|
Erkak cho’chqalar spermasida spermiylar konsentrasiyasini optik standartlar yordamida aniqlash
|
bet | 55/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTErkak cho’chqalar spermasida spermiylar konsentrasiyasini optik standartlar yordamida aniqlash. Standart bitta kavsharlangan probirkadan iborat bo’lib, eritma tiniqligi bo’yicha konsentrasiyasi 5 mln.ml ga teng bo’lgan spermaga mos keladi. Bo’sh probirkaga pipetka bilan 1 ml 1%-li natriy xlorid eritmasi va 0,1 ml erkak cho’chqa spermasidan solinadi. Probirka chayqatilib, standart probirkaga yonma-yon ushlab, orqasidan kitob yozuvini qo’yib tiniqligi taqkoslanadi. Keyin sperma solingan probirkaga tiniqligiikkala probirkalarda ham bir xil bo’lguncha natriy xloridning 1%-li eritmasidan qo’shiladi.
Shundan keyin spermiylar konsentrasiyasi K = 50 (N + 0,1) formula yordamida aniqlanadi.
Bunda, K - 1 ml suyultirilgan spermada spermiylar konsentrasiyasi (mln.ml);
N - sarflangan natriy xlorid eritmasi (ml);
50 - hisoblash koeffisiyenti.
Masalan, tekshiriladigan spermaga 4,5 ml natriy xlorid eritmasi qo’shilgan bo’lsa unda K = 50 (4,5 + 0,1) = 50 x 4,6 = 230 mln/ml ga teng bo’ladi.
Spermadagi o’lik spermiylar miqdorini aniqlash (V. A. Morozov usuli). Yog’sizlantirilgan buyum oynasining chetiga pipetka yoki shisha tayoqcha bilan bir tomchi sperma va 2-3 tomchi eozinning 5%-li suvli eritmasidan (eozin eritmasi natriy sitratning 3%-li eritmasida tayyorlanadi) tomizilib, darhol (2-4 sekund) tayoqcha bilan aralashtiriladi va undan boshqa buyum oynachasiga yupqa surtma tayyorlanadi. Keyin surtma mikroskop ostida 400-600 marta kattalashtirilgan holda ko’riladi. Bo’yalmagan (tirik) va pushti rangga bo’yalgan (o’lik) spermiylardan bir qator 500 dona sanaladi. Hisoblash tez va oson bo’lishi uchun leykositlarni sanash uchun klavshli apparatdan foydalanish mumkin. Bunda klavshlarlardan biriga T (tirik) va boshqasiga O’ (o’lik) harflari yopishtiriladi. O’lik va tirik spermiylar foizi aniqlangach, sperma harakatchanligi ballarda baholanadi. Masalan, 400 ta tirik va 100 ta o’lik spermiylar sanalgan bo’lsa spermaning bahosi 8 ballga teng, o’lik spermiylar esa 20% ni tashkil etadi.
|
| |