- rasm. Tuyalarda bo’g’ozlikni to’g’ri ichak orqali tekshirish




Download 2,5 Mb.
bet59/75
Sana09.10.2024
Hajmi2,5 Mb.
#274377
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
Akusherlik MT

61- rasm. Tuyalarda bo’g’ozlikni to’g’ri ichak orqali tekshirish.


Turli hayvonlarda tug’ish jarayonining o’ziga xos kechishi.
TUG’ISH
Tug’ish akti fiziologik jarayon bo’lib, ona hayvon organizmidan to’liq shakllangan homila, uning pardalari va homila oldi suyuqligining chiqarilishi bilan yakunlanadi.
Nima sababdan homilani aynan to’liq shakllangan davrda tug’ilishi tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan. Buning sababini izohlash bo’yicha bir qator ta’limotlar yaratilgan:
Toksikoz ta’limoti kuchanish va to’lg’oqlarning paydo bo’lishiga homila organizmida kislorod va oziqaviy moddalar tanqisligi oqibatida hosil bo’ladigan “anafilaktik zaharlar” tomonidan bachadonni ta’sirlanishi sabab bo’ladi deb tushuntiradi. Ayrim olimlar bachadon devorini to’planib qolgan karbonat angidrit, vodorod sulfid kabi gazlar ta’sirlantirishi oqibatida tug’ish jarayoni boshlanadi degan fikrga kelishgan.
Muskullarning to’liq gipertrofiyasi ta’limoti tug’ish jarayonining boshlanishiga bachadon muskullari gipertrofiyasining ma’lum bosqichigacha rivojlanib yetilishi va undan keyingi bosqichlarida funksional holatga, ya’ni kisqara boshlashi sabab bo’ladi deb tushuntiradi.
Gormonal ta’limot bo’yicha tug’ishning boshlanishiga esterogenlar, oksitosin, adrenalin kabi gormonlarning bachadonga ta’siri sabab bo’ladi. Oxirgi paytlarda prostoglandinlarning ahamiyati kattaligi ta’kidlanmoqda. Tug’ish boshlanishidan oldin homiladan uning yo’ldoshiga ko’p miqdorda glyukokortikoidlar va steroidlar ajralib chiqadi. Bo’g’ozlikning oxiriga kelib, bachadonda to’plangan esterogenlar homila yo’ldoshining xujayralariga ta’sir etib, ular tomonidan prostoglandinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Prostoglandinlar o’z navbatida sariq tananing gormonal funksiyasini to’xtatadi va uning qayta so’rilishini ta’minlaydi.
Bosim ta’limoti bo’yicha homila rivojlanib, reflektor holatda qisman atrofdagi suyuqlikdan yutib turadi, natijada kattalashib bachadon devoriga qattiq ta’sir qiladi. Buning natijasida bachadonning qisqarishi yuzaga keladi. Hayvonning yotishi bilan bosim yanada oshib tug’ish jarayoni tezlashadi.
Begona tana ta’limoti. Homila bo’g’ozlik davrining oxiriga kelib, ona organizmi uchun begona tana bo’lib qoladi. Natijada bachadon va qorin devori muskullari qisqarib, tug’ish yuzaga keladi.
Cho’zilish ta’limoti. Bachadon ma’lum bir darajagacha cho’ziluvchan bo’lib, homila kattalashib boradi va ma’lum bir darajaga borib yetgach bachadon qisqara boshlaydi.
Neyrogumoral ta’limot ilmiy asoslangan bo’lib, unga ko’ra, bosh miya yarim sharlari va po’stloqosti qavati o’rtasidagi o’zaro aloqaning buzilishi, ya’ni bosh miya yarim sharlarining tormozlanishi po’stloq osti qavatining ham tormozlanishiga sabab bo’ladi. Oqibatda bachadonning qo’zg’aluvchanligi va muskullarining qisqaruvchanligi ortadi.
Tug’ish jarayoni qator sabablar majmuasi ta’sirida kuzatilib, asosan markaziy asab tizimining boshqaruvidagi bosh miya pustloq qismi markazlarining faoliyatiga bog’liqdir. Bu sabablar shartli ravishda uch guruhga bulinadi: birinchi guruhga - to’g’ishga tayyorlovchi (bachadon nerv-muskul qo’zg’aluvchanligining ortishi, tos tutqichlarini bo’shashtiruvchi - relaksin konsentrasiyasining ortishi), ikkinchi guruhga - tug’ishni ta’minlovchi (esterogenlar, asitelxolin va oksitosin konsentrasiyasining ortishi oqibatida bachadon muskullari qisqarishlarining kuchayishi) va uchinchi guruhga tug’ishni stimullovchi (bachadon va qorin pressi muskullarining reflektor qisqarishi) sabablar kiradi.

Download 2,5 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Download 2,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Tuyalarda bo’g’ozlikni to’g’ri ichak orqali tekshirish

Download 2,5 Mb.