• 47- rasm. Buzoq (A) va toychani (B) tug’ilishgacha bo’lgan joylashishi, pozitsiyasi va a’zolarining joylashishi.
  • 4 8- rasm. Tug’ish paytida homila a’zolarining (A) va pozitsiyasining (B) o’zgarishi
  • T ug’ish paytida homilaning joylashishi, pozitsiyasi va homila a’zolari joylashishining o’zgarishi




    Download 2,5 Mb.
    bet62/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    T ug’ish paytida homilaning joylashishi, pozitsiyasi va homila a’zolari joylashishining o’zgarishi. Bo’g’ozlik paytida katta hayvonlarning homilasi bosh tomoni va orqa tomoni bilan uzinasiga holatda joylashgan, pastga yoki yonboshga tomon pozitsiyada, oyoqlari bukilgan holatda bo’ladi (47- rasm). Tug’ish paytida bunday o’zaro aloqadorlik o’zgarib, homila tos bo’shlig’iga yuqorigi pozitsiyada, oyoqlari cho’zilgan holatda o’tadi, ya’ni ponasimon yoki s ilindirsimon shaklni egallaydi.


    47- rasm. Buzoq (A) va toychani (B) tug’ilishgacha bo’lgan joylashishi, pozitsiyasi va a’zolarining joylashishi.


    Homila a’zolarining holati kuchanish oqibatida to’planib qolgan karbonat angidrid gazidan reflektor ravishda ta’sirlanishi oqibatida yoki mexanik ta’sirotlarga reflektor ravishda javob reaksiyasi oqibatida o’zgaradi.
    H omilaning pozitsiyasi bachadon devori va qorin devori muskullarining qisqarishlari oqibatida o’zgaradi. Bachadonni turtkisimon qisqarishlari homilani yuqoriga ko’tarilishini ta’minlaydi. Bunga bachadonni buralishi ham yordam beradi. Homila xaltalarining tos bo’shlig’iga kirib kelishi va homila oldi suyuqliklarining oqib o’tishi bilan ponasimon shakldagi homila tos bo’shlig’iga kirish joyida o’z o’qi atrofida aylanadi (48- rasm).

    4 8- rasm. Tug’ish paytida homila a’zolarining (A) va pozitsiyasining (B) o’zgarishi:1- siydik parda va 2- amnion bo’shlig’i.
    Tug’ish jarayoni mexanizmi. Tug’ish paytida to’g’ri yordam ko’rsatish uchun uning kechish mexanizmi, homilaning harakatiga to’sqinlik qiluvchi yoki harakatini ta’minlovchi kuchlar to’g’risida aniq tasovvurga ega bo’lish lozim. Tug’ish jarayonida urg’ochi hayvonning barcha a’zolari qatnashadi. Shuning uchun akusherlik yordami ko’rsatish paytida yurak, o’pka, asab va boshqa tizimlarning funksional holatini hisobga olish lozim.
    Tug’ish paytida bachadon muskullarining bachadonni bo’yniga tomon tortilib qisqarib borishi homilaga va uni o’rab turgan suyuqlikka bosimni ortishini va suyuqlikni bachadon bo’yni tomonga o’tishini ta’minlaydi. Shunday qilib, homila pardasi bachadon bo’yniga ichki tomondan ta’sir etib uni kengaytiradi.
    Bachadon bo’ynining ochilishi birinchi marta tug’ayotgan hayvonlarda ko’pincha ichki tomonidan boshlanadi, ko’p marta tuqqan biya va sigirlarda qin tomonidan boshlab ochilishi ham mumkin.
    B achadon muskullarining qisqarishlari bilan uning yuzasi torayib boradi, bachadon devori muskul tolalarining retraksiyasi oqibatida bachadon devori qalinlashib boradi (49- rasm). Retraksiyaning kuchayishi, ayniqsa qorin muskullari qisqarishi juda kuchli va bachadonning qisqarishi kuchsiz bo’lganda bachadonning invaginasiyasi va hatto ag’darilib tashqariga chiqishiga ham sabab bo’lishi mumkin. Homilani vaqtidan ilgari tez tortib olishda ham shunday hodisa yuz berishi mumkin.



    Download 2,5 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    T ug’ish paytida homilaning joylashishi, pozitsiyasi va homila a’zolari joylashishining o’zgarishi

    Download 2,5 Mb.