|
Urg’ochi quyonlarda jinsiy sikl
|
bet | 51/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTUrg’ochi quyonlarda jinsiy siklni o’ziga xos jinsiy holat deb qarash mumkin. U 6-7 kun davom etadi. Jinsiy moyillik jinsiy siklning qo’zg’alish bosqichiga bog’liq emas. Urg’ochi quyon jinsiy davrning hamma kunida erkak quyonni sakrashiga to’sqinlik qilmaydi. Voyaga yetgan urg’ochi quyonning tuxumdonlarida ovulyasiyaga tayyor follikulalar hamma vaqt bo’ladi. Ularda jinsiy siklning turg’unlashish bosqichi deyarli bo’lmaydi, proliferativ jarayonlar uzoq vaqt davom etib, oqish fenomeni juda qisqa, va asosiysi ovulyasiya jinsiy siklning hohlagan bulagida jinsiy aloqadan keyin kuzatilishi mumkin.
Urg’ochi quyonlarda jinsiy faollik yilning issiq oylarida (may, iyun, iyul, avgust) yaxshi namoyon bo’lib, qish faslida esa pasayadi. Oqish fenomni paytida qin dahlizi shilliq pardasining kuchli giperemiyasi kuzatiladi. Ovulyasiya qin reseptorlarining ta’sirlanishiga bog’liq bo’lib, taxminan, jinsiy aloqadan 10 soat keyin amalga oshadi. Jinsiy aloqa yoki qin shilliq pardasidagi reseptorlarning mexanik ta’sirlanishisiz ovulyasiya kuzatilmaydi. Tuqqandan keyingi birinchi kundayoq urg’ochi quyonning tuxumdonlarida yetilgan follikulalar bo’ladi. Shuning uchun bu vaqtda urug’lantirish ko’payishni yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
Jinsiy siklning qo’zg’alish bosqichini sinxronlashni albatta sog’lom hayvonlarda va albatta yetarlicha saqlash sharoiti hamda oziqlantirish tashkil etilganda amalga oshirish mumkin bo’ladi. Qoramolchilikda jinsiy siklning qo’zg’alish bosqichini sinxronlashga ehtiyoj embrionni kuchirish ishlari boshlanishi bilan paydo bo’ldi. Chunki donor va resepiyent hayvonlarda jinsiy siklning qo’zg’alish bosqichi sinxron ravishda kechishi lozim, bundan tashqari urg’ochi hayvonlarni mavsumiy urug’lantirshni tashkil etishda ham bu usuldan foydalanish mumkin.
Sinxronlash usullaridan birining mohiyati shundan iboratki sigir va tanalarga 6-15 kun davomida progestogenlardan biri (progesteron, megestrol asetat va b.,) inyeksiya qilinadi, undan keyin BBQZ (bo’g’oz biya qon zardobi) yoki esrogenlardan biri inyeksiya qilinadi. Yana bir variantda jinsiy qo’zg’alishni sinxronlashda prostoglandin G’2α yoki uning sintetik analoglari (10-11 kun oraliq bilan 2 marta) qo’llaniladi.
Qo’ylarda urug’lantirishning mavsumiyligi tufayli ularda jinsiy qo’zg’alishni sinxronlash uchun 10-15 kun oziqalarga aralashtirilib kuniga 5 mg magestrol asetat berilishi yoki ushbu preparatning 1%-li spirtli eritmasidan 3 ml machalkaga shimdirilib, 10-15 kun davomida qinga qo’yilishi lozim. 15-16 sutkadan keyin bo’g’oz biya qon zardobidan (BBQZ) 1000 XB yuborish kerak.
Cho’chqachilikda jinsiy siklni sinxronlash faqatgina emizikli bolalarini ajratish bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, bolalarini ajratgan kunda BBQZ dan 1200-2000 XB inyeksiya qilish tavsiya etiladi. Lekin BBQZ preparatini qo’llash anafilaktik shok kuzatilishiga sabab bo’lishi mumkin.
|
| |