|
Sun’iy urug’lantirish punktlari ishini tashkillashtirish
|
bet | 52/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTSun’iy urug’lantirish punktlari ishini tashkillashtirish.
Spermani boshqa tashkilotdan oladigan sun’iy urug’lantirish punktlarida manej va urg’ochi hayvonlarni urug’lantirish uchun stanok, laboratoriya va yuvish xonasi bo’lishi lozim.
Naslchilik tashkiloti maxsus pasporti bo’lgan punktlarga sperma yetkazib beradi. Shuning uchun sun’iy urug’lantirish punkti binosi toza, ohak bilan oqlangan va yaxshi shomollaydigan bo’lishi kerak.
Punkt atrofida urg’osi hayvonlarda jinsiy moyillik, bo’g’ozlik yoki bepushtlikni refleksologik usulda aniqlash uchun maxsus ajratilgan maydoncha (zagon) bo’lishi lozim. Sun’iy urug’lantirish punkti ishi xo’jalik zooveterinariya mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Sun’iy urug’lantirish ishlari hayvonlarning bepushtliklariga qarshi tadbirlar bilan birgalikda kompleks ravishda amalga oshirilishi lozim. Shuning uchun sun’iy urug’lantirish bo’yicha mutaxassis qachonki sperma olish, saqlash va sun’iy urug’lantirish usullarini, veterinariya ginekologiyasi masalalarini hal etish qobiliyatiga ega bo’lsa shundagina yaxshi natijalarga erishishi mumkin.
Sun’iy urug’lantirida ishlarni hisobga olish va hisobotlar. Sun’iy urug’lantirish ishlarini amalga oshirishda bajarilgan barcha ishlarni hisobga olish va yuqori tashkilotlarga hisobot berib borish ishdagi kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, kelguvsidagi ishlar rejasini tuzish imkonini yaratadi.
Sun’iy urug’lantirish punktlarida quyidagi hujjatlar yuritilishi lozim:
Nasilchilik korxonasi va xo’jaliklar o’rtasidagi shartnomalar; 2). Sun’iy urug’lantirish rejasi; 3). Spermani junatish bo’yicha order (№3-su shakl) (ishlatilib bo’lingandan keyin uning orqa tomoni to’ldirilib nasilchilik tashkilotiga yuboriladi); 4). Nasilli buqalardan foydalanish jurnali (№1-su); 5). Nasilli buqalar spermasini ishlatish vedimosti (№5-su); 6). Nasilli hayvonning veterinariya pasporti (№13-su) va boshqa qishloq xo’jalik hayvonlarini sun’iy urug’lantirish bo’yicha amaldagi yo’riqnomalar, tavsiyanomalar.
Bo’g’oz, tug’ishdan keyingi davrdagi (tug’ishdan keyingi 30 kun) va bepusht (tuqqandan keyin 30 kun ichida urug’lanmagan sigirlar va 19-oylikka yetgan urug’lanmagan tanalar) hayvonlarning aniq hisobi yuritilishi lozim. Urug’lantirish - jurnalga yoki individual kartochkalarga qayd etilib boriladi.
Sun’iy urug’lantirish rejasiga asosan sun’iy urug’lantirish punkti bilan xo’jalik o’rtasida hayvonlarni sun’iy urug’lantirish bo’yicha shartnoma tuzilib, uning shartlarini bajarilishi har ikkala tomon uchun ham majbur hisoblanadi.
Sun’iy urug’lantirish natijalarini hisobga olish uchun sun’iy urug’lantirish punktlarida har bir urug’lantirilgan hayvonga alohida kartochka yuritiladi. Nasilchilik ishlarini to’g’ri tashkil etish va hisobga olib borish uchun hayvonlarning individual kartochkalarini bir necha yillar davomida yuritilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ko’pchilik xo’jaliklarda sun’iy urug’latirishni hisobga olish ishlari komp’yuterlar yordamida amalga oshirilmoqda.
|
| |