• 98- rasm. Simsimon fetotom yordamida homilaning boshi va bo’ynining yarmini kesib olish.
  • H omila boshini kesib olish




    Download 2,5 Mb.
    bet65/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    H omila boshini kesib olish (amputasiya). Homila boshini teri osti yoki ochiq usulda kesib olish mumkin (97- rasm).


    97- rasm. Homila boshini amputasiyasi: A- terini kesish chizig’i; B- homila boshini kesib olish.

    U zuksimon pichoqlarning ikkala modeli ham ochiq bo’ladi, shuning uchun bunday pichoqda operasiya qilish ancha xavfli, chunki bu pichoq kuchanish va to’lg’oq paytida holatini o’zgartirishi, halqadan sirg’alib ketishi va bachadonni, tug’ish yo’llarini hamda akusher qo’llarini kesib qo’yishi mumkin. Pichoq orasidagi halqa standart bo’lgani uchun har qanday barmoqqa to’g’ri kelavermaydi. Shu sababli pichoqdan foydalanayotganda halqa barmoqqa yopishib turishi uchun unga bint o’raladi. Bu o’z navbatida, ishlash jarayonida barmoq harakatini qiyinlashtiradi.




    98- rasm. Simsimon fetotom yordamida homilaning boshi va bo’ynining yarmini kesib olish.

    Ilmoqsimon pichoqning afzalligi shundaki, dastasi ancha kuchli bo’lib, qo’l tayanchi hisoblanadi. Pichoqning bandida teshik bo’lib, ana shu teshik orqali arqon o’tkaziladi. Bo’sh qolgan qo’l bilan tashqariga olib chiqilgan arqon uchlaridan ushlab, tug’ish yo’llarida yoki bachadon bo’shlig’ida pichoq bilan ishlayotgan ikkinchi qo’lga yordam berishi mumkin.


    Yopiladigan pichoq ikkita temir plastinkalari orasidagi shtifga o’rnatilgan tig’dan iborat. Pichoq tig’i maxsus plastinkalar bilan shunday ushlab turiladiki, bunda pichoq orqasi plastinkalar ostiga kirib turadi, tig’i esa ular bilan yopilib turadi. Pichoq bandidagi teshik xuddi yuqorida aytib o’tilgan pichoq modellari singari xizmat qiladi. Bu pichoqning qo’layligi shundan iboratki, u ishlatilayotganda hayvonga yoki akusherning o’ziga hyech qanday zarar yetkazmaydi.
    Homila terisi kesilgandan keyin uni teri osti kletchatkasidan dastlab jarrohlik pichog’ida, keyin esa bukik shpatelda ajratiladi, bunda homilaning qulog’i bo’yin tomon terisida qolishi kerak.
    Terini unga tegishli to’qimalardan ajratib olishda kalta, egilgan va tarnovsimon shpateldan foydalaniladi. Buning uchun shpatel teri kesigiga kiritilib, bandidan bosib terini teri osti kletchatkasidan ajratadi. Ensa paylari va muskullari kesilgandan keyin ensa yorig’iga ilmoq solinadi va boshi tortiladi. Bosh bo’yindan ajratilgach, bo’yinning kesilgan joyi terisiga sirtmoq solinadi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




    Download 2,5 Mb.