• H omila oyoqlari tos-son bo’g’inidan bukilib qolganda kesib olish.
  • 102- rasm. Homila oyoqlarini sakrash bo’g’inidan kesib olish.
  • Homilaning ichak-chovoqlarini olib tashlash
  • Homila oyoqlarini sakrash bo’g’inidan kesib olish




    Download 2,5 Mb.
    bet69/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Homila oyoqlarini sakrash bo’g’inidan kesib olish. Homilaning oyog’i sakrash bo’g’inidan bukilib qolib, tos bo’shlig’ida qisilib qolgan hollarda bunday operasiya o’tkaziladi. Buning uchun dastlab oyoqni sakrash bo’g’inidan yuqorirog’iga arqon sirtmoq solinadi va iloji boricha uni tashqariga tortib, boldir suyagi bilan oyoq kaftining o’rtasidagi bo’g’inning barcha suyak va bog’lagichlari kesiladi. Arralash jarayonida ko’pincha arra suyaklar orasida qisilib qoladi. Bunday hollarda sakrash bo’g’ini kesilgach, arraning yuqorisidan yo’g’on arqon o’tkazish tavsiya etiladi, bu bilan suyaklarning arrani qisib qolishining oldi olinadi (102- rasm).
    H omila oyoqlari tos-son bo’g’inidan bukilib qolganda kesib olish. Bu operasiya homilaning tos kamari tug’ish yo’llarida qisilib qolganda o’tkaziladi.
    Homila oyoqlari Pflyans fetotomida kesib tashlangani ma’qul. Shuningdek, zanjir va sim arralardan yoki Besxlebov fetotomidan ham foydalanish mumkin. Buning uchun zanjirli pichoq sirtmoq o’tkazgich yordamida homila sag’risi bo’ylab tos-son bo’g’iniga qadar suriladi, qo’l bilan pichoqdan ushlanib homilaning orqa oyoqlari orasidan o’tkaziladi.


    102- rasm. Homila oyoqlarini sakrash bo’g’inidan kesib olish.

    Mana shu tarzda zanjir pichoq tos-son bo’g’ini orasidan o’tkazilib, pichoqni kuchli harakatlantirish bilan dastlab yumshoq qismlari, keyin son suyagining boshi ham arralanadi. Homilani ikkinchi oyog’idan tashqariga tortib chiqarayotganda arralangan joydan chiqib turgan suyak tug’ish yo’llarini jarohatlamasligiga e’tibor berish kerak.


    Homilaning ichak-chovoqlarini olib tashlash (eventerasiya). Haddan tashqari katta va shishgan holatdagi homilaning hajmini kichraytirish maqsadida ichak-chovoqlari olib tashlanadi.
    Homila boshi oldinga qarab joylashganda bitta oyog’i kurak suyagi bilan birga olib tashlanadi. Ilmoqsimon yoki uzuksimon pichoq bilan homilaning 4-5 ta qovurg’asini kesib, ko’krak bo’shlig’i ochiladi. Hosil bo’lgan teshik orqali qo’l bilan aortani ushlab tortib ko’krak bo’shlig’idan a’zolar chiqarib olinadi. Keyin diafragma yoriladi va qorin bo’shlig’idagi ichki a’zolar chiqarib olinadi.
    Homila tosi bilan oldinga qarab joylashganda, qorin bo’shlig’ini eng qulay joyidan, masalan, qorinning pastki yoki yon devorlari orqali ochiladi. Undan keyin qorin bo’shlig’idagi ichki a’zolar olib tashlanib, so’ng diafragmadan teshik ochib, ko’krak bo’shlig’idagi a’zolar tashqariga chiqariladi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Homila oyoqlarini sakrash bo’g’inidan kesib olish

    Download 2,5 Mb.