Sigirlarda qin va bachadon bo’ynidan olingan suyuqlik tarkibi




Download 2,5 Mb.
bet75/75
Sana09.10.2024
Hajmi2,5 Mb.
#274377
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Akusherlik MT

Sigirlarda qin va bachadon bo’ynidan olingan suyuqlik tarkibi

Kuyikish bosqichlari

Epiteliy xujayralari

K

O’

M

Yas

Df

Kuyikishdan oldingi davr

36-61

18-35

8-37

6 ta gacha

-

Kuyikish davri

63-70

20-37

6-22

6 ta gacha

-

Kuyikishdan keyingi davr

45-66

20-37

9-21

2-4

-

Turg’unlashish davri

2-12

9-20

71-78

yo’q

-

O’tkir kechadigan endometrit paytida o’rtacha kattalikdagi epiteliy hujayralarning soni ko’p bo’lib, deformasiyalangan hujayralar ham uchraydi. Surunkali va kataral endometritlarda yadrosiz hujayralar soni 6 tagacha, katta hujayralar soni 55 ta, deformasiyalangan hujayralar 1-6 ta gacha bo’ladi, o’rtacha kattalikdagi hujayralar soni esa uncha ko’p bo’lmaydi. Tuxumdonning follikulyar kistasida o’rtacha kattalikdagi epiteliy hujayralari 43-68 ta gacha bo’lsa katta va mayda hujayralar soni nisbatan oz bo’ladi, yadrosiz hujayralar mutlaqo uchramaydi.


Bachadon bo’yinchasidan olingan suyuqlikning muhitini (pH) aniqlash. Bachadon bo’yinchasidan olingan shilimshiq suyuqlikning reaksiyasi rN-metr yordamida aniqlanadi. Bunda shilimshiq suyuqlik kuyikkan sigirlar bachadoni bo’yinchasidan to’g’ridan-to’g’ri olinganda ob’ektiv ma’lumotga ega bo’linadi. Qin oynasi orqali pH-metrning elektrodi devorlariga tekkizilmasdan to’g’ri bachadon bo’yinchasi kanaliga yuboriladi.
Bo’g’oz hayvonlarda elektrod bachadon bo’yinchasi kanalidagi shilimshiq probkaga tekkiziladi. Me’yorida pH ko’rsatkichi 7,1-7,8 ga teng bo’ladi.
Sigirlarda bachadon gipotoniyasi va endometritlarni aniqlashning ekspress usuli. Hayvon tuqqandan so’ng jinsiy a’zolaridan ajralayotgan loxiy va kuyikishdagi shilimshiq suyuqliklar tarkibida indikan (bachadonning qisqarishi buzilganda) hamda endometrit kasalligida aromatik qatorga kiruvchi zaharli moddalarning (indol, skatol va boshqalarni) ko’payishini aniqlashga asoslangan usuldir. Bu usulni bajarishda qo’lga polietilen qo’lqop kiyilib, tekshirlayotgan sigirlarning qiniga yuboriladi va tuqqandan so’ng bachadondan ajralayotgan loxiy va bachadon bo’yinchasi atrofidan shilimshiq suyuqlik olinib, bankachaga yoki probirkaga solinadi hamda idishlarga sigirlarning laqabi va tartib soni yozib qo’yiladi.
Material olingandan darhol tekshirilishi kerak, lekin uni salqin joylarda 2-3 soat mobaynida saqlash ham mumkin. Sigirlar nuqsonli bola tuqqanda 5-6 kundan so’ng jinsiy a’zolardan ajralayotgan loxiy va bir necha bor urug’lantirilayotgan sigirlardan bachadon bo’yinchasi atrofidan suyuqlik jinsiy qo’zg’alish davrida olinadi. Probirkaga 5 ml tekshirilayotgan loxiy uning ustiga 5 ml 2%-li uch xlorli sirka kislotasi eritmasidan solinib, aralashtiriladi va 3-4 daqiqadan so’ng qog’oz filtrdan o’tkaziladi. Keyin sentrifuga probirkasiga 4 ml filtrat solinib, ustiga 2 ml 5%-li timol eritmasidan qo’shib aralashtiriladi, keyin esa unga 6 ml reaktiv quyilib, 1 soat saqlanadi. Shundan keyin bu probirkaga etil spirti va xloroform aralashmasidan 1 ml aralashtiriladi va sentrifugaga o’rnatilib, minutiga 1-2 ming marta aylanish tezligida 5 daqiqa aylantiriladi.
Reaksiyani baholash: xloroform tiniq bo’lsa (-) - bachadonning qisqarishi norma atrofida, oq pushti rang (+) - bachadonning qisqarishi qisman buzilgan, pushti rang (++) - bachadon gipotoniyasi, binafsha qizg’ish rang (+++) - bachadon gipotoniyasi yoki atoniyasi, binafsha rang (++++) - bachadon atoniyasi deb hisoblanadi.
Bakteriologik tekshirishlar jinsiy a’zolardan ajralayotgan ekssudat tarkibida trixomonoz, vibrioz qo’zg’atuvchilari hamda shartli patogen mikroorganizmlar va zamburug’larni aniqlash maqsadida olib boriladi.
Trixomonoz qo’zg’atuvchisini topish maqsadida tekshirilayotgan sigir jinsiy a’zolaridan olingan shilimshiq suyuqlik yoki ekssudatdan bir tomchi olinib tekshiriladi. Agar shilliq modda quyuq bo’lsa uni steril fiziologik eritma bilan suyultirish mumkin.
Tekshirilayotgan tomchi mikroskopning qorong’ilashtirilgan maydonida oldin kichik (X 220), keyin obyektivida (X 280-400) tekshirilganda harakatchan trixomanadalarning xilpillovchi membranasi aniq ko’rinadi.
Vibrioz kasalligi qo’zg’atuvchisini aniqlashda shilimshiq suyuqlikdan surtma tayyorlanadi va turli bakteriologik bo’yoqlar (korbolli, fuksin, gensianviolet, metil ko’ki va b.) bilan bo’yaladi. Surtma mikroskopda immersion sistemada tekshiriladi, bunda vibrioz qo’zg’atuvchisi vergulsimon yoki parmasimon shaklda bo’ladi.
Genetik tekshirishlar irsiy matematik analiz usullariga asoslangan holda olib boriladi. Bunda sigir va uning bolalari, foydalanilayotgan buqalar ona avlodlari ko’payish funksiyalarining ko’rsatkichlari, ya’ni urug’lantirish indeksi va urug’lanish, bo’g’ozlik davrining davom etishi va bola tug’ish davrlari orasidagi vaqt, bola tashlashning uchrashi, tug’ish patologiyasi, tuxumdon kistasi va ko’p homilali tug’ishlar e’tiborga olinadi.

ERKAK NASLLI HAYVONLARNI TEKShIRISh.


Bepushtliklarning sabablarini aniqlashda erkak naslli hayvonlarni tekshirish katta ahamiyatga ega bo’ladi. Hamma turdagi naslli hayvonlarni tanlashda zootexnikaviy va veterinariya-sanitariya talablariga rioya qilish lozim.
Klinik tekshirishlardan oldin naslli erkak hayvonlarda urg’ochi hayvonlarga o’tishi mumkin bo’lgan yuqumli va parazitar kasalliklar yo’qligiga ishonch hosil qilinishi kerak.
Erkak naslli hayvonni individual klinik tekshirish quyidagilardan iborat bo’ladi: 1) umumiy kuzatish; 2) jinsiy a’zolarni tekshirish; 3) refleksologik tekshirish; 4) spermani tekshirish.
Erkak hayvonni umumiy kuzatish va jinsiy a’zolarni tekshirish. Ochiq joyda yoki yorug’ manejda naslli erkak hayvon batafsil kuzdan kechiriladi. Bunda teri kasalliklari, ayniqsa qo’tir, temratki va b. bor-yo’qligi, limfa tugunlari, muskullar, oyoq bo’g’inlari, tuyoqlarning holatiga e’tibor beriladi. Talab etilganda nafas, ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir, asab, ayirish kabi tizimlar maxsus usullar yordamida tekshiriladi.
Jinsiy a’zolar kuzatilib, bunda urug’don xaltasi, urug’donlar, prepusiya xaltasi va jinsiy a’zoning holati va talab etilganda qo’shimcha jinsiy bezlar, siydik xaltasi, chot kanali va buyraklar tekshiriladi.
Me’yorida urug’don xaltasi terisi jun bilan qoplangan, paypaslanganda mayin, burmaga olinadi va harakatchan bo’ladi. Teri ostida joylashgan urug’donlar, urug’don ortig’i va qin pardasi yaxshi paypaslanadi. Urug’donlar va urug’don ortig’ining yuzasi silliq, tekis, taranglashgan konsistensiyada bo’ladi.
Odatda buqalar va erkak cho’chqalarda jinsiy a’zoning holati jinsiy aloqa paytida kuzatiladi. Lekin jinsiy a’zoni batafsil tekshirish uchun tos bo’shlig’ida 2%-li novokain eritmasi bilan (ikki tomonlama) og’riqsizlantiriladi.
Buning uchun naslli buqa tik turgan holatda fiksasiya qilinadi, hayvon bezovta bo’lganda neyroplegik vositalar qo’llaniladi. Buqa, qo’chqor va erkak cho’chqalarda igna o’rni o’tirg’ich suyagi-to’g’ri ichak chuqurchasida quymich-o’tirg’ich suyagi payining orqangi chegarasida bo’ladi. Inyeksiya o’rni tayyorlangandan keyin ikki joyga novokain eritmasi yuborilib, adashgan nerv, tos nerv tuguni va gemorroidal nervlar qamal qilinadi. Og’riqsizlantirish muddati 1,5-2 soat davom etadi.
Ayg’irlarda I. I. Magda usulida jinsiy a’zoni og’riqsizlantirish uchun 3%-li novokain eritmasi qo’llaniladi. O’tirg’ich yoyining o’rta qismida chap qo’l bilan terisi chapga suriladi va siydik-jinsiy kanalning ostiga igna sanchilib, 2-4 sm o’ng tomondan chap tomonga ignaning uchi o’tirg’ich yoyning o’rtasigacha, ya’ni jinsiy a’zo oyoqchalarigacha suriladi va 20 ml novokain eritmasi yuboriladi. Og’riqsizlantirish 2 soatgacha davom etadi.
Erkak naslli hayvonlarni refleksologik tekshirish jinsiy aloqa paytida amalga oshirilishi lozim. Agar nasllik hayvon sun’iy urug’lantirish punktida tulum urg’ochi hayvondan foydalanish bilan ishlatilsa undan urug’ olib ko’rish paytida jinsiy reflekslarning (quchoqlash, friksion harakat, ereksiya va eyakulyasiya) namoyon bo’lishiga e’tibor beriladi. Bu reflekslar qancha aniq namoyon bo’lsa naslli erkak hayvon yuqori sifatli deb hisoblanadi.
Spermani tekshirish. Spermani tekshirish natijalari erkak naslli hayvonning sifatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Agar naslli hayvonda aspermiya yoki sperma sifatining yomonligi aniqlansa uning eksteryer ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishining ahamiyati yo’qoladi. Agar spermaning sifati yomon deb topilsa uni ikkinchi marta tekshirish lozim. Chunki ko’p vaqt dam olgandan keyin jinsiy zo’riqish paytida (ayg’irlarda bahor paytida) birinchi jinsiy aloqa paytida doimo past sifatli sperma ajratadi.
Yaxshi sifatli sperma tarkibida yetarli miqdorda tirik va tashqi muhitga chidamli va otalantirish qobilyati yuqori bo’lgan spermiylar bo’ladi va qon, yiring, mikroorganizmlar kabi yot aralashmalar bo’lmaydi.




Download 2,5 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Download 2,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sigirlarda qin va bachadon bo’ynidan olingan suyuqlik tarkibi

Download 2,5 Mb.