Tug’ish jarayoni va uning bosqichlari




Download 2,5 Mb.
bet61/75
Sana09.10.2024
Hajmi2,5 Mb.
#274377
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
Akusherlik MT

Tug’ish jarayoni va uning bosqichlari. Tug’ish jarayoni bachadon va qorin muskullarining faol qisqarishi bilan boshlanadi, unda butun organizm va qisman homilaning o’zi ham ishtirok etadi.
Bachadon devori muskullarining qisqarishiga to’lg’oq (sxvatki), qorin devori muskullarining qisqarishiga kuchanish (potug) deyiladi.
Hayvonlarda bo’g’ozlikning oxirida tug’ishni yaqinlashganligini ko’rsatuvchi qator belgilar yuzaga keladi:
1. Tos paylarining bo’shashib chuzilishi va dumning asosi bilan quymich burtigi oralig’ining cho’kishi. Bu belgilar tug’ishdan 12-36 soat oldin, ba’zan paylarning bo’shashishi bevosita tug’ish boshlanishi oldidan yoki tug’ishga 2-3 hafta qolganda paydo bo’ladi;
2. Jinsiy lablarning shishi va kattalashishi, terisining silliqlanishi va burmalarining to’g’rilanishi;
3. Tug’ishdan oldin qindagi va bachadon bo’ynini probka shaklida yopib turgan quyuq va yopishqoq suyuqliklarning suyuqlashishi va jinsiy tirqishdan ipsimon chuziluvchan shilimshiq suyuqlik shaklda oqib turishi. Bu belgi tug’ishga 1-2 kun qolganda kuzatila boshlaydi. Sigirlarda shilimshiq suyuqlikning oqishi bo’g’ozlikning 4- va 5- oylarida ham kuzatilishi va qaytadan quyuq va yopishqoq suyuqlikdan iborat tiqin hosil bo’lishi mumkin;
4. Yelining shishib kattalashishi va tug’ishga 2-3 kun qolgandan boshlab uviz suti paydo bo’lishi. Ba’zan uviz suti tug’ishdan bir necha kun oldin yoki keyin ham hosil bo’lishi mumkin;
5. Sigirlarda tug’ishga 2-3 soat, biyalarda 12-24 soat qolganda rektal tekshirish bilan bachadon bo’yinchasi uzunligining qisqarishi va yumshashini aniqlash mumkin;
6. Mayda hayvonlarning “tug’ish uchun in” tayyorlashi, cho’chqalarni tug’ishiga 6-12 soat qolganda tez-tez bezovtalanishi, ishtahasining yo’qolishi, tushamalar titkilashi, it va mushuklarning o’ziga tinchroq joy qidira boshlashi. Tuyaning turgan joyidan ancha uzoqqa qochib ketishi.
Tug’ish paytini aniqlashda yuqorida ko’rsatilgan belgilarning hammasi borligi e’tiborga olinishi kerak.
Tug’ish jarayoni tug’ishga tayorlanish, homilaning tashqariga chiqarilishi va yo’ldoshni ajralishi davrlariga bo’linadi. Tug’ishga tayyorlanish davrida bachadon muskullarining muntazam qisqarishlari oqibatida homila va homila oldi suyuqliklari bosim ostida bachadon bo’yni tomonga oqib keladi va uning ochilishini ta’minlaydi. Agar qandaydir sabablarga ko’ra, homila oldi suyuqligi miqdori kam yoki pardasi barvaqt yorilib ketgan bo’lsa bachadon bo’ynining ochilishi jarayoni buziladi. Bunday paytlarda bachadon bo’ynini ichki tomonidan ochishga harakat qilish mumkin.
Bachadon bo’yni to’liq ochilgach, bachadon muskullari va qorin muskullarining qisqarishi, gavdaning bukilishi natijasida bachadon ichidagi bosim oshib ketadi va homila suvlari bachadon bo’yni kanalining ichki teshigiga tomon oqib o’tadi. Bunda tomirli parda taranglashib yoriladi. Bu vaqtda homila bachadon shoxidan chiqib, tug’ish yo’llariga nisbatan to’g’ri joylashadi. Keyinchalik, bachadon bo’yni butunlay ochiladi. Homila pardalari yorilib homila oldi suyuqligining bir qismi tashqariga chiqadi.
Homilani tashqariga chiqarilish davri. Homila to’lg’oq va kuchanishlar ta’sirida tug’ish yo’llariga kirib boradi. Homilaning boshi yoki orqa qismi bachadon bo’yni va qindan o’tayotgan vaqtda to’lg’oq va kuchanishlar maksimal darajaga yetadi va homila tashqariga chiqariladi. Bu davrda hayvon bezovtalanib ingraydi, qorniga qarab tez-tez yotib turadi.
Yo’ldoshni ajralishi davri. Homila tug’ilgandan keyin bachadonning qisqarishi davom etadi va natijada unda qolgan homila oldi suyuqligi va homila yo’ldoshi tashqariga chiqariladi. Homila yo’ldoshining ajralish muddati uning tipi, homilaning soni, bachadon muskullarining qisqarish kuchi va hayvonni bo’g’ozlik davrida oziqlantirish va saqlash sharoitlariga bog’liq bo’ladi.

Download 2,5 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Download 2,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tug’ish jarayoni va uning bosqichlari

Download 2,5 Mb.