|
- rasm. Bachadon muskullarining retraksiyasi
|
bet | 63/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MT49- rasm. Bachadon muskullarining retraksiyasi. A- retraksiyagacha muskul tolalarining joylashishi (sonlar bilan ko’rsatilgan); V- retraksiya jarayonidan keyin muskullar joyining o’zgarishi.
Homila pardasining yorilishi bilan suyuqlikning oqimi homilani tos bo’shlig’i yuzasiga tiqin holida zich joylashishiga sabab bo’ladi, bachadonni qisqarishining kuchayib borishi homilani siljishi va kam-kam miqdorda suyuqlik ajralishini ta’minlaydi. Suyuqlikning bir qismi bachadonda qolib, homilaga bir xil bosim bo’lishini ta’minlaydi. Homila oldi suyuqligi barvaqt oqib ketganda tug’ish jarayoni qiyinlashadi va buni yengillatish uchun bachadonga shilimshiqli eritmalar yuborishga ehtiyoj tug’iladi.
Tos va uning paylari orqa oyoqlarning muskullari mahkamlanadigan joy bo’lib, hayvon tik turganda muskullar taranglashgan holatda bo’ladi va tos bo’shlig’i yuzasining kichrayishini ta’minlaydi. Shuning uchun hayvonni tik turgan holatda tug’ishiga nisbatan yotgan holatda tug’ishi qulay bo’ladi.
Homila yo’ldoshini ajralishi. Bir qancha burmalar hosil qilganligi uchun xorionning hajmi bachadonning hajmidan katta bo’ladi. Tug’ish paytida, ayniqsa homila chiqarilgandan keyin muskullarining qisqarishi va retraksiyasi hisobiga bachadonning yuzasi qisqarib, qon tomirli pardaning burmalari yanada ko’payadi. Oqibatda homila yo’ldoshining homila tomoni so’rg’ichlari bilan bachadon tomoni kriptalari orasidagi aloqa buziladi. So’rg’ichlarning ajralishi bachadonda kamqonlik kuzatilishi va homila yo’ldoshining homila tomonida qon aylanishning to’xtashiga sabab bo’ladi. Ko’pincha homila yo’ldoshi ag’darilgan holatda chiqarilib, uning so’rg’ichli tomoni ichkarisida bo’ladi. Homila yo’ldoshining ajralish muddati homila yo’ldoshi aloqasining xarakteri, tuzilishi va hayvonning yashash sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Hayvonlarda qorin bo’shlig’ini Kesarevo usulida yorish va fetotomiya operasiyasi.
Kesarev usulida qorin devori va bachadonni yorish. Operasiya sigirlar stanokda tik turganda yoki yonboshiga yotgan holatda bajariladi (104- rasm). Dastlab operasiyamaydoni tayyorlanadi: mexanik tozalanadi, juni tozalab olinadi va teri yuzasi issiq suv, sovun bilan tozalanib yuviladi. 70%-li spirt rektifikat va 2 marta 5%-li yod nastoykasi surtiladi.
Ko’llar 0,5%-li ammiak eritmasida sovunsiz yuviladi, keyin steril sochiq bilan quritiladi va 5 daqiqa davomida 96%-li spirt shimdirilgan paxtali tamponlar bilan artiladi. Alfreld usuli bo’yicha qo’l issiq suvda sovun bilan yaxshilab yuvilib, keyin 5-8 daqiqa 96%-li spirt shimdirilgan tamponlar bilan artiladi. Barmoqlar va tirnoq ostiga 5%-li yod nastoykasi surtiladi.
Jarrohlik asboblari qaynatilib, tampon, sochiq, choyshablar avtoklavlarda zararsizlantiriladi. Og’riqsizlantirish usuli operasiya maydoni va hayvonni bog’lash usuliga qarab tanlanadi.
Ko’pincha 3%-li novokain eritmasi bilan Magda usuli bo’yicha paralyumbal o’tkazuvchan anesteziya o’tkaziladi. Bunda oxirgi qovurg’alararo yonbosh-qorin devori va yonbosh-chov nervlari og’riqsizlantiriladi.
Kesiladigan joyda 0,5%-li novokain eritmasi bilan infiltrasion anesteziya o’tkaziladi. Oldin eritma kesiladigan joyning teri ostiga, keyin esa bu joyning barcha qatlamlari orasiga yuboriladi.
Ayrim paytda bachadon tonusini susaytirish maqsadida 6-8 ml 1,5%-li novokain eritmasi bilan sakral anesteziya o’tkaziladi.
H ayvonning chap qorin devori cho’qqisi (pastki burchak) kindik chizig’i bo’ylab cho’qqidan 15-18 sm, pastdan 25-30 sm uzunlikda kesiladi. Bunda dastlab terini va teri ostidagi muskul pardasini teri ostidagi muskullar bilan birga kesiladi. Keyin qorinning tashqi qiya muskullarini kesib, tolalar yo’nalishi bo’yicha qorinning ichki qiya muskullari ajratiladi. Qorinning ko’ndalang muskullarini ochib, jarohatlangan joyning o’rta qismidagi tolalarning yo’nalishi bo’yicha ajratiladi. Keyin muskul va qorin pardasi kesiladi (A.A.Veller va P.A.Alekseyev).
|
| |