin. Chunki tuyalar yotgan holatda ham orqa oyoqlari bilan tepishi mumkin.
Hayvonni och paytida tekshirish yaxshi natija beradi. To’g’ri ichak tezakdan tozalangach, keyingi muolajalar xuddi sigirlardagidek tartibda bajariladi. Tuyalarda tos bo’shlig’i juda kalta bo’lib, bachadon va ichaklar jinsiy lablarga juda yaqin joylashadi. Shuning uchun to’g’ri ichak va bachadonning o’rtasida katta chambar ichakning tos tutami joylashib, bachadonni paypaslashga to’sqinlik qilishi mumkin.
Tekshiruvchi mutaxassis qo’lini odatdagidek tayyorlagandan keyin to’g’ri ichakka uning toraygan joyigacha kirgizib, tos bo’shlig’ini tashkil etuvchi suyaklar paypaslanadi. Keyinchalik o’qlni o’ng va chap tomonga yunaltirish bilan tos suyagining oldingi cheti paypaslanadi. Agar tos bo’shlig’ida katta chambar ichakning tos tutami joylashgan bo’lsa unni o’o’lning kafti bilan qorin bo’shlig’iga ohista siljitish kerak (61- rasm).
Bepusht urg’ochi tuyada chanoq suyagi (lonnix) chetlari yaxshi paypaslanadi. Keyin tos bo’shlig’ining tubida, asosan uning o’ng tomonida bachadon topiladi. Qarri tuyalarda bachadon birmuncha qorin bo’shlig’iga tushgan bo’ladi. Ba’zan qo’lga bachadonning o’ng va chap keng tutqichlari ilinadi. Bachadonning har ikkala shoxi bir xil qalinlikda bo’ladi.
Bachadon paypaslanganda uning qisqarishi kuzatilib, shoxlari qattiqlashadi va bachadonni ushlash mumkin bo’ladi. Bachadonning o’ng shoxi chapiga nisbatan 3-4 sm kalta bo’ladi.
Bo’g’ozlikning birinchi oyida bachadon bo’shashgan, homila rivojlanayotgan shoxi boshqasiga nisbatan kengroq, ba’zan paypaslanganda suyuqlikning flyuktuasiyasi seziladi. Qarri tuyalarda bo’g’ozlikning 45- kunlarigacha xarakterli belgilar kuzatilmaydi.
Bo’g’ozlikning ikkinchi oyida bachadonning tanasi kattalashgan, homila rivojlanayotgan shoxida flyuktuasiya yaxshi seziladi, bachadonni homila rivojlanayotgan shoxi tomondagi tuxumdon sariq tanani rivojlanishi hisobiga kattalashgan, ba’zan uning yuzasida sariq tana burtib turadi.
Bo’g’ozlikning uchinchi oyida bachadon kattalashgan, suyuqlikning flyuktuasiyasi yaxshi seziladi, bachadonning tanasini ushlab bo’lmaydi. Bachadonning homila rivojlanayotgan shoxi katta silindr shaklida qorin bo’shlig’iga tushgan bo’ladi.
Bo’g’ozlikning to’rtinchi oyida bachadon qorin bo’shlig’iga tushgan, futbol tupi kattaligidagi shar shaklida bo’ladi. Bachadon bo’yni kattalashgan bo’lib, tos bo’shlig’ida yaxshi paypaslanadi.
B o’g’ozlikning beshinchi oyida bachadon qorin bo’shlig’ida, bachadonning bo’yni tos bo’shlig’ining tubida joylashgan bo’ladi.
Bo’g’ozlikning 5- oyidan keyin tuyalarda bo’g’ozlikni aniqlash metodikasi ishlab chiqilmagan. Bo’g’ozlikning 6- oyidan boshlab homilani paypaslash va bachadon arteriyalarining tebranishini sezish qiyinchiliksiz bo’ladi.
|
| |