|
Yelin va yelin so’rg’ichlari jarrohliklari
|
bet | 71/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTYelin va yelin so’rg’ichlari jarrohliklari.
Yelinning travmatik shkastlanishi. Yelin jarohatlari yuza va chuqur jarohatlarga ajratiladi. Faqat teri va teri osti kletchatkasi jarohatlanganda yuza jarohat, teri va teri osti kletchatkasi bilan birga yelin parenximasining jarohatlanishida chuqur jarohat deyiladi.
Sabablari. Zarb tegishi, it tishlab olishi, o’tkir jismlar sanchilishi va boshqalar yelinning jarohatlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Hayvonlar yaylovga chiqarilganida yelinning tikanli sim, buta shoxlari va to’nkalardan jarohatlanishini ko’p uchratish mumkin.
Klinik belgilari va kechishi. Teshib o’tgan jarohatlarning xarakterli belgisi jarohatlangan joydan tinmay sut sizib chiqishi hisoblanadi. Shu sababli bunday jarohatlar juda sekin bitadi va bezning chuqur joylashgan to’qimalariga mikroblar o’tishi tufayli ko’pincha murakkablashadi. Bu yerdan mikroorganizmlar limfa tomirlari va sut yo’llari bo’ylab yelinning butun choragiga yoki yarmiga tarqaladi va yiringli mastitga sabab bo’ladi. Yiringli mastit ko’pincha kasallangan yelin qismining butunlay sut ajratmay qo’yishiga olib keladi.
Davolash. Dastlab, steril tampon yoki doka bilan jarohat yuzasi iflosliklardan va qon laxtalaridan tozalanadi. Keyin jarohat bo’shlig’i dezinfeksiyalovchi eritmalar: rivanol (1:500), vodorod peroksid (3-5%-li) eritmasi bilan yoki spirt rektifikat bilan suyultirilgan (1:100) yod eritmasi bilan yuviladi. Yuza jarohatlar tozalanib, o’lgan to’qimalar olib tashlangandan keyin jarohatga tugunli choklar qo’yiladi.
Yelin so’rg’ichi jarohatlanganda yelin kanali torayib qolmasligi uchun unga oldindan qaynatib sterillangan sut kateteri o’rnatiladi. Uzun sut kateteri sisterna shilliq pardasini shikastlantirmasligi uchun egovlab tashlanadi va dumaloqlanadi. Sut kateteri qo’yilgan joy ip bilan bog’lanadi, bunda ipning bir uchi kateter kallagiga bog’lanadi, ikkinchisi esa kollodiyli tutqich bilan yelin terisiga yopishtiriladi. Yelinning jarohatiga bog’lam qo’yish yoki unga leykoplastr yopishtirib qo’yishi mumkin.
|
| |