|
Homila oyog’ini kaft oldi bo’g’inidan kesish
|
bet | 68/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTHomila oyog’ini kaft oldi bo’g’inidan kesish. Homilaning oyog’i kaft oldi bo’g’inidan bukilib, tos bo’shlig’iga qattiq qisilib qolganda yoki homila ko’ndalang joylashib qolgan vaqtlarda uni bachadonda aylantirishni yengillashtirish maqsadida kaft oldi bo’g’inidan kesib tashlanadi.
H omila oyog’ini kaft oldi bo’g’inidan kesish uchun bukilgan joyga arra yoki fetotom taqab quyiladi va bo’g’in arralab tashlanadi (99- rasm). Homilaning oyog’i hayvonning tug’ish yo’llarida normal joylashgan bo’lsa uni kesib tashlash uchun uzuksimon pichoqdan ham foydalanish mumkin.
100- rasm. Homilaning oldingi oyoqlarini zanjirli arra bilan bilak bo’g’inidan kesish.
Homila orqa qismi bilan joylashganda uning orqa oyoqlarini kesib olish. Teri osti usuli. Homilaning orqa oyog’ini kesish oldingi oyog’ini kesib tashlash singari bo’ladi. Kesib tashlanadigan oyoq tushov bo’g’iniga solingan arqon yordamida iloji boricha tug’ish yo’llaridan tashqariga tortiladi.
1 01-rasm. Buzoqning orqa oyoqlarini Drana usuli bo’yicha Tigezen fetotomida amputasiya qilish.
Terini teri osti kletchatkasidan ajratib olgandan keyin, uzuksimon yoki ilmoqsimon pichoqda son bilan tosni birlashtiruvchi muskullar ehtiyotlik bilan kesiladi. Bunda muskullarni kesadigan joy dumg’aza suyagi yonidan va tos suyagini son suyagi bilan tutashtirgan bo’g’inga yaqin joyida bo’ladi. Agar pichoqni kiritish mumkin bo’lmasa muskullarni shpatel bilan uzishga harakat qilinadi. Bunda shpatel teri ostiga kiritilib, tos-son bo’g’ini tomonga yo’naltiriladi (101- rasm).
Homila oyog’i uzib olinayotgan vaqtda son suyagining tanasini arqon bilan o’rash tavsiya etiladi, bu oyoqlarni son suyagining pastki epifizidan uzilib ketishidan saqlaydi.
Ochiq usul. Homilaning dumg’aza va son suyaklari orasidagi teri muskullari ilmoqsimon yoki uzuksimon pichoq yordamida kesiladi. Kesik chuqurligi tos suyagining son suyagi bilan tutashgan bo’g’iniga qadar borishi lozim. Kesikka sirtmoq o’tkazgich yordamida zanjir arra kiritiladi, uni harakatlantirib tos suyagining son suyagi bilan tutashgan bo’g’ini va sonning qolgan muskullari kesiladi.
|
| |