• 99- rasm. Homilaning oldingi oyoqlarini zanjirli arra bilan ochiq usulda kesib olish.
  • H omilaning oldingi oyoqlarini kesib olishning teri osti usuli




    Download 2,5 Mb.
    bet67/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    H omilaning oldingi oyoqlarini kesib olishning teri osti usuli. Homilaning tushov bo’g’iniga arqon sirtmoq solinadi. Shu arqon yordamida kesilishi lozim bo’lgan oyoqni imkoni boricha tashqariga tortib turiladi. Tushov bo’g’inining bir oz yuqorisidan teri atrofining 3/4 qismi teri osti kletchatkasigacha jarrohlik pichog’ida kesilib, uning bir necha santimetri pinset yordamida yoki qo’lda teri osti kletchatkasidan ajratiladi. Kesilgan joyga shpatel kiritilib, homilaning oyog’i bo’ylab va kurak qismi terisi ajratiladi.


    99- rasm. Homilaning oldingi oyoqlarini zanjirli arra bilan ochiq usulda kesib olish.

    Bunda teri yirtilib, tug’ish yo’llarini jarohatlamasligi uchun shpatelning yuqorisini qo’l bilan berkitilib turishi kerak. Homilaning oyoqlari qattiq tortib turilib, terisi ajratiladi. Keyin teri tushov bo’g’inidagi ko’ndalang kesikdan kurak suyagi asosigacha uzuksimon yoki yopiladigan pichoqlar bilan uzinasiga kesiladi.


    Homilaning terisi teri pichog’i bilan kesilgani ma’qul. Teri pichog’i yaxlit sterjendan iborat bo’lib, uning bir uchi ikkiga ajralgan, shu bilan birga bir xil uzunlikda bo’lmagan ikkita panjacha hosil qiladi. Shu panjalar orasida kesuvchi plastinka joylashadi. Buning uchun teri pichog’ining uzunroq panjasi oldindan uzuksimon pichoq bilan kesilgan joy orqali teri ostiga kiritiladi, keyin pichoqni surish bilan teri tezda kesiladi, tug’ish yo’llari jarohatlanmasligi uchun uning tig’ini qo’l bilan yopib turish kerak.
    Kurak suyagining ko’krak qafasi bilan birlashtirib turuvchi muskullar shpatel yoki yopiladigan pichoqda kesiladi. Keyin tushov bo’g’inining yuqorirog’iga arqon sirtmoq solinadi va 2-3 kishi kuch bilan tortib, oyoqni uzib oladi. Bunda homilani ayri bilan ushlab turish yoki akusher uni qo’l bilan itarib turishi tavsiya etiladi (99- rasm).
    Homila oyog’ini ekstraktor bilan kesib olish juda qulay. Homila oyog’ining butun uzunasi bo’ylab terisi teri osti kletchatkasidan ajratilgandan keyingina bu asbobdan foydalanish mumkin.
    Pflyans ekstraktori zanjir, suriluvchi halqa, asos va tish uzatmali valdan iborat. Bu ekstraktor Pflyans fetotomi korpusiga o’xshash tuzilgan. Unda fetotomdagi rama o’rniga ko’ndalangiga suriladigan halqasi bo’lgan ikkita temir sterjen o’rnatilgan. Ekstraktor teri kesib chiqilgandan keyin homila oyog’ini uzib olish uchun ishlatiladi. Buning uchun homila oyog’i ekstraktor suriluvchi halqasi orqali o’tkazilib, zanjir panja yoki bilak suyagiga mahkamlanadi va uning bir uchi valning maxsus ilmog’iga mustahkamlanadi. Ekstraktor bandi aylantirilganda zanjir tortiladi va suriluvchi halqa bachadonga surilib, homila tanasiga zich taqaladi. Dastani aylantirish va zanjirni qattiq tortish natijasida homila oyog’i tanasidan uzib olinadi.
    Ochiq usul. Homilaning kesilishi lozim bo’lgan oldingi oyog’i qaytadan bachadon bo’shlig’iga kiritiladi va yelka bo’g’inidan bukiladi. Keyin kurak suyagining orqa burchagi bo’ylab terisi va muskullari chuqur kesiladi, bu kesilgan joyga sirtmoq yordamida arra yoki fetotom shunday kiritiladiki, bunda ular ko’rak suyagining orasida joylashsin. Arraga biriktirilgan arqonning uchlari jinsiy yoriqdan tashqariga chiqarilgach, bir xil uzunlikda bo’ladi, ular chalishtiriladi va arra bir necha bor harakatlantirilib, kurak suyagi ko’krak qafasidan ajratiladi.
    Arra bo’lmaganda homila oyog’ini boshqa usulda ham ajratib olish mumkin. Dastlab pichoq bilan homila kurak suyagining oldingi va orqa chetlari qo’ltiq osti sohasi va nihoyat, homilaning yag’rin sohasida joylashgan teri va muskullari chuqur qilib kesiladi. Mana shu tarzda teri atrofini aylantirib kesib, keyin homila oyog’iga arqon solinadi va qattiq tortib uni tashqariga chiqarib olinadi. Ekstraktor bo’lganda, undan foydalanish ma’qul. Oldingi tomonga qarab to’g’ri joylashgan homila oyog’ini zanjir arra bilan kesish mumkin. Buning uchun homila kurak suyagining orqa cheti joylashgan yerdan pichoq bilan kesiladi. Keyin kesikka zanjir arra kiritiladi. Bu arra muskullarni ham kesadi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    H omilaning oldingi oyoqlarini kesib olishning teri osti usuli

    Download 2,5 Mb.