• Teri osti usuli
  • - rasm. Sigirlarda operasiya o’tkazish joylari




    Download 2,5 Mb.
    bet64/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    103- rasm. Sigirlarda operasiya o’tkazish joylari:1- o’rta vertikal; 2-4- o’rta qiyshiq va 5-ventro-lateral.

    Bachadon devori katta egri chizig’i bo’ylab, qorin devoridagi kesilgan joy kattaligiga mos tarzda kesiladi, chunki bachadon devori ochilgandan keyin darhol uning jarohatlangan joyining chetlari qorin devorining jarohatlangan chetlari bilan tugunli usulda tikiladi. Bu hayvonning qorin bo’shlig’iga amnion suvi tushmasligini ta’minlaydi.


    Hayvonning operasiya qilinadigan joyiga sterillangan salfetka yopib qo’yiladi, keyin homila pardalari pinset bilan ushlanib, skalpel yordamida teshikcha hosil qilinadi. Keyin bu teshikka rezinali nay o’rnatilib, homila oldi suvi tortib olinadi. Keyin bu teshik kengaytirilib, orqa oyoqlaridan ushlanib homila tashqariga tortib olinadi. Homila chiqarib olinishi bilan yo’ldoshi ham ajratiladi. Hayvonga operasiya oldidan homila yo’ldoshining ajralishini va bachadon qisqarishini yaxshilaydigan dorilardan pituitrin 8-10 ml teri ostiga yuboriladi. Homila yo’ldoshi ajratilgandan keyin bachadonning kesilgan chetlarini qorin devorining kesilgan chetlari bilan birlashtirib turgan choklar olib tashlanadi. Bachadonning kesilgan joylarga antibiotiklar ishlatiladi. Keyin bachadon shoxining kesilgan joylari qavatma-qavat qilib tikiladi. Bunda birinchi chok (uzluksiz ravishda) zardob va muskul pardalarni tikish, ikkinchisi zardob parda va muskulni tikish (tugunli) birinchi chokning ustidan o’tkaziladi.
    Hayvon qorin devorining kesilgan joyi 2-3 qavat qilib tikiladi: birinchisi muskul va qorin pardasiga, ikkinchisi muskulga va uchinchi chok teriga tugun hosil qilib tikiladi.
    Peritonitning oldini olish maqsadida epiplevral novokainli blokada o’tkazilishi tavsiya etiladi. Operasiyadan so’ng hayvon keng xonada saqlanib, ostiga toza va qalin to’shama solinadi. Kuniga ikki marta tana harorati o’lchanadi, rasionga yengil hazm bo’ladigan, bijg’imaydigan oziqlar kiritiladi. Operasiyadan so’ng 8-9 kun o’tgach, hayvon odatdagi oziqlanish rasioniga o’tkaziladi.
    HOMILANI KESIB OLISh (FETOTOMIYa)
    Fetotomiya operasiyasi homilani ona hayvon bachadonidan butunligicha tashqariga chiqarib olishning iloji bo’lmaganda ko’pincha yirik hayvonlarda, kamdan-kam hollarda qo’y va echkilarda qo’llanadi.
    Fetotomiya operasiyasini o’tkazish uchun hayvonlar klinik tekshiriladi, jinsiy a’zolar holati va tug’ish jarayoni patologiyasi aniqlangandan so’ng operasiya rejasi tuziladi. Fetotomiya operasiyasi o’tkazilganda aseptika qoidalariga qat’iy rioya qilinadi. Operasiya davomida qo’llanadigan barcha asboblar jinsiy yo’llarga qo’l nazorati ostida kiritiladi. Kesib olingan homila tana qismlarining o’tkir tomonlari bachadon va tug’ish yo’llaridan olib chiqilayotganda sochiq yoki salfetka bilan yopilgan bo’lishi kerak.
    Barcha asboblar bevosita qo’l himoyasi va nazorati ostida bachadonga kiritiladi, tig’i esa homilaning tanasi bo’ylab olib boriladi. Ish vaqtida asbobning qo’ldan chiqib ketishidan ehtiyot bo’lish lozim.
    Fetotomiyaning ikkita asosiy usuli: teri osti (yopiq) va ochiq usuli mavjud. Teri osti usulida kesuvchi asbob homila terisi ostida, ya’ni bachadon shilliq pardasiga tegmagan holda, ochiq usulida esa asbob homila tanasi bilan bachadon devori orasidagi bo’shliqqa kiritiladi.
    Yetarlicha tajribaga ega bo’lguncha fetotomiyaning teri osti usulini qo’llash kerak.
    Teri osti usuli. Oldin ko’z kosasiga solingan ilmoq yordamida homilaning boshi tashqariga tortib turilishi kerak. Keyin ensadan lab burchagi yoki iyakka qadar quloqlar oldidagi teri jarrohlik yoki akusherlik pichog’i bilan kesiladi. Bular: 1) orqasida suriluvchi metall halqasi bo’lgan uzuksimon (tig’i to’g’ri yoki ilmoqsimon qayrilgan); 2) bandli ilmoqsimon; 3) yopiladigan; 4) teri qirqadigan pichoqlardir.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Sigirlarda operasiya o’tkazish joylari

    Download 2,5 Mb.