|
Veterinariya akusherligi
|
bet | 66/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTOchiq usul. Homilaning boshi orqaga qayrilib qolganda zanjir yoki sim arra sirtmoq o’tkazgich yordamida bo’yin atrofidan o’tkaziladi.
Zanjir arra 36 ta tishchadan iborat, uning ikkala uchida halqasi bo’lib, ulardan arqon o’tkaziladi. Arra tishlari homila tanasiga qaraganligiga ishonch hosil qilgach, arqonning uchlaridan galma-gal tortilib, arra ishga tushiriladi. Bu arraning noqulayligi shundaki, u bilan homila a’zolarini kesayotganda ba’zan to’xtab (qisilib) qoladi.
Sim arraning po’lat simlari bir-biriga o’rab chiqilgan, uning har ikkala uchida halqasi bo’ladi. Bu arra ham xuddi zanjir arra singari ishlatiladi. Arra kiritilguncha homilaning ensa qismidagi terisi kesib qo’yilgan bo’lsa boshni ajratib olish muddati ancha qisqaradi. Bundan tashqari, teri kesigi arrani ma’lum joyga kiritish imkonini beradi va sirg’anib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Arra uchlariga bog’langan arqonlar hiqildoq qismida bir-biri bilan kesishtiriladi va tashqariga chiqariladi. Arralayotganda homila bo’ynining kesigi boshining uzunasiga ketgan o’qiga taxminan perpendikulyar bo’lishi uchun boshining oldingi qismi bir oz ko’tarib turilishi kerak.
Zanjir va sim arralar ona hayvonning tug’ish yo’llarini va bachadonni jarohatlantirishi mumkin. Shuning uchun himoyalangan fetotomlardan foydalanish ma’qul. Akusherlik amaliyotida Besxlebnov va Pflyans fetotomi ko’p ishlatiladi. Bu fetotom sim arra, metall boshchalar, ikkita rezina nay, ikkita vintlab mahkamlanadigan metall o’tkazgich va ikkita dastachalardan iborat. Bundan quyidagicha foydalaniladi: Amputasiya qilinishi lozim bo’lgan homila qismlarining atrofidan sirtmoq o’tkazgich yordamida sim arra o’tkaziladi. Keyin arraning uchlari tug’ish yo’llaridan tashqariga chiqarilib, undan sirtmoq o’tkazgich ajratiladi. Keyin arraning ikkala uchi maxsus o’tkazgich yordamida fetotomning temirli boshchalarining teshiklari, rezina naylari va temir dastachalari orqali navbatma-navbat o’tkaziladi. Akusher fetotomni bachadonga suradi va boshi homilaning amputasiya qilinadigan qismiga taqalgach, naychalarning bir-biri bilan tutashgan joyidan qo’l barmoqlari yordamida ushlab turiladi.
Operasiya qilinayotgan paytda rezina naylar bo’ylama yo’nalishda bo’lishini kuzatib turish zarur (egilib va buralib qolmasligi). Yordamchi akusherning nazorati ostida qo’llarini galma-gal, goh oldinga, goh orqaga bir tekis (siltamasdan) harakatlantirib tez arralaydi. Ish vaqtida arrani ikkala uchi bir tekis tortilgan va yaqinlashtirilgan bo’lishi kerak, bunda sim arraning uchlari fetotom naylaridan parallel o’tadi.
Hozirgi vaqtda yangi universal akusherlik asbobi ayri-fetotom ishlatilmoqda. Ayri-fetotom ikkita yopiladigan juft temir naydan iborat. Naylar bir-biri bilan tutashadi va ayri-fetotom oldingi qismining pastki uchiga birikkan prujinaning ichki tomonida joylashgan qisgich bilan mahkamlanadi. Oldingi qismida ayri, orqasida esa foydalanish qulay bo’lsin uchun dasta bo’ladi. Sim arra temir o’tkazgich yordamida o’tkaziladi. Bu fetotomdan ham xuddi yuqorida aytib o’tilgandagidek foydalaniladi. Ayridan fetotom bilan birga foydalanish homilani ushlab turishni yengillashtiradi. Temir naylar hayvonning tug’ish yo’llarini va akusherning qo’lini jarohatlanishdan saqlaydi hamda fetotomdan foydalanishni yengillashtiradi.
Pflyans fetotomi zanjir pichoq, zanjir, asos va tish uzatmali vallardan iborat. Arqon va sirtmoq o’tkazgich yordamida zanjir bachadonga kiritiladi. Ularni tug’ish yo’llaridan chiqarishda pichoq zanjirning bir uchi rama quloqchasiga biriktirilgan zanjirga ulanadi. Keyin zanjir pichoq homilaning amputasiya qilinishi lozim bo’lgan atrofidan o’tkaziladi. Zanjirning uchi birin-ketin ramaning teshigi va yo’naltiruvchi halqa orqali o’tkaziladi, keyin esa valning ilmog’iga kiygiziladi. Bunda akusher fetotomning zanjir pichog’ini yo’naltiradi, yordamchisi esa ramani ushlab turib zanjirni valga o’raydi. Zanjir valga o’ralgan sari rama tug’ish yo’llariga suriladi va qulog’i bilan homila to’qimasiga taqaladi. Tortilgan zanjir pichoq homilani qamrab olgan barcha qismlarini kesadi.
|
| |