• Homilani teng ikkiga kesish.
  • Homila tosi bilan oldinga qarab joylashganda tos kamarini maydalash




    Download 2,5 Mb.
    bet70/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Homila tosi bilan oldinga qarab joylashganda tos kamarini maydalash uning hajmini kichraytirish maqsadida o’tkaziladi va tos suyagi qoshiqsimon suyaklarning bitish chizig’i bo’ylab kesiladi. Buning uchun dastlab quymich burtigi atrofidagi teri kesiladi. Keyin pichoq kesikka kiritiladi va asta-sekin qimirlatib oldinga suriladi, ammo u homila terisi bilan yopilgan bo’lishi lozim.
    Tos suyagining qoshiqsimon bitishib ketgan chizig’i bo’ylab kesilgandan keyin homilani oldinga qarab joylashgan orqa oyoqlaridan ushlab tashqariga tortib olinadi. Bunda homilaning oyoqlaridan galma-gal tortiladi va natijada qoshiqsimon suyakning chetlari bir-biriga kiradi va tos kamarining hajmi kichrayadi.
    Homilani teng ikkiga kesish. Buni homila tik yoki ko’ndalang joylashganda uning holatini to’g’rilashning iloji bo’lmaganda teng ikkiga bo’linadi. Buning uchun zanjir yoki sim arrani sirtmoq o’tkazgich yordamida uning tanasi atrofidan o’tkaziladi. Homilani zanjirli fetotom bilan kesish ancha tez bo’ladi va ona hayvonga hyech qanday zarar yetkazmasdan o’tkazish mumkin.
    Homila tanasi atrofidan sirtmoq o’tkazishning iloji bo’lmagan hollarda uni ilmoqlar yordamida tos bo’shlig’iga tomon tortishga harakat qilinadi. Keyin och biqin atrofidagi teri va muskullar kesiladi hamda qorin bo’shlig’idagi ichki a’zolar tashqariga chiqarib olinadi. Agar buning iloji bo’lmasa u holda homilaning och biqinidan qarama-qarshi tomonga yoriladi va unga arra kiritiladi. Homilaning umirtqa pog’onasi va uning atrofidagi yumshoq to’qimalar kesilib, tanasining orqa qismidan ilmoq o’tkazilib tortiladi.
    Homila orqa qismini tashqariga tortib olishdan oldin, uzuksimon pichoq bilan homilaning kesilmay qolgan yumshoq qismlari tamomila kesiladi.
    Homilaning ko’krak qafasi tashqariga chiqarilgandan keyin tos kamarining hajmi katta bo’lishi tufayli yoki aksincha, homila tanasining orqa qismi tashqariga chiqarilgandan keyin yelka kamarining hajmi katta bo’lishi tufayli ushlanib qolgan hollarda homila ona hayvon tanasidan tashqarida teng ikkiga kesiladi. Bunda teridan manjet hosil qilinib, homilani ikkiga kesish, ya’ni homilaning terisini ehtiyot qilish tavsiya etiladi. Kesilgan joy oldidagi teri manjet qilib tikib qo’yiladi, chunki ba’zan homila gavdasining qoldig’ini aylantirish uchun bachadon bo’shlig’iga qayta kiritishga to’g’ri keladi.
    Agar homilaning ko’krak qafasini urg’ochi hayvon tanasidan tashqarida ajratib olish mumkin bo’lgan darajada uni tashqariga tortib olib bo’lmasa yag’rin atrofi terisi aylantirib kesiladi. Mana shu kesik orqali teri ko’krak qafasi atrofidagi teri osti kletchatkasidan shpatelda ajratiladi. Keyin teri ostiga uzun ilmoqsimon o’tkir pichoq kiritilib, dastlab qovurg’aga to’sh suyagi birikkan chiziq bo’ylab kesiladi. Keyin esa ular umirtqa pog’onasidan ajratiladi. Shu tarzda kesilgan homilaning ko’krak qismini butunligicha yoki bel umirtqasining o’zaro birikkan joyidan pichoq bilan ajratib, bo’lak-bo’lak qilib tashqariga chiqarib olinadi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Homila tosi bilan oldinga qarab joylashganda tos kamarini maydalash

    Download 2,5 Mb.