• 127- rasm. Yelin sisternasida hosil bo’lgan to’siqni kesish uchun qalpoqchasimon pichoq.
  • Anamnez ma’lumotlari.
  • Yelin so’rg’ichi kanalini tor bo’lishi




    Download 2,5 Mb.
    bet73/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Yelin so’rg’ichi kanalini tor bo’lishi – nuqson bo’lib, yelin so’rg’ichi kanali teshigining tor bo’lishi oqibatida sutni sog’ib olishga ko’p vaqt sarflanadi. Ko’pincha sut sisternasining shilliq pardasi jarohatlanib, yallig’lanish jarayoni kuzaladi yoki biriktiruvchi to’qima rivojlanadi.
    So’rg’ich kanalining tor bo’lishi to’g’ma yoki orttirilgan gipertrofiyasi natijasida, yallig’lanish jarayonlari oqibatida muskullarning qalinlashishi oqibatida bo’lishi mumkin. Bunday sigirlarda so’rg’ich kanali shilliq pardasining epiteliy qavati sog’lom sigirlarnikiga nisbatan 3-4 marta qalin bo’ladi.
    Sog’lom sigirlarda yelin so’rg’ichi kanali diametri 2,5-4 mm atrofida bo’lsa so’rg’ich kanali tor bo’lgan sigirlarda 2 mm dan oshmaydi.
    D avolash so’rg’ich kanali teshigi sfinkterlarining tonusini pasaytirishga qaratiladi yoki hosil bo’lgan chandiqni cho’zishga harakat qilinadi. Sfinkter gipertrofiyaga uchragan bo’lsa maxsus pichoq (buja) yordamida kanalni kengaytirish qisqa vaqtda samarali natija beradi. Shilliq pardalarning yemirilishi va sfinkterning falajlanmasligi uchun pichoq so’rg’ich kanalida 30 daqiqagacha qoldiriladi. Yelin so’rg’ichi kanali chandiq o’sishi hisobiga torayib qolgan bo’lsa faqat biriktiruvchi to’qima hisobiga kengaytirishga harakat qilish, sog’lom to’qimaning jarohatlanishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.
    Torayib qolgan yelin kanali kengaytirilgandan keyin sistematik ravishda kateter qo’yilib turilmasa yana yelin so’rg’ichi kanali torayib yoki butunlay bitib qolishi mumkin.


    127- rasm. Yelin sisternasida hosil bo’lgan to’siqni kesish uchun qalpoqchasimon pichoq.
    JINSIY A’ZOLARNI TEKShIRISh USLUBIYaTLARI
    Bepushtliklarning turli shakllarini aniqlash uchun urg’ochi hayvonlar va naslli hayvonlar jinsiy a’zolarini davriy ravishda tekshirib borish lozim. Ginekologik tekshirishlar kasal hayvon to’g’risidagi dastlabki anamnez ma’lumotlarini to’plash va klinik tekshirishlardan iborat bo’ladi.
    Anamnez ma’lumotlari. Hayvon to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni to’plashda nima uchun veterinariya yordami kerak bo’lganligi, keyingi tug’uruqning vaqti va harakteri, hayvonning jinsiy siklning takrorlanishi, kuyikishning kechishi va jadalligi, necha marta va qachon urg’ulantirilganligi, kechirgan kasalliklari, asrash va parvarishlash sharoitlari aniqlanadi.
    Anamnezni to’plashda urg’ochi hayvonlarning bepushtligi ko’pincha erkak hayvonga aloqador bo’lganligi uchun podadagi erkak hayvonlarning soni, ularning umumiy ahvoli va xo’jalikda yuqumli kasalliklar bor-yo’qligiga e’tibor beriladi.
    Bundan tashqari, hayvonning siydik ajratish va tezaklash chastotasi aniqlanishi kerak, chunki hayvonning tez-tez siydik ajratishi va tezaklashi tos a’zolarining (qovuq, qin, to’g’ri ichak va b.). yallig’lanishidan darak beradi.
    Hayvonlarni klinik tekshirishlar. Patologik jarayon organizmda ayrim a’zolar biror funksiyalarining buzilishiga sabab bo’lishi va morfologik strukturasining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Klinik tekshirish bilan a’zolarda aniqlangan funksional va morfologik o’zgarishlar va shuning oqibatida yuzaga kelgan patologik jarayonning ko’rinishlari simptomlar (belgilar) deb ataladi.
    Belgilarga baho berishda hayvonlarning yoshiga yoki kuyikishi, bo’g’ozlik va boshqa fiziologik holatiga aloqador ba’zi funksional o’zgarishlar sog’lom hayvonlarda ham uchrashi mumkinligini hisobga olish muhim. Bunday o’zgarishlarni potologiya deb bo’lmaydi.
    Hayvonlarda uchraydigan deyarli hamma kasalliklarning o’ziga xos belgilari yoki belgilar yig’indisi bor, lekin kasallikni aniqlab olishda simptomokompleksdan asosiylarini ajrata bilish muhim. Bu tekshirish usullari bo’yicha ma’lum malaka bo’lishi, shuningdek, jarayonning o’tishidagi turli davrlarda kuzatiladigan kasallikning belgilarini bilishni talab etadi.
    Klinik tekshirishlar: 1) umumiy tashqi tekshirish; 2) ichki tekshirish; 3) laboratoriyada tekshirishlaridan (material olish va uni laboratoriyaga yuborish yoki o’sha joyning o’zida tekshirish) iborat bo’ladi.
    Umumiy tekshirishlar. Bunda hayvon organizmining yaxlitligini hamisha esda tutish va hayvonning jinsiy a’zolarini tekshirish bilangina cheklanmasdan, balki umumiy klinik tekshirishlar ham o’tkazish kerak. Ayni vaqtda hayvonning qorni (shakli, paypaslab ko’rilganda og’riq sezishi), sag’risi (shakli, bog’ich apparatining holati,) va tashqi jinsiy a’zolari (yallig’lanish belgilari, suyuqlik oqishi va uning harakteri va boshqalar) holatiga e’tibor beriladi.
    Harakatlarning uyg’unligi, oqsoqlanish, artrit, bursit (brusellyozga gumon tug’diradi) singari belgilarning bor-yo’qligi, hayvonning og’irligini bir oyoqdan ikkinchi oyog’iga solib turishi, tez-tez siydik ajratish va tezaklash, dumini silkitib turishi (trixomonozga gumon tug’diradi) va boshqa belgilar bor-yo’qligi ham tashqi tekshirish orqali aniqlanadi.
    Ichki tekshirishlar vaginal (qin orqali) va rektal (to’g’ri ichak orqali) tekshirishdan iborat bo’lib, jinsiy a’zolarda patologik jarayon yoki anomaliyalar oqibatida vujudga kelgan anatomik o’zgarishlarni ko’zdan kechirish va paypaslab ko’rish bilan aniqlashga imkon beradi.
    Qin orqali tekshirish. Oldin qo’l bilan jinsiy lablar ochilib, qin dahlizining shilliq pardasi va klitor ko’zdan kechiriladi. jinsiy teshik orqali paypaslab ko’rish bilan qin va bachadon bo’yni tekshiriladi.
    Ko’zdan kechirish vaqtida tabiiy yoki sun’iy yorug’likdan (reflektor, fonarcha) foydalaniladi. Qin shilliq pardasi normal holatda och qizil yoki qizil rangda va namligi o’rtacha bo’ladi. Shilliq pardada patologik o’zgarishlar kuzatilganda qizarish, shishgan joylar, katta-kichik qon quyilishlar, zardobli, yiringli ekssudat va yorilishlar, tugunlar, pufakchalar, eroziyalar va boshqa o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bundan tashqari, qin orqali tekshirishda o’sma, chandiq, jarohat, yara va boshqalarni aniqlasa bo’ladi. Paypaslab ko’rilganda qin shilliq pardasining g’adir-budurligi seziladi.
    Patologik jarayonning joylashishi ham differensial diagnostikada rol o’ynaydi. Masalan, tugunlarning klitor yuzasida g’uj-g’uj bo’lib joylashishi va nurga o’xshab tarqalgan qatorlar shaklida qin dahlizining yonida joylashishi sigirlarda uchraydigan yuqumli vaginit (vestibulit) kasalligiga gumon tug’diradi.
    Bachadon bo’ynini ko’zdan kechirishda uning joylashishi, shakli, katta-kichikligi va bachadon bo’ynining qanchalik ochiqligiga e’tibor beriladi.
    Hayvonlarda bachadon bo’yni, odatda, o’rtasida teshigi bo’lgan silindrik dumboq ko’rinishida qin bo’shlig’iga botib turadi (biyalarda 5 sm, sigirlarda 2-3 sm gacha). Bachadon bo’yni ko’pincha, biror tomonga, pastga yoki yuqoriga siljigan bo’ladi, bu hamma vaqt ham patologik jarayon borligini ko’rsatmaydi. Bachadonning bo’yni (qoramollarda) faqat tug’ish vaqtida, tug’ishdan keyin bir oz vaqt va kuyikish paytida ochiq turadi. Hayvon kuyikmagan paytda bachadon bo’ynining ochiq turishi patologiya hisoblanadi. Bachadon bo’yni kanalidan suyuqlik kelayotganda uning sababi aniqlanadi.
    To’g’ri ichak orqali tekshirish bilan barcha ichki jinsiy a’zolarning holatini aniqlash mumkin. Sigirlarda qo’l to’g’ri ichakka kiritilgandan keyin avval bachadon bo’yni topiladi. Agar u kattalashgan va paypaslab ko’rilganda xamirsimon yoki juda qattiq bo’lsa bu patologiyadan darak beradi. Keyin qo’lni bachadon bo’ynidan oldinga surib, bachadon tanasi va shoxlari paypaslab topiladi. Ayni vaqtda bachadon shoxlarining shakli, kattaligi, konsistensiyasi va simmetrikligiga e’tibor beriladi. Bundan tashqari, bachadon devorlarining yuzasi va bachadonda suyuqlik borligie’tibor beriladi.
    Paypaslab ko’rilganda bachadonning biroz kattalashganligi va flyuktuasiyasi sezilsa mazkur hayvonning bo’g’oz yoki bepushtligini aniqlash kerak. Shunga qarab, hayvon sog’lom degan xulosaga kelinadi yoki davolanadi. Shundan keyin tuxumdonlar paypaslab topiladi va ularning kattaligi, shakli, konsistensiyasi, sezuvchanligi va yuzasining holatiga e’tibor beriladi. Tuxumdonlarning konsistensiyasi va kattaligi follikulalarning yetilish darajasi yoki sariq tana hosil bo’lganligiga qarab o’zgaradi. Ana shunday fiziologik o’zgarishlar patologiyani aniqlashda hisobga olinadi.
    Normal holdagi tuxum yo’llarini to’g’ri ichak orqali paypaslab topib bo’lmaydi. Tuxum yo’llari tugun-tugun, zich yoki qalqiydigan tizimchaga o’xshagan bo’lsa bu tuxumdon naylarining o’zgarishlarga uchraganligini bildiradi.
    Diagnoz qo’yish uchun ko’pincha anamnez, tashqi va ichki klinik tekshirishlar aniq ma’lumot bermaydi. Bunday hollarda diagnoz qo’yish yoki uni tasdiqlash uchun laborator tekshirish usullaridan foydalaniladi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yelin so’rg’ichi kanalini tor bo’lishi

    Download 2,5 Mb.