|
Veterinariya akusherligi
|
bet | 72/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MT125- rasm. Yelin so’rg’ichiga sut kateterini ligatura yordamida mahkamlash.
Sigir sog’ilmaydigan davrda bo’lsa yelindagi chuqur jarohatlarni davolash yaxshi samara berishi mumkin. Jarohat kanalining chetlari lyaps, karbol kislota yoki termokauter bilan kuydirib turiladi. Sigir sog’iladigan davrda jarohatni yaxshilab tozalash, antiseptik eritmalar bilan yuvish va chok qo’yish kerak. Bunda jarohatning pastki qismi ekudat chiqib turishi uchun ochiq qoldirilib, unga dokadan drenaj qo’yiladi.
1 25- rasm. Sut sisternasining teshilishida plastik operasiyalar: I- teshik atrofidagi qattiq to’qimalarni olib ashlash (A); II-sisterna shilliq pardasiga chok qo’yish (B) va teridagi kesmani o’zaytirish (uzlukli chiziqlar bilan ko’rsatilgan); III- jarohatning butun yuzasini teri bo’lagi bilan yopish.
Sog’ish davrida sut oqmasligi uchun yelinda plastik operasiya o’tkazish mumkin. Buning uchun oqma yara va atrofidagi biriktiruvchi to’qimalar kvadrat shaklida kesib tashlanadi. Keyin jarohatning chetlariga ketgutdan 2-3 ta chok solinadi. Teri jarohatining ko’ndalang chetlari uzaytiriladi. Kesmalar orasida hosil bo’lgan ortiqcha teri qirqiladi va u yelin parenximasiga qo’yilgan choklarni bekitadigan darajada tortilib choklab qo’yiladi.
Yelinning zarb yeyishi (Conrusio uberis). Yelinning kontuziyalari qon tomirlarining yorilishiga sabab bo’lishi mumkin, buning natijasida yelin biriktiruvchi to’qimasiga qon quyilib, unda qontalashlar hosil bo’ladi yoki katta gematomalar yuzaga keladi.
Sabablari. To’siqlarga urilib shikastlanishi, hayvonlar yaylovda boqilganda to’nka yoki boshqa qattiq jismlarga urilishi, boshqa hayvonlarning shoxlashi, tayoq bilan urish va boshqalar yelinning zarb yeyishiga sabab bo’ladi.
Klinik belgilari. Zarb tekkanidan keyin bir necha soat o’tgach yelinda qontalash yoki shish paydo bo’ladi. Shish paypaslab ko’rilsa flyuktuasiya seziladi va biroz og’riydi. Keyinchalik shish yumshaydi. Yelinning zarb tekkan bo’lagidan ko’pincha qon aralash sut keladi. Jarohatlangan joy o’rnida biriktiruvchi to’qima o’sishi hisobiga qattiq bo’lib qoladi.
Davolash. Hayvon tinch joyga qo’yiladi. Qon oqishini to’xtatish uchun yelinga birinchi 2-3 kunda sovuq narsa (qor yoki muzli xaltacha, sovuq loy, burov suyuqligi) bosiladi. Sutga qon aralashgan bo’lsa sutni kateter bilan sog’ib olish tavsiya etiladi (kateter oldin qaynatib sterillanadi, yelin uchi esa spirt bilan artiladi). Sovuq yallig’lanish jarayonini to’xtatmasa 3-4 kun issiq qo’yiladi. Bundan tashqari, yelin yengil massaj qilinadi, hayvon asta-sekin yurgiziladi, yelinga kamforali, ixtiolli va boshqa malhamlar surtiladi.
Foydalanilgan vositalar natija bermasa elektroforez usulini (yod ionlari bilan) muvaffaqiyat bilan qo’llanish mumkin.
Gematomalar paydo bo’lgandan keyin, kam deganda 5-6 kun o’tgach ularni kesib tozalash mumkin, aks holda qon oqishi takrorlanishi mumkin. Qon quyulgan joylarga infeksiya tushishi natijasida abssess yoki flegmona rivojlanganda flyuktuasiya kuzatilgan joylar kesilib tozalanadi.
|
| |