|
Homila va tug’ish yo’llarining o’zaro anatomo-topografik mutanosibligi
|
bet | 60/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTHomila va tug’ish yo’llarining o’zaro anatomo-topografik mutanosibligi. Tug’ish jarayoni homilani tug’ish yo’llari orqali tashqariga chiqarilishi bilan kechadi. Shuning uchun tug’ish jarayonining me’yorida kechishi tos bo’shlig’i yuzasini homilaning kattaligiga mos kelishiga bog’liq. Homila tug’ish yo’llariga nisbatan to’g’ri joylashgan va homilaning hajmi tos bo’shlig’i razmeriga mos ravishda bo’lgandagina tug’ish jarayoni me’yorida kechishi mumkin. Akusherlik amaliyotida homilaning joylashishini ifodalash uchun quyidagi shartli terminlar qo’llaniladi:
Homilaning joylashishi (polojeniye) homila tanasi ona hayvon tanasi uzina o’qiga nisbatan joylashadi. Homilaning joylashishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
a) uzinasiga (to’g’ri joylashish) - homila umurtqa pog’onasi ona hayvon umurtqasiga paralel holda joylashadi;
b) ko’ndalangiga joylashish (noto’g’ri) - homila umurtqa pog’onasi o’ng va chap och biqin oralig’ida ona hayvon tanasi o’qiga nisbatan to’g’ri burchak ostida joylashadi;
v) vertikal (noto’g’ri joylashish) bu vaziyatda homila jinsiy yo’llarga boshi yoki orqa qismi bilan hamda oyoqlari tanasiga yopishgan holda ona hayvon tanasiga perpendikulyar (yuqoridan pastga) joylashgan bo’ladi.
Homilaning tos bo’shlig’ida joylashishi (predlejaniye) - homila anatomik qismlarining tos bo’shlig’iga kirib kelishi bo’lib, me’yorida bosh qismi bilan va orqa qismi bilan joylashishi mumkin (46- rasm). Homilani tos bo’shlig’iga notug’ri kirib kelishi yonboshi, orqasi yoki qorin sohasi bilan bo’lishi mumkin.
H omilaning pozitsiyasi - homila bel qismining ona hayvon qorin pardasida joylashishi bo’lib, agar homilaning beli hayvonning umurtqa pog’onasiga qaragan bo’lsa homilaning pozitsiyasi to’g’ri, ona hayvonning qorniga qaragan bo’lsa homila noto’g’ri pozitsiyada bo’ladi. Bundan tashqari o’ng yoki chap tomonga qaragan (noto’g’ri) pozitsiyada ham bo’lishi mumkin.
46- rasm. Biyada homilani to’g’ri joylashishi, pozitsiyasi va homila a’zolarining to’g’ri joylashishi. A- oldi tomoni bilan; B- orqa tomoni bilan.
Homila a’zolarining joylashishi (chlenoraspolojeniye) - homila oyoqlari, boshi va dumining gavdasiga nisbatan joylashishi.
Tug’ish paytida homila o’zining harakati va bachadonni qisqarishi natijasida holatini o’zgartiradi. Tug’ish boshlanishi bilan bachadon bo’yni ochiladi va homila yo’ldoshidan ajraladi, kuchanish va to’lg’oqlar natijasida tashqariga chiqariladi.
|
| |