• Biyalar va parrandalarni sun’iy urug’lantirish usullari.
  • Patologik shakldagi spermiylarni sanash




    Download 2,5 Mb.
    bet56/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Patologik shakldagi spermiylarni sanash. Spermada spermiylarning patologik shakllarining (nuqsonli, majruh) miqdori ruxsat etiladigan me’yorlardan oshib ketishi teratospermiy deb ataladi. Ularning yuqori foizni tashkil etishi otalanishning pasayshiga sabab bo’ladi.
    Spermiylarning gigant yoki karlik, boshchasi deformasiyaga uchrangan, bo’yni siniq, faqat boshchalar yoki dumsiz, dumi buralgan yoki uning qiyshayganligi, sitoplazmasida tomchilar bor bo’lgan yoki qalinlashgan, bir, ikki, uch va to’rt dumli kabi patologik shakllari uchraydi.
    Spermiylarning patologik shakllari foizining ortishi spermiogenezning buzilishi, spermiylarga qo’shimcha bezlar suyuqliklarining salbiy ta’siri va shuningdek, spermani olish va saqlashda tashqi muhitning spermiylarga noqulay ta’siri oqibatida bo’lishi mumkin.
    Patologik spermiylar miqdori qo’chqorlar spermasida 14%, buqalarda - 18%, erkak cho’chqalarda - 20% va ayg’irlar spermasida 25% dan oshmasa sun’iy urug’lantirish uchun ishlatishga ruxsat etiladi.


    Biyalar va parrandalarni sun’iy urug’lantirish usullari.
    Biyalar birinchi marta jinsiy moyillikning ikkinchi kuni (kechqurun) va keyingi kunlari tinchlanish bosqichi kuzatilgunga qadar har 48 soatda bir marta sun’iy urug’lantiriladi, jinsiy moyillik juda kuchli namoyon bo’lganda har 24-36 soatda bir marta (lekin 3 martadan ko’p emas) urug’lantiriladi.
    Biyalarda tuxumdonlarning holatini to’g’ri ichak orqali aniqlashdan keyin urug’lantirish spermadan samarali foydalanish, urug’lantirishlar sonini kamaytirish va otalanish foizini oshirish imkonini beradi. Urug’lantirish bilan follikulaning yorilishi orasidagi vaqt qanchalik qisqa bo’lsa otalanish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo’ladi.
    Ayrim mutaxassislar bu qoidani sigirlarga ham ta’alluqli deb notug’ri xulosa qilishadi. Chunki sigirlarda ovulyasiya jinsiy moyillikning oxirida emas, balki jinsiy moyillik tugagandan 10-15 soat o’tgach kuzatiladi. Shuning uchun sigirlarni bu vaqtda (ovulyasiyadan uzoq muddatda) urug’lantirish bepushtlikga sabab bo’lishi mumkin.
    X. I. Jivotkov follikulalarning holatini to’g’ri ichak orqali aniqlash usulidan foydalanib ona biyalarni 3 martagacha urug’lantirish bilan 89-93% otalantirishga erishgan.
    Urug’lantirish davrida ona hayvonlarni oziqlantirish, parvarishlash va sog’ish rejimiga rioya etish jinsiy funksiyalarning me’yorida kechishini ta’minlaydi.
    Bachadon usulida sun’iy urug’lantirish faqat bachadon tipida urug’lanadigan hayvonlarda (biya, cho’chqa) qo’llaniladi.
    Biyalarni sun’iy urug’lantirishda Butunittifoq yilqichilik institutining konstruksiyasi bo’yicha ebonitdan yasalgan qalinligi 0,6 sm, uzunligi 50 sm, uning ichki diametri 1 mm bo’lgan kateterdan foydalaniladi.
    Urug’lantirish uchun biyalar stanokga kirgiziladi yoki ularga urug’lantirish tasmasi kiygizilib, orqa oyoqlari fiksasiya qilinadi. Biyaning dumini yon tomonga qilinib, jinsiy lablar furasillinning 1:5000 nisbatli eritmasi bilan yuviladi. Urug’lantirishda qin oynasi zararsizlantirilgandan keyin fiziologik eritma bilan yaxshilab ishlanadi va shoxlarini ochgan holda chap qo’l bilan ushlanib, qinga kirgiziladi. Shpris o’rnatilgan ebonit kateter o’ng qo’lga olinib, qin oynasi orqali bachadon bo’yniga va bevosita bachadonga 10-15 sm ga kiritilib, shpris porsheniga bosgan holda sperma bachadonga quyiladi. Ushbu usul (vizouteral) yuqumli kasalliklarga nosog’lom xo’jaliklarda qo’llaniladi, chunki ebonitli kateter va qin oynasini zararsizlantirish oson.
    I. I. Ivanov konstruksiyasi bo’yicha kateterlar rezinadan tayyorlanib, devori qalin va ichki diametri tor naydan iborat bo’ladi. Urug’lantirish uchun kateterning toraygan uchi biyaning qiniga qo’l bilan birga yuboriladi, ko’rsatkich barmoq bilan bachadon bo’yni paypaslanib topiladi va unga kateter yo’naltiriladi. Ikkinchi qo’l bilan bachadon bo’yni kanaliga 10-12 sm kirgiziladi. Kateterga shpris o’rnatiladi va porshenni bosib, bachadonga sperma yuboriladi (monouteral usul).
    Agar urug’lantirish paytida jinsiy moyillik, umumiy jinsiy qo’zg’alish bilan bir qatorda tuxumdonlardan birida ovulyasiya kuzatilishi aniqlansa kateterning uchi bachadonning shu shoxiga tomon yo’naltiriladi.
    Rastyapin tomonidan ampuladagi spermani I. I. Ivanov konstruksiyasi bo’yicha yumshoq kateter yordamida biyalar bachadoniga quyish bilan sun’iy urug’lantirish usuli tavsiya etilgan (39-rasm).



    Download 2,5 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Patologik shakldagi spermiylarni sanash

    Download 2,5 Mb.